Telegram Web Link
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
16
Onalik maqomi!

Hayotdan umidi va quvonchi yo‘q onaning farzandini tarbiyalashi deyarli mumkin emas.

Barcha salbiy to'siqlarga qaramay hayotni tabassum bilan kutib olish - hayotni shunday qabul qilishdir.

Onaga eng katta psixologik bosim unga “onalik” maqomini bermaslik va uning fikrlarini oddiy va ma’nosiz deb qabul qilishdir.

Adem Güneş

#ona #tarbiya #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯3616🔥6❤‍🔥5🤔3
"O‘g‘il farzand ko‘rdim, qiz farzand ko‘rdim, nima deb ism qo‘yishni bilmayapman. Maslahat beringlar", deydiganlarga qaysi ismni aytishingizni ahamiyati yo‘q. Ular e’tibor istashadi, xolos.

To‘qqiz oy davomida farzandini ismini o‘ylab ko‘rmay, tug‘ilganidan keyin o‘ylashni boshlagan odamlar yumshoq qilib aytganda fikrlashdan mosuvo bo‘lgan odamlardir.

Dindorni ham, dinsizni ham o‘z qahramoni, farzandini o‘xshashini istagan odami bo‘lmasa, u odam... Odamda endi-a?

Tupoy bo‘lsa, o‘zida kalla bo‘lmasa, ota-onasi, bobo-buvisi, qarindosh-urug‘i bo‘ladi. Hech bo‘lmasa, ko‘pni ko‘rgan, oqsoqol qo‘shnisi bo‘ladi. O‘shalarni yuziga oyoq qo‘yib, sizdan maslahat so‘raydigan nodonga erinmay maslahat beradiganlar, sizlar topsizlar. )

Sendagi bo‘yinni davomi ekan, hech yo‘q bolani to‘qqiz oy ko‘targan xotinga maslahat sol, desang-da. )

Jamshid Bobobekov

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁56💯21🔥1612🤔4👍2
Qon bosimini dorisiz tushirishning tabiiy va ilmiy asoslangan usullari

Go‘shtni kamaytiring, sabzavotni ko‘paytiring.
Tadqiqotlarga ko‘ra, qizil go‘sht (mol, qo‘y) tarkibidagi to‘yingan yog‘lar qon tomirlar elastikligini pasaytiradi va bosimni oshiradi. Shuning o‘rniga sabzavotlarga, ayniqsa qovoq, baqlajon va bodringga e’tibor bering — ular kaliyga boy, bu esa yurak faoliyatini yaxshilab, bosimni tabiiy ravishda pasaytiradi.

Bosh barmoqni yumshoq massaj qiling.
Bosh barmoq nerv tizimi bilan bevosita bog‘liq. Uning uchi va atrofini aylana harakat bilan bir necha daqiqa massaj qilish stressni kamaytiradi, bu esa qon bosimini tushirishda yordam beradi. Asab tizimining tinchlanishi yurak urishini me’yorga keltiradi.

Oyoq panjalarini harakatlantiring.
Oddiy mashq: oyoq barmoqlarini o‘zingiz tomonga va o‘zingizdan uzoqqa navbat bilan harakatlantiring. Bu mashq oyoqdagi qon aylanishini faollashtirib, tomirlar orqali qon oqimini yaxshilaydi. Natijada yurakka yuk kamayadi va bosim pasayadi.

🩵 Qo‘shimcha maslahat: yetarli uyqu, tuz iste’molini kamaytirish, toza havoda yurish va kuniga kamida 1,5–2 litr suv ichish ham qon bosimini tabiiy me’yorda ushlab turishga yordam beradi.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9👍9
Bir kuni messenjerdan notanish bir kishi salom berib, hol so'rab yozdi. Men unga javob qaytarib, o'zidan ham hol so'radim. Shunda haligi kishi rosa xursand bo'ldi. "Qancha taniqli kishilarga yozgan bo'lsam, qayta hol so'ramgan edi" deya minnatdor bo'ldi.

Aslida, kimdir sizdan hol so'raganda qayta hol so'rash juda qiyin ish emas. "O'zingiz-chi?" deng juda tilingiz yoki qo'lingiz og'rib qolishidan qo'rqsangiz. Bu bilan qarshingizdagi kishi siz uchun ahamiyatsiz inson emasligini bildirasiz. Qolaversa, bu odob, madaniyat belgilaridan hamdir.

Albatta, qarshi jins vakili yozganda hol so'rashib o'tirilmaydi. Taniqlilarni ham tushunaman: qayta hol so'rasa, qarshi tomon suhbatni boshlab yuboradi. Vaholanki, bunday kishilarga yozadiganlar ham, yumushlari ham ko'p, band odam bo'lishadi.

Ammo agar juda band inson bo'lmasangiz yoki yaqinlaringiz sizdan hol so'rasa, siz ham uning holiga qiziqib qo'yavering.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥4331👍15🤔1
Forwarded from Hilol dasturlari
🎧 «Asal oyi emas, asal hayot» audiokitobi «Hilol eBook» ilovasiga joylandi!

Endilikda Gʻiyosiddin Yusufning qalamlariga mansub «Asal oyi emas, asal hayot» kitobining audionashrini ilovamiz orqali tinglashingiz mumkin.

🎙Kitobni Hojiakbar Zikrillayev oʻqigan.

«Asal oyi emas, asal hayot» (audio) - 12.000 soʻm

✔️ Maʼlumot uchun, mazkur kitobning elektron nashrini ham ilovamiz orqali oʻqishingiz mumkin. Shuningdek, ilovamizda muallifning jami 11 ta audio va elektron kitoblari bor. Ular bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍9🔥2
Yengilroq, osonroq, yaxshiroq bo'lishini kutmang. Qiyinchiliklar, muammolar doim bo'ladi. Bori bilan baxtli bo'lishni o'rganing!

#baxt #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯6016👍10🔥5❤‍🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pgina muammolar janjal qilishga arzimaydi

🔰 Oilada turli xil kelishmovchiliklar bo'lib turishi tabiiy hol. Er-xotin bir-birini yanada yaxshiroq bilib, tushunishga harakat qilsa, janjallar ham kamayib boradi.

Aksariyat muammolar oʻzaro suhbat orqali yechiladi, faqatgina ikkala tomon bir-birlarini hurmat qilgan holda, boshqalarni aralashtirmasdan gaplashib olishi lozim.

#Erkaklar #ayollar #tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
🔥186👍6💯5
Otalar, qizlaringizni ikrom qiling, ularga shirinso‘z bo‘ling, iltifot ko‘rsating. Toki hayotida birinchi uchragan erkakning shirinso‘ziga aldanmasin!

#tarbiya #Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥6235💯27👍17💔2💋2❤‍🔥1
“Men seni sevaman” degan so‘zni million marta aytish mumkin, lekin agar bu so‘zlar ortida amal bo‘lmasa, u shunchaki bo'sh havoni tebratgan bo'ladi, xolos. Aytish oson, lekin bu “men seni sevaman”ni harakat bilan isbotlash ancha mushkul. Chunki sevgi bu faqat so‘z emas, amaldir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥52💯2516👍2💔1
Haqiqiy sevgi hayot chiroyli bo‘lmaganda namoyon bo‘ladi. Hayot tartibsiz, og‘ir yoki charchatadigan paytlarda sizga sizni tashlab ketmaydigan inson kerak bo‘ladi. Faqat quvonchli lahzalarda emas, balki hayotning betartib, mashaqqatli holatlarida ham siz bilan qoladigan kishi kerak.

U sizni tanlaydi, hatto tanlamaslik osonroq bo‘lsa ham. U boshqalar bilan kulgidan ko‘ra, siz bilan jim o‘tirishni afzal ko‘radi.
Mana shunday sevgi haqiqiy sevgidir.

#Muhabbat #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
48👍13💔6🔥2
2025/10/29 08:08:47
Back to Top
HTML Embed Code: