Telegram Web Link
480-savol: Oilaviy muhitga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar

Assalomu alaykum, ustoz.

Turmush qurganimga besh oy bo‘ldi. Yangi oilamning turmush tarziga, ayniqsa, gigiyena taraflama ko‘nikolmayapman. Turmush o‘rtog‘imdan bu borada ko‘nglim to‘ladi, lekin qaynonam va qayni ukam juda betartib hayot tarziga o‘rganib qolishgan.

Qancha harakat qilsam ham o‘zgarish bo‘lmayapti. Hozir uch oylik homiladorman. Toksikoz sabab qaynonamning uyida qolgandim, lekin menga yaxshi qarashmaganlari uchun ota-onamning uyida davolandim. Endi yana qaynonamning uyiga qaytdim va o‘sha holat davom etmoqda. Ahvolim yomonlashyapti, nafas olish ham qiynayapti.

Turmush o‘rtog‘imdan meni o‘zi bilan olib ketishini so‘rayapman, ammo moliyaviy sabab tufayli buni qilolmayapti. Uydagilar haqida ochiq gapirsam, turmush o‘rtog‘im “ular mening yaqinlarim” deb ko‘p gapirtirmaydi.

Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. O'zingiz tartib-intizom, tozalikka amal qiling, ular uchun siqilmang, ko'ngilni keng qiling. Imkoningiz yetgancha ularning uylarida ham tozalikni ta'minlang.

#Muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
👍5447💯8❤‍🔥7🔥3
Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf
👍147
Qabriston kabi sokin uy...

Ajrashish bilan hamma narsa tugamaydi. Uyga qabristondagi kabi og'ir sukunat kirib keladi! Onaning kulgusi, otaning qattiq-qattiq qadam tovushi endi yo‘q... Bolalar ham bolaligini yo'qotib qo'ygandek bir kunda katta bo'lib qoladi go'yo...

Kechqurun bir burchakda yig‘layotgan murg'akkina qalb sohibining ovozi yostiqqa singib ketadi. U hech kimga hech narsa deya olmaydi. Dadasi qaytib kelarmikan? Onasi yana bir bor uni bag‘riga bosarmikan? Bu savollarga javob yo‘q!

Sizning g‘azabingiz, asabingiz, bir lahzalik qaroringiz ularning bir umrlik hayotini hal qiladi. Har bir tortishuvda bolalaringizning mo'tiragan ko‘zlariga boqing. Ular qayerda xato qildi? Ularda ne ayb?!

Oila buzilib ketganda eng katta yo‘qotish bolalarniki bo'ladi. Ular endi “uy” deb ataydigan joyni his qilolmaydi. Chunki uy bolalar uchun to'rt devordangina iborat makon emas, balki mehr-muhabbat, bir-birini tushunishdan iborat dunyodir. Muammolaringiz bu dunyoni chilparchin qilishga arziydimi?!

Bir lahza to‘xtang va o‘ylang: bu qaror faqat sizniki emas! Farzandlaringiz kelajagini xavfga qo'ymang! Ular uchun yana bir bor harakat qiling. Bor kuchingiz bilan, yaxshi niyat bilan! Siz ham yon bosgan, xatolaringizni isloh qilishga kirishgan holda oilangizni tiklash uchun shahdam qadam tashlang!

#Ajrashish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍95💔2918🔥16🤔1
Er-xotinning eng katta yutug'i bir-birini tushunishidir. Tushunish bo'lmasa, oilada halovat bo'lmaydi. Muhabbatli er-xotinlar esa bir-birini tushunadi!

Tushunilishni istaymi? — 🔥

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥253👍3120💯7❤‍🔥4🥰4
Haqiqiy sevgi haqida

Menga faqat yaxshi tomonlarimni ko‘radigan inson emas, balki yomon tomonlarimni ham ko‘rib, baribir men bilan birga bo‘lishni istaydigan inson kerak!

Merilin Monro

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍9952💯29🔥13🥰8💔4
Yetarli emas!

Er va xotin bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Do‘st va oshiq bo‘lishni ham o‘rganish kerak, toki ularni begonalardan qidirmaslik uchun.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥8639👍22❤‍🔥21💯13💔4
Poklik masalasi

Muhtarama singlim, poklik masalasiga juda e’tiborli bo'ling. Xususan, to'rt narsani pok saqlashga jiddu jahd qiling:

Avvalo qalb pokligi. Qalbingizni turli illatlardan xalos qiling. Boshqalarga bo'lgan adovat, gina-kudurat, hasad va boshqa qalb kasalliklari shular jumlasidandir. Xususan, juftingizga nisbatan ham bu kabi illatlar­ni qalbingizda saqlamang. Masalan, uning xato va kamchiliklari uchun gina-kudurat saqlab munosabatlaringizni sovuqlashtirmang, ke­chirib yuboring. Kek saqlash, kechirmaslik bo'lgan oilada halovat bo'lmaydi.

Jism pokligi navbatdagi e’tibor qaratiladigan jihatdir. Boshqalar nazari tushsa ham, tushmasa ham butun badaningizni pok saqlashga intiling. Xususan, undan turmush o'rtog'ingizning nazari man qilingan joy yo'q. Shuning uchun bu borada o'ta hushyorlik lozim. Nopok tuklar va turli noxush hidlardan xoli bo'lib yurish asosiy shartlardandir. Eringiz yonida har qancha bo'yanib-bezansangiz, xushbo'y atirlar sepsangiz, bu faqat yaxshilikka xizmat qiladi, lekin ko'cha-ko'yda boshqalarning e’tiborini tortadigan darajada bu ishlarni qilish mumkin emas. «Ayol kishining eng yaxshi atiri suvdir» deyiladi, ko'cha uchun ko'proq shundan foydalaning. Albatta, turmush o'rtog'ingiz oldida ham doimiy poklanib yurishni odat qiling.

Poklikning keyingi bosqichi kiyim pokligidir. Har qanday holatda pok-toza kiyimlar kiyib yuring. Bayramlarga eng yaxshi kiyimlaringizni kiyganingizdek turmush o'rtog'ingiz uchun ham eng yaxshi kiyimlaringizni kiying. Ko'cha-ko'yda libos odoblariga rioya qilgan holda kiyining. Turmush o'rtog'ingiz yonida esa – faqat ikkingiz bo'lganda – hech qanday chegara yo'q. Uning ko'zini quvnatadigan har qancha ochiq-sochiq kiyim kiyishingiz malomat qilinmaydi.

Joy pokligi keyingi bosqichdir. Uyning pok­ligiga ayol kishi mas’ul bo'ladi va erkak kishi ham bu borada yordam bersa, nur ustiga nurdir. Erkaklar uy ishlarida ayoliga yordam berishi uning obro'sini pasaytirib, maqomi­ga nomunosib ish bo'lib qolmaydi.

Turmush o'rtog'ingizning ko'zi tushadigan har qanday joyning pok, go'zal holatda bo'lishiga harakat qiling. Uy ichidagi jihozlar va bosh­qa ashyolar tartibli bo'lishi ham muhimdir. Idish-tovoqlarning yuviqsiz holda yotishi uni ranjitishi mumkin.

Poklik borasida hech bir ishni arzimas sanamagan ma'qul. Masalan, farzandingizning tirnog'ini qisqartirib qo'yish, turmush o'rtog'ingizning oyoq kiyimini tozalab qo'yish kabi kichik ko'ringan ishlarga ham e'tiborli bo'lsangiz, oradagi mehr-muhabbatning yanada ziyoda bo'lishiga xizmat qiladi.
«Six ham, kabob ham kuymasin» deganlaridek, poklik borasidagi yana bir eslatma shuki, uylarni toza-ozoda qilaman, yog' to'kilsa, yalagudek yaltiratib qo'yaman deya joningizni Jab­borga berib ish qilishingiz ham yaramaydi. Uylar toza bo'lishi kerak, lekin bu darajada qilaman deya sog'lig'ingizga zarar etkazib qo'yishingiz yoki qattiq charchab, erning xizmatiga yaramay qolishingiz ham durust emas. Er ishdan kelganda chinnidek qilib qo'yilgan uy eshigi oldida qovog'i solingan, yelkalari osilgan, «puf» desa, yiqilib ketgudek bir ayol kutib olishi uni xursand qilmaydi. O'rtacha yo'l shuki, eng muhim joylarni oldin tozalab, qolganini boshqa kunga qoldiring. Bir kunda hamma ishni qilib charchab qolgandan ko'ra uch kunda dam olib-dam olib qiling.

Shuningdek, uyda mukammal tozalash ishlarini olib borayotganingizda uy xizmatchilarining xizmatidan foydalanishingiz ham mumkin.

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
👍101💯2120🔥12🥰7
«Asal oyi emas, asal hayot» kitobi haqida

Oila mavzusida kitob oʻqimaganimga ancha boʻlgan edi. Odam ancha sogʻingan ekan. Diydor ham sogʻinchga yarasha boʻldi. Sevimli mavzudagi munosib kitoblardan birini oʻqidim. Boshida kitob nomining oʻzi meni qiziqtirgandi «Asal oyi emas, asal hayot».

Chindan ham asal oyini koʻpchilik rejalashtiradi va shu bir oyni oʻzgacha oʻtkazishadi, lekin bu oʻzgachalik faqatgina bir oy yoki maʼlum bir muddat boʻlib qolishi yaxshi emas. Asal oyi koʻpchilikda bor, lekin asal hayot kechirayotganlar kam. Asal oyiga u yerga borishibdi, asal oyini bunday oʻtkazishibdi, degan gaplar baʼzida quloqqa chalinib qoladi. Boshlangʻich bir oyni goʻzal oʻtkazish bir jihatdan juda ham oson, buni koʻpchilik eplaydi, lekin butun hayotni goʻzal oʻtkazish sadoqatli va vafodor juftliklarning ishidir.

Ishxonamda bir juftlik bor. Er-xotin birga ishlashadi. Er ishxonamiz haydovchisi, ayol esa farrosh. Shu juftlikka havasim keladi. Baʼzida oshxonaga u bu narsa olishga chiqqanimda birga choy ichib oʻtirishganiga guvohi boʻlib qolaman (Ishlarni qilib, boʻsh vaqtda albatta). Munosabatlari shunday samimiyki, odam men ham shunday boʻlaman, deb niyat qiladi. Juftlikning yoshi 50-60 lar atrofida! Oʻtirishlari yangi uchrashuvga chiqqan yoshlardek. Mana sizga bir oyini emas, hayotini asal qilganlar.

Kitobga qaytsak. Kitobda juda ham sodda va yengil, hayotiy va amaliy tavsiyalar berilgan. Kitob uch qismdan iborat:

📍Erkaklar uchun tavsiyalar

📍Ayollar uchun tavsiyalar

📍Umumiy tavsiyalar

Kitobni oʻqish jarayonida bir ikkita tavsiyalarga oʻzim ham amal qilib koʻrdim, manfaatli boʻldi. Tavsiyalar shunday berilganki oʻqigan joyingizni oʻzida bemalol amal qilib koʻrishingiz mumkin. Kitobdan oilam uchun qilishim kerak boʻlgan koʻp narsalarni ham oʻrgandim.

Kitobni yangi oila qurgan va quradiganlarga, oila hayotini goʻzallashtirmoqchi boʻlganlarga tavsiya qilaman. Oilaviy munosabatlarni bir daraja yuqoriga olib chiqishga vosita boʻladigan kitob bo'libdi.

Oʻzi kitobning hajmi ham, ichidagi tavsiyalar ham uzun emas. Uch kunda tugadi. Vaqti-vaqti bilan oʻqib turishli kitob boʻlibdi. Muallif Gʻiyosiddin Yusufdan Alloh rozi boʻlsin!

«Oʻqivoradigan joyi lekin» dermidi? 😉

#kitob_haqida

Dilshod Bahrom

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq taqrizlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3327
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juft tanlayotganingizda eʼtiborli boʻling

Siz oila qurayotganingizda faqat oʻzingizga juft emas, boʻlajak farzandingiz uchun tarbiyachi, ota (ona) tanlayotgan boʻlasiz.

Tanlashda adashmaslik uchun esa yuqoridagi lavha orqali javob olishingiz mumkin.

#oila_qurish

Yanada koʻproq videolar
👍2825👏6😁1
505-savol: Er-xotin munosabatlarini mustahkamlash yo‘llari

Turmushimizga 1 yildan oshdi. Erimning ishi Moskvada, ammo farzand bo‘lmaganligi sabab u to‘ydan beri uyda. Alohida yashaymiz, lekin oramizda qandaydir muhabbat kam.

Erim uncha ochiq emas. Kech kirishi bilan qalin do‘stini ishdan chiqishi bilanoq qoldirmasdan har kuni ko‘rishadi. O‘rtog‘ini juda yaxshi ko‘radi va kech keladi uyga. Bir marta telefonidan bir barda o‘tirgani va yon stolda o‘tirgan qizga nisbatan gap tashlagan videosini ko‘rib qoldim. O‘zimni bosib, duo qilyapman, lekin juda zerikdim.

Erimning tengsiz yagona sirdoshi, do‘sti va suyuklisi bo‘lishni xohlayman. Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Oz bo'lsa ham orangizda muhabbat borligi quvonarli holat. Uni ziyoda qilish mumkin. Hozir farzand bo'lmayotgani uchun turmush o'rtog'ingiz siqilayotgandir, o'sha o'rtog'i bilan ko'rishib vaqt o'tkazsa, biroz yengil tortishi mumkin. Siz o'sha o'rtog'idan ham yaxshiroq do'st bo'lishga intiling. Unga taskin, dalda bering. Shu bilan birga, davolaninglar, albatta.

Munosabatlarni yaxshilash uchun birgalikda harakat qilishlaringiz kerak. Mening "Asal oyi emas, asal hayot", "Muhabbatni ziyoda qiluvchi 10 tavsiya", "Quloqqa aytiladigan gaplar" nomli qo'llanma va kitoblarimni birgalikda o'qib amal qilinglar.

#Munosabatlar

Yanada ko'proq savol-javoblar
👍4016🔥11😁2🥰1😱1
Nikohning mohiyati

— Nikohning mohiyati nimada?
— Hayot yo‘lini bir-biringizga osonlashtirish, uni murakkablashtirmaslikda!

#Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍6532💯17💔9🔥4
Audio
#Yangilik

"Asal oyi emas, asal hayot" kitobi ovozlashtirildi!

Muallif: G'iyosiddin Yusuf
Suxandon: Hojiakbar Zikrillayev

#parcha

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍47❤‍🔥27🔥13💔31
Oila qurgan vaqtdagi asal oyi bir umr davom etishi — asal hayot bo'lishini istaydiganlar uchun "Asal oyi emas, asal hayot" kitobining ovozli shakli sotuvda!

Kitobda oila farovonligi, o'zaro muhabbat, oilaviy muammolarning yechimi sifatida erkaklarga, ayollarga qisqa, sodda, tushunarli va asosiysi, hayotga tadbiq qilish oson bo'lgan tavsiyalar berilgan.

Audiokitob narxi: 15 ming so'm.
Muallif: G'iyosiddin Yusuf
Suxandon: Hojiakbar Zikrillayev
Murojaat uchun: @Hubbuna_admin

Oila qurish arafasidagi yigit-qizlar va yosh oilalar uchun mo'ljallangan.
👍37🔥17❤‍🔥6😱3
Erkak kishi gapini ko’paytirgani sari o’zining salobati, gapini esa qadri yo’qoladi. Erkakka ham o’xshamay, odamning ko’z oldida “latta”lashib ketadi bora-bora.

Erkak kishiga eng ko’p bezak beradigan narsa taqvodan keyin hikmat bo’ladi. Ma’no-mazmunsiz valdirab bidirlayvermaydi oqil odam!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥151👍56💯388😁3
Hayotda mashaqqatli, sinovli kunlar ko‘p bo‘ladi. Shunday vaqtda juftingingizga dalda bo‘lib, unga ko‘makchi bo‘lsangiz, oradagi muhabbat yanada ziyoda bo‘ladi.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
80👍22🔥13🥰3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Teskari maslahat
(Hazilomuz post)

💔 Mabodo juftingizni oʻzingizdan bezdirmoqchi boʻlsangiz, oxir-oqibat oilangiz buzilib ketishini istasangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz mumkin:

1️⃣ U bilan tez-tez janjal qiling. Unutmang, istak boʻlsa har qanday gapdan janjal chiqarish mumkin.

2️⃣ Koʻproq injiqlik, qaysarlik qiling. Aytganini qilmang, yaxshi gapirsa, yomon gap bilan javob qaytaring.

3️⃣ Uni haddan ziyod rashk qiling. Har narsadan shubhalaning. Bosgan qadamini jonidan toʻydirar darajada nazorat qiling…

Xullas, bu kabi hayotingizni zaharga aylantiradigan"tavsiya"larni oʻzingiz yaxshi bilasiz. Farovon hayot tavsiyalarini esa Gʻiyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" kitobidan toping.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 130 bet;
• Narxi – 22.000 soʻm.


🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁55👍378🔥2
Ishonchni hech qachon oyoqosti qilmang!

Ishonch – bu munosabatlardagi eng nozik tuyg‘u. Sevgi qayta alanga olishi yoki shaklini o‘zgartirishi mumkin, lekin ishonch – u yo bor, yo yo‘q. Agar ishonch bo‘lgan-u, vaqt va hodisalar ta’sirida yo‘qolgan bo‘lsa, uni avvalgidek tiklashning iloji yo‘q. Doim bir xavotir bo‘ladi: bu odam yana meni aldashi mumkin degan qo‘rquv hech qachon tark etmaydi. Har doim!

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
55💯45👍23❤‍🔥5💔3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz shamollashidan oldin bilishingiz kerak boʻlgan 4 maslahat

Shamollashni davolashning imkoni yoʻq, yaʼni asoratlari maʼlum vaqt oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Mutaxassisdan eshitgan tavsiyalarga amal qiling, oʻzingizni va oilangizni salomatligini asrashga harakat qiling.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥24👍8🤔31
2025/07/09 15:24:56
Back to Top
HTML Embed Code: