Bir haftada bir!
Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.
Xayriya haqida batafsil.
Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.
G'iyosiddin Yusuf

👍22🔥1👏1
Yosh oila rahbariga!
Muhtaram erkak, oila boshi! Endi siz ikki jon uchun javobgarsiz! Bo'ydoqlikda qilgan xatongiz uchun bir o'zingiz jabr chekkan bo'lsangiz, endi oilangiz ham bundan nasibador bo'ladi!
Shuning uchun har bir harakatingizga yanada e'tiborli bo'ling. Xususan, zimmangizdagi ta'minotga yengil qaramang. Avval ota-onangiz topganidan ham kun ko'raverishingiz malol kelmagan, ammo endi ayolingiz ularni og'rintirib qo'yishi mumkin.
Uning kiyim-kechagi, dori-darmoni va boshqa ehtiyojlariga ham siz e'tiborli bo'ling.
Qo'lingizda tayinli ishingiz bo'lsin. Yangi ishga o'tmoqchi bo'lsangiz, avvalgi ish joyingiz bilan aloqani uzib yubormasdan, yangi ishni topib, keyin harakat qiling. Yo'qsa, qo'l ostingizdagilarni mashaqqatga qo'yishingiz mumkin.
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

👍102💯35❤13🔥5❤🔥2👏1💔1
Sog‘liq uchun foydali quruq mevalar
Quruq mevalar nafaqat shirinlikka foydali muqobil, balki organizm uchun ham katta foyda keltiradi:
👉🏻 Qora olxo‘ri (o‘rik qoqisi) – hazm jarayonini yaxshilaydi, ko‘rish qobiliyatini mustahkamlaydi va qon bosimini tushiradi.
👉🏻 Xurmo – miya faoliyatini faollashtiradi va ish qobiliyatini oshiradi.
👉🏻 O‘rik (turshak) – yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
👉🏻 Mayiz – tabiiy antidepressant bo‘lib, kayfiyatni yaxshilaydi.
👉🏻 Anjir – nafas yo‘llariga foydali ta’sir ko‘rsatadi va tabiiy ich suruvchi vosita hisoblanadi.
#Salomatlik

👍48🔥18🥰3❤1👏1
"Go'zal xulqlar" kitobining taqdimoti ANDIJONDA!
8-fevral, 10:00 da Andijon shahrining "Billi school" maktabida "Go'zal xulqlar" kitobining taqdimoti bo'ladi!
Taqdimotda maktab o'quvchilari ushbu kitob yuzasidan kitobxonlik bellashuvi o'tkazadilar hamda muallif bilan uchrashuv bo'ladi.
Barcha ishtirok etishi mumkin, bepul!
Aloqa uchun:
+99855-500-99-88
+99893-910-99-88
Telegram: @Billiuz
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8-fevral, 10:00 da Andijon shahrining "Billi school" maktabida "Go'zal xulqlar" kitobining taqdimoti bo'ladi!
Taqdimotda maktab o'quvchilari ushbu kitob yuzasidan kitobxonlik bellashuvi o'tkazadilar hamda muallif bilan uchrashuv bo'ladi.
Barcha ishtirok etishi mumkin, bepul!
Aloqa uchun:
+99855-500-99-88
+99893-910-99-88
Telegram: @Billiuz
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍26❤7🔥3👏1😁1
Er-xotin o‘rtasidagi sir saqlash odobi
Ba’zan juftingiz sizga ichidagi dardini yoki sirini aytadi. Bunday paytda uni diqqat bilan tinglang, maslahat so‘rasa, maslahat bering, bo'lmasa, qisqa fikr bildirib qo'ying. Muhimi, u sizga ishonib aytgan gaplari boshqalarga yetib bormasligi kerak.
O‘zaro ishonchni saqlash uchun er-xotin bir-birining kamchiliklarini oshkor qilmasligi lozim. Hatto hazil yoki g‘azab bilan bo‘lsa ham yotoqxona sirlarini boshqalarga ochish – munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. Juftingiz sizga eng yaqin odam bo‘lishini istasangiz, unga ishonchli sirdosh bo‘ling.
#Tavsiya

❤86💯38👍22🔥11👏4
Katta baxtga eltuvchi kichik qadamlar
Hayotingni bir kunda butkul o‘zgartirish shart emas. Uni kichik, lekin yoqimli narsalar bilan boyitib bor:
▫️Ertalab oynadagi aksingizga tabassum qiling;
▫️Kundaligingizga yaxshi bir narsa uchun shukrona yozing;
▫️Ancha vaqtdan beri xayolingizda yurgan odamga qo‘ng‘iroq qiling.
Shu kabi mayda quvonchlar nafaqat kuningizni, balki butun hayotingizni baxtga to‘ldiradi.
#psixologiya #tarjima

👍62🔥17❤11👏2
Ayol ushbu uch turdagi erkakni seva olmaydi:
1. Har qanday ayolga qiziqib ketadigan erkakni.
2. Ayolning tuyg‘ularini rioya qilmay, uning bo‘yi, rangi, oriq-semizligini tanqid qiladigan erkakni.
3. O‘zida ko‘p nuqsonlar bo‘la turib, ayoldan mukammallikni talab qiladigan erkakni.
Nozimjon Hoshimjon
#Ayollar

🔥129👍59💯55❤17👏5💔5
Oisha onamiz roziyallohu anho shunday deganlar:
“Ayollarning eng yaxshisi — mahr borasida eriga eng yengillik qilganidir”.
Bundan anglashiladiki, ayol kishi mahr masalasida haddan tashqari og‘ir shartlar qo‘ymay, oila qurishni osonlashtirgan bo‘lishi afzal sanaladi.
#Ayollar #oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
“Ayollarning eng yaxshisi — mahr borasida eriga eng yengillik qilganidir”.
Bundan anglashiladiki, ayol kishi mahr masalasida haddan tashqari og‘ir shartlar qo‘ymay, oila qurishni osonlashtirgan bo‘lishi afzal sanaladi.
#Ayollar #oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍120❤55🔥19💔7👏2
Telefon odobi
Ey fozila ayol, telefonda gaplashayotganingizda turmush o'rtog'ingiz qo'ng'iroq qilib qolsa, suhbatdoshingizdan izn olib, darhol unga javob qiling. Bu bilan unga mehr-muhabbatingiz, hurmatingizni bildirgan bo'lasiz. Shu bilan birga, suhbatdoshingizga ham juftingizga ehtiromingiz ila go'zal o'rnak bo'lasiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlashish ham xuddi shu kabidir.
Mening shaxsiy qoidam bor: boshqalarga qo'ng'iroq qilganda ikkinchi yo'nalishga tushganda qo'ng'iroqni tugatish kerak, illo xotinga qilganda kutib turish kerak. Xotin erning haybatini his qilib, ehtirom ko'rsatsin.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

👍80❤28😁9🔥7🌚3🥰1👏1
Buvijonning nabirasiga nasihatlari
1. Hech qachon turmush o'tog'ing bilan bolalar ko'z o'ngida janjallashma. Ular na seni va na otasini hurmat qiladigan bo'ladi. Agar bolalar ota-onalarini hurmat qilishdan to'xtashsa, ularga quloq solishni ham to'xtatadilar, bu esa bir musibatdir.
2. Hech qachon eringga buyruq berma. Buyruq berish o'rniga shunday qilginki, uning o'zi senga kerak bo'lgan ishni qilishni xohlasin.
3. Uyda tinchlik-totuvlik hukm sursin. Uni kechirishni va birinchi bo'lib yarashishni o'rgan. Janjallar, arazlar qo'poliklar oilani buzadi. Oiladagi sokinlik hamma narsadan ham afzal.
4. Hech qachon uyni yomon kayfiyat bilan tozalama. Tozalash o'rniga yana ham tartibsizlik keltirib chiqarasan.
5. O'qish-o'rganish uchun qo'rqma va dangasalik qilma. Ilmli aqilli tarbiyali ayolning farzandlari ham doim aqilli va tarbiyali bo'ladi. Aqilli bolalarni esa odatda kelajaklari porloq , oilalari yaxshi bo'ladi.
6. Rashk qilma- rashq oilani buzadi.
Agar ering seni sevsa, xiyonat qilmaydi, shuning uchun sevgingni va o'zingga, eringga bo'lgan hurmatni saqla, shunda ering xiyonat ko'chalariga kirmaydi.
7. Ovqatni doim mazali va chiroyli tayyorla, erkak kishi hayvon emas aralash yeydigan.
8. Oilada eng muhimi bu bir-birini hurmat qilish. Hurmat bor ekan sevgi ham bo'ladi.
#tarjima

💯50👍29❤19🔥9👏7🤔2
Agar siz uchun qadrli inson bilan gaplashmay qo‘ygan yoki janjallashib qolgan bo‘lsangiz, birga kechirgan onlaringizni eslang. Faqat ikkingiz tushunadigan hazillaringizni yodingizga oling. Shundan keyin o‘zingizga oddiy bir savol bering: bu insonni boshqaga topshirishga tayyormisiz?..
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤65💔28❤🔥21👍12💯9😱5😁2👏1
#Chidama degan chellenjga yana bitta videoklip qo‘shish kerak.
Unda ishxonada ertadan-kechgacha ishlayotgan, ustiga-ustak boshlig‘idan so‘kish eshitadigan, ba’zi erkak jamoadoshlarning qistiriq gaplaridan bezigan ayol-qiz vakillariga qarata "chidama, uyda o‘tir, o‘rningga ering ishlasin" degan ma’noda targ‘ib bo‘lishi kerak.
"Iya g‘alatimasmi, undan ko‘ra ish muhitini yaxshilash kerak-ku", deyishingiz mumkin. Xuddi shunday, oila institutini yaxshilash va isloh qilish o‘rniga "chidama, qochib ket, yolg‘iz yasha" deb o‘rgatayotganlar ham xuddi shunday buzg‘unchilikni targ‘ib qilyapti.
Said Komil
#Muammo
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Unda ishxonada ertadan-kechgacha ishlayotgan, ustiga-ustak boshlig‘idan so‘kish eshitadigan, ba’zi erkak jamoadoshlarning qistiriq gaplaridan bezigan ayol-qiz vakillariga qarata "chidama, uyda o‘tir, o‘rningga ering ishlasin" degan ma’noda targ‘ib bo‘lishi kerak.
"Iya g‘alatimasmi, undan ko‘ra ish muhitini yaxshilash kerak-ku", deyishingiz mumkin. Xuddi shunday, oila institutini yaxshilash va isloh qilish o‘rniga "chidama, qochib ket, yolg‘iz yasha" deb o‘rgatayotganlar ham xuddi shunday buzg‘unchilikni targ‘ib qilyapti.
Said Komil
#Muammo
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥107👍51💯24👏12🤔8❤🔥5❤5😱4
Yonimizda shunday inson bo‘lishi ajoyib!
Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, har doim yoningizda bo‘ladigan, qo‘lingizni mahkam ushlaydigan, halovat va xotirjamlik baxsh etadigan insonning borligi ajoyib!
U xuddi ertakdagi sehrli mavjudotga o‘xshaydi: mehribon nigohli, iliq qo‘lli va eng asosiysi – uning yonida sokin, quvnoq va shirin bo‘ladi.
U bilan jim o‘tirish, suhbatlashish, tongni, kuzni, qishni, hatto qiyinchilik va kasalliklarni ham birga kutib olish yoqimli… Hatto Qiyomatni ham!
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, har doim yoningizda bo‘ladigan, qo‘lingizni mahkam ushlaydigan, halovat va xotirjamlik baxsh etadigan insonning borligi ajoyib!
U xuddi ertakdagi sehrli mavjudotga o‘xshaydi: mehribon nigohli, iliq qo‘lli va eng asosiysi – uning yonida sokin, quvnoq va shirin bo‘ladi.
U bilan jim o‘tirish, suhbatlashish, tongni, kuzni, qishni, hatto qiyinchilik va kasalliklarni ham birga kutib olish yoqimli… Hatto Qiyomatni ham!
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🥰57🔥27❤23👍18💔9👏2💯1
Qora olxo‘ri (chernosliv) foydalari
✔️ Muntazam iste’mol qilinganda qora olxo‘ri tarkibidagi ko‘p miqdordagi kletchatka, fosfor, rux va magniy tufayli ichak faoliyatini yaxshilaydi.
✔️ Hayratlanarli kashfiyot: qora olxo‘ri ishtahani kamaytirib, shirinlikka bo‘lgan ishtiyoqni pasaytirishga yordam beradi. Tarkibidagi kul va sorbitol esa organizmdan toksinlarni chiqarish xususiyatiga ega.
#Salomatlik
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
✔️ Muntazam iste’mol qilinganda qora olxo‘ri tarkibidagi ko‘p miqdordagi kletchatka, fosfor, rux va magniy tufayli ichak faoliyatini yaxshilaydi.
✔️ Hayratlanarli kashfiyot: qora olxo‘ri ishtahani kamaytirib, shirinlikka bo‘lgan ishtiyoqni pasaytirishga yordam beradi. Tarkibidagi kul va sorbitol esa organizmdan toksinlarni chiqarish xususiyatiga ega.
#Salomatlik
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥31👍17❤7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol kishi halovat bo'lishi kerak...
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤65👍26🔥14❤🔥3👏1🌚1
Ota-ona o‘rtasidagi ittifoq
Ayol kishi erini qanchalik hurmat qilsa, e’zozlasa, bolalar ham shuncha hurmat qiladi, qadrlaydi.
Agar ayol juftini ishga yaxshi kuzatib, yaxshi kutib olsa, unga doim yaxshi muomala qilsa, bolalar ham shunday qiladi. Aksi bo‘lsa, bolalar ham otasini ota o‘rnida ko‘rmay, mehr qo‘ymay hatto mensimay ulg‘ayishi mumkin. Bir kun katta bo‘lib, aqlini taniganda onasining otasiga qilgan muomalasini tahlil qilib ko‘rib, onasini ham hurmat qilmay qo‘yadi, garchi yoshligida onasining yonida turgan, uni yaxshi ko‘rgan bo‘lsa-da.
Onalar oila farovonligi, ahilligi uchun ko‘proq rol o‘ynaydilar va hamisha shuni hisobga olgan holda harakat qilishlari kerak. To‘g‘ri, oilada muammolar, ko‘ngilsizliklar ham bo‘ladi. Shunday vaqtda jahlga berilib, qo‘pollik qilishga shoshilmay, bolalardan xoli holda juftlik o‘zaro gaplashib olishi kerak. O‘z navbatida erkaklar ham bolalarining yonida ayolini behurmat qilmasin. Xato qilganda koyishga shoshilmasin. Ota ham, ona ham farzandlari uchun namuna bo‘lsinlar, shunda bolalar ularga mehribon, itoatli bo‘ladi. Bolalaringiz sizga ixlosli bo‘lishini xohlasangiz, ularga yomon jihatlaringizni bildirmang va, albatta, o‘zingizni isloh qilib boring. Juftingizning biror xatosini sezganda ham bolalar yonida koyimang. Alohida gaplashib oling.
Hikmatlarda: “Bolalaringizni tarbiyalamang, o‘zingizni tarbiyalang. Ular baribir sizga o‘xshagan bo‘ladi”, – deyiladi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

👍47❤17🔥10👏1
Taqvodor yigit, lekin ta’minot masalasi meni o‘ylantiryapti…
Assalomu alaykum.
Bir yigit ikki yildan beri menga sovchi yuboryapti. Mening nazarimda, u yaxshi inson – ilmli, taqvodor. Uyimdagilarga ham uning shu fazilatlari yoqadi.
Ammo ta’minot masalasi meni o‘ylantiryapti. Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgan inson uchun kamida 10 yil vaqt kerak deyishadi. O‘zim sabr qila olarmikanman? Boshqacha sharoitga moslashib yashay olarmikanman? Ota-onam ham shu jihatdan xavotirda.
Biroq shu sifatlarga ega insonni boshqa uchratmasligim mumkinligi ham meni tashvishga solyapti.
Siz qanday maslahat berasiz?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Yoshlar, turmush o'rtoq tanlashda hamma yaxshi sifatlarga ega bo'lishini kutmang — ham tovuqni, ham tuxumni yeb bo'lmaydi. Nimagadir erishish uchun nimadandir kechish kerak bo'ladi. Juft tanlash borasida ham o'zingiz uchun ustuvor sifatlarni aniqlashtirib oling.
Sizga sovchi qo'yayotgan yigit haqiqatan ilmli, taqvodor bo'lsa, rozilik berish kerak. Rizq Allohdan, nikohda baraka bor. Ajab emaski, oila qurgandan keyin moddiy imkoni kengayib ketsa!
Rizq topish uchun faqat ishlash shart emas. Gohida ozgina sabab bilan ham ko'p rizq kelaveradi. Faqat rizq beruvchi Zotga mustahkam bog'lanish lozim.
#Oila_qurish

👍161💯52❤30🔥24❤🔥4🥰3👏2
Sevsangiz, butun seving!
Yaxshi tomoni bilan birgalikda yomon tomonini ham. Faqat yomonligini eslab, yaxshiligini unutib qo‘ymang! Zero, hadisda: «Mo‘min kishi mo‘mina ayolini yomon ko‘rmasin! Uning bir xulqi yoqmasa, boshqa xulqi yoqadi», —deyilgan.
Abdulhodiy Yusuf
#Muhabbat
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

❤🔥94👍38❤24💔5👏2