Telegram Web Link
#Chidama degan chellenjga yana bitta videoklip qo‘shish kerak.

Unda ishxonada ertadan-kechgacha ishlayotgan, ustiga-ustak boshlig‘idan so‘kish eshitadigan, ba’zi erkak jamoadoshlarning qistiriq gaplaridan bezigan ayol-qiz vakillariga qarata "chidama, uyda o‘tir, o‘rningga ering ishlasin" degan ma’noda targ‘ib bo‘lishi kerak.

"Iya g‘alatimasmi, undan ko‘ra ish muhitini yaxshilash kerak-ku", deyishingiz mumkin. Xuddi shunday, oila institutini yaxshilash va isloh qilish o‘rniga "chidama, qochib ket, yolg‘iz yasha" deb o‘rgatayotganlar ham xuddi shunday buzg‘unchilikni targ‘ib qilyapti.

Said Komil

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥107👍51💯24👏12🤔8❤‍🔥55😱4
Yonimizda shunday inson bo‘lishi ajoyib!

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, har doim yoningizda bo‘ladigan, qo‘lingizni mahkam ushlaydigan, halovat va xotirjamlik baxsh etadigan insonning borligi ajoyib!

U xuddi ertakdagi sehrli mavjudotga o‘xshaydi: mehribon nigohli, iliq qo‘lli va eng asosiysi – uning yonida sokin, quvnoq va shirin bo‘ladi.

U bilan jim o‘tirish, suhbatlashish, tongni, kuzni, qishni, hatto qiyinchilik va kasalliklarni ham birga kutib olish yoqimli… Hatto Qiyomatni ham!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🥰57🔥2723👍18💔9👏2💯1
Qora olxo‘ri (chernosliv) foydalari

✔️ Muntazam iste’mol qilinganda qora olxo‘ri tarkibidagi ko‘p miqdordagi kletchatka, fosfor, rux va magniy tufayli ichak faoliyatini yaxshilaydi.

✔️ Hayratlanarli kashfiyot: qora olxo‘ri ishtahani kamaytirib, shirinlikka bo‘lgan ishtiyoqni pasaytirishga yordam beradi. Tarkibidagi kul va sorbitol esa organizmdan toksinlarni chiqarish xususiyatiga ega.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥31👍177👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol kishi halovat bo'lishi kerak...

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
65👍26🔥14❤‍🔥3👏1🌚1
Ota-ona o‘rtasidagi ittifoq

Ayol kishi erini qanchalik hurmat qilsa, e’zozlasa, bolalar ham shuncha hurmat qiladi, qadrlaydi.
Agar ayol juftini ishga yaxshi kuzatib, yaxshi kutib olsa, unga doim yaxshi muomala qilsa, bolalar ham shunday qiladi. Aksi bo‘lsa, bolalar ham otasini ota o‘rnida ko‘rmay, mehr qo‘ymay hatto mensimay ulg‘a­yishi mumkin. Bir kun katta bo‘lib, aqlini taniganda onasining otasiga qilgan muomalasini tahlil qilib ko‘rib, onasini ham hurmat qilmay qo‘yadi, garchi yoshligida onasining yonida turgan, uni yaxshi ko‘rgan bo‘lsa-da.
Onalar oila farovonligi, ahilligi uchun ko‘proq rol o‘ynaydilar va hamisha shuni hisobga olgan holda harakat qilishlari kerak. To‘g‘ri, oilada muammolar, ko‘ngilsizliklar ham bo‘­ladi. Shunday vaqtda jahlga berilib, qo‘pollik qilish­ga shoshilmay, bolalardan xoli holda juftlik o‘zaro gapla­shib olishi kerak. O‘z navbatida erkaklar ham bolalarining yonida ayolini behurmat qilmasin. Xato qilganda koyishga shoshilmasin. Ota ham, ona ham farzandlari uchun namuna bo‘lsinlar, shunda bolalar ularga mehribon, itoatli bo‘ladi. Bolalaringiz sizga ixlosli bo‘lishini xohlasangiz, ularga yomon jihatlaringizni bildirmang va, albatta, o‘zingizni isloh qilib boring. Juftingizning biror xatosini sezganda ham bolalar yonida koyimang. Alohida gaplashib oling.
Hikmatlarda: “Bolalaringizni tarbiyalamang, o‘zi­ngizni tarbiyalang. Ular baribir sizga o‘xshagan bo‘ladi”, – deyiladi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
👍4717🔥10👏1
Taqvodor yigit, lekin ta’minot masalasi meni o‘ylantiryapti…

Assalomu alaykum.

Bir yigit ikki yildan beri menga sovchi yuboryapti. Mening nazarimda, u yaxshi inson – ilmli, taqvodor. Uyimdagilarga ham uning shu fazilatlari yoqadi.

Ammo ta’minot masalasi meni o‘ylantiryapti. Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgan inson uchun kamida 10 yil vaqt kerak deyishadi. O‘zim sabr qila olarmikanman? Boshqacha sharoitga moslashib yashay olarmikanman? Ota-onam ham shu jihatdan xavotirda.

Biroq shu sifatlarga ega insonni boshqa uchratmasligim mumkinligi ham meni tashvishga solyapti.

Siz qanday maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yoshlar, turmush o'rtoq tanlashda hamma yaxshi sifatlarga ega bo'lishini kutmang — ham tovuqni, ham tuxumni yeb bo'lmaydi. Nimagadir erishish uchun nimadandir kechish kerak bo'ladi. Juft tanlash borasida ham o'zingiz uchun ustuvor sifatlarni aniqlashtirib oling.

Sizga sovchi qo'yayotgan yigit haqiqatan ilmli, taqvodor bo'lsa, rozilik berish kerak. Rizq Allohdan, nikohda baraka bor. Ajab emaski, oila qurgandan keyin moddiy imkoni kengayib ketsa!

Rizq topish uchun faqat ishlash shart emas. Gohida ozgina sabab bilan ham ko'p rizq kelaveradi. Faqat rizq beruvchi Zotga mustahkam bog'lanish lozim.

#Oila_qurish
👍161💯5230🔥24❤‍🔥4🥰3👏2
Sevsangiz, butun seving!

Yaxshi tomoni bilan birgalikda yomon tomonini ham. Faqat yomonligini eslab, yaxshiligini unutib qo‘ymang! Zero, hadisda: «Mo‘min kishi mo‘mina ayolini yomon ko‘rmasin! Uning bir xulqi yoqmasa, boshqa xulqi yoqadi», —deyilgan.

Abdulhodiy Yusuf

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤‍🔥94👍3824💔5👏2
Keyinchalik o'zgartirib olish umidi bilan oila qurmang!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍76🔥35💯1815💔5👏1
Nikohni tezlashtirish kerak, lekin... Ko'ring.

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍23🔥128🤔4💔3👏1
Hayotingizni yengillashtiradigan tushunchalar

Qanchalik kam salbiy narsalarga e’tibor qaratsangiz, shunchalik xotirjam bo‘lasiz.

Hayotni boricha qabul qiling va kichik narsalar uchun ham shukr qiling. Nazoratingizdan tashqarida bo‘lgan narsalar tufayli o‘zingizni stressga solmang.

Bezovtalik, odatda, hamma narsani birdaniga hal qilish kerak degan fikrdan kelib chiqadi. Shoshilmang – hammasini bosqichma-bosqich bajaring.

#Tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍63❤‍🔥20🔥1311👏1
Juftingiz bilan muloqotda ijobiy kayfiyatni saqlang 💕

Suhbat davomida yengil va ijobiy mavzularda gaplashishga harakat qiling.

〰️ Kelajagingiz, juftingizning sizga yoqadigan fazilatlari, munosabatingizdagi samimiy jihatlar haqida gaplashing. Shuningdek, orzu-maqsadlaringizni o‘rtoqlashib, uning rejalari va orzularini ham bilishga qiziqing.

Muammolar, tashvishlar haqida ham gaplashadigan vaqt bo'ladi, lekin hadeb, takror-takror, ayniqsa, bemavrid emas!

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
44👍24🔥13❤‍🔥2👏1😁1💯1
Hissiy yaqinlikni mustahkamlashning oddiy siri

Birga sayr qiling. Hech bo‘lmasa, haftada ikki marta.

Balki bu faqat bizda shundaydir, lekin sayr paytida suhbatlar yanada samimiyroq bo‘lishini sezdim. Hatto jim yurilganida ham o‘ziga xos iliq muhit paydo bo‘ladi.

Shuning uchun barchaga tavsiya qilamiz – bunga albatta vaqt ajrating!

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥6929👍18💯11🌚4💔3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar uchun farzand tarbiyasiga doir maslahat

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
👍3311🔥4👏4💯2
Ko‘zlar uchun yorug‘lik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ham mehr shunchalik muhim.

Mariya Berestova

#Hikmat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯60❤‍🔥2014👍11🔥5👏1
532-savol: Ayolim ota-onasi bilan tez-tez gaplashadi, nima qilay?

Assalomu alaykum.

Uylanganimga to‘rt yil bo‘ldi. Ayolim har kuni onasi va opasi bilan 4-5 martadan gaplashadi. Bu holat menga yoqmaydi. Onasiga aytsam, “Nima qilibdi gaplashsa?” — deb aytadi. Telefonga ota-onasi pul tashlab beradi.

Telefonni olib qo‘ysam, menga achchiqlanadi. Yaxshi gap bilan tushuntirsam ham, tushunmaydi, qaysarlik qiladi. Nima qilishni maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avvalo o'zingiz xolis o'ylab ko'ring: nima uchun bu sizga yoqmaydi? Arzirli javob topsangiz, ayolingizga shuni sabab qilib ko'rsatib, buncha ko'p gaplashmasligini tushuntiring.

Ko'p gaplashishida nima zarar ko'ryapsiz? Ko'p vaqt yo'qotib ushlari qolib ketyaptimi? Yoki sizning yoningizda telefonda gaplashib sizga e'tibor qilmayaptimi? Yoki ular bilan gaplashgani sabab xulqi buzilyaptimi? Taqiqlash uchun jiddiy asos kerak.

#Munosabatlar

Yanada ko'proq savol-javoblar
👍98🔥29💯229😱5🤔1
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Uch toifa odamning namozi maqbul bo‘lmaydi va bironta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha; erini g‘azablantirgan – norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha».


Ibn Hibbon, Ibn Huzayma rivoyati.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍61🔥2720🤔2💔2❤‍🔥1
Siz turmush o‘rtog‘ingizni tanlashingiz mumkin, lekin farzandlaringiz otalarini tanlay olishmaydi. Shuning uchun kelajakdagi farzandlaringizga yaxshi ota bo‘ladigan insonni tanlang.

#Oila_qurish #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
126👍43🔥32💯14🥰10👏2
"Dastxat kuni"da kutamiz!

🖋 Turli tarbiyaviy mavzudagi kitoblari bilan sizga tanish muallif Gʻiyosiddin Yusuf bilan "Dastxat kuni"da uchrashing.

Uchrashuv 11-fevral, seshanba kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha Qamar kitoblar doʻkonida boʻlib oʻtadi.

📓 Muallif asarlaridan xarid qilishni reja qilib yurgan boʻlsangiz, kelishning ayni vaqti. Kitoblarni muallif dastxati bilan olib ketasiz 😊

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4011🔥5🎉5🤔2👏1💯1
Bolani haqoratlamang

Yosh bolani har xil qarg‘ish va so‘kishlar bilan haqoratlab bo‘lmaydi. Qush uyasida ko‘rganini qiladi. Sizning har bir gapingizni, qilgan har bir ishingizni bola eslab qoladi va takrorlaydi.

Bolalarning tabiati juda sof bo‘ladi. Uning tabiatini bo‘lmag‘ur narsalar bilan zaharlamang. Gapirayotgan gapingizga, qilayotgan ishingizga nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Uning yonida otasini behurmat qilmang. Otasi bilan urishmang. Muammolar haqida gaplashmanglar.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
👍39🔥128👏7
2025/07/13 16:54:08
Back to Top
HTML Embed Code: