Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Go'zal tarbiya uchun go'zal shaklda yozilgan Go'zal Xulqlar kitobi 😊

☀️Kitob yozishda @GiyosiddinYusuf o'zining sodda va bola tilida yozadigan o'z uslubiga ega. Bu kitobga shaxsan o'zim ham boshqacha mehr qo'ydim. Ustozlar ham bu kitobni tavsiya qilganlari bejiz emas. Xususan, Mubashshir Ahmad ustoz hamda Rustamjon domlalar.

Kitobni farzandingiz, uka-singlingiz hamda jiyanlaringizga sotib olishni xolis tavsiya qilaman.

📞 @qamar_delivery yetkazib berayotgan ekan.

🍉 @v_turakulov_stories
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chinakam nikoh

Baxtli turmush faqat bir-birini tushunib, qo‘l ushlash emas. Balki tushunmovchiliklar bo‘lsa ham, qo‘llarni qo‘yib yubormaslikdir.

Shunday ekan, nikoh faqat baxtli onlarda bir-birini sevish emas, balki og‘ir damlarda ham sadoqat bilan yonma-yon turish ekanini anglash vaqti keldi!

#Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nega bahslardan qo‘rqmaslik kerak?

Ko‘pchilik munosabatlardagi kelishmovchiliklar ularning tugashiga ishora deb hisoblaydi, aslida esa ular o‘sish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin.

🟠 Munosabatni buzadigan bahslar – bu faqat ayblov va baqiriq bilan kechadigan, natijada faqat ranjish qoldiradigan janjallar.

🟠 Munosabatni mustahkamlovchi bahslar esa hurmat bilan, vazminlik bilan kechadi va natijada juftlik bir-birini yaxshiroq tushuna boshlaydi, ishonchi ortadi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
Farzandim telefonga “yopishib” qolmasin desangiz

Aqli rivojlangan har qanday bola planshet va telefonlarni yaxshi ko‘radi. Bu normal holat aslida. Ammo yaxshi ko‘rish bilan mubtalo bo‘lish, ya’ni “yopishib qolish” o‘rtasida katta farq bor. Zararli tomonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rsangiz, telefonning foydalari ko‘p.

Farzandingiz sizni ba’zi-ba’zida kitob o‘qiyotgani­ngizni ko‘rsin. Haftaning ma’lum kunlari uyingizda faqat kitob sahifalarining shitirlashi eshitilsin. Ona kitob o‘qisin, ota kitob o‘qisin, bir tomonda choy ichilsin. Bola oyog‘ingiz ostida rasm chizib o‘tirsin, bo‘yasin.
Aytgancha, o‘zingizning qo‘lingizda telefon bo‘la turib, bolangizga telefon zarar deb bermaslik, o‘zingiz kitob o‘qimay turib undan kitob o‘qishni talab qilishingiz bu osmondan chalpak yog‘ishini kutishday bir gap.

Shuningdek, telefonni doim yoningizda olib o‘tirmaslik, ovqatlanish vaqtida foydalanmaslik, hatto haftada bir kun bo‘lsa ham uyda “telefonsiz kun” o‘tkazish bilan telefon degan narsa jonimizdek muhim emasligini anglating.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Hamma fazilatlar bir insonda jam bo'lmaydi. Bo'lajak ayolingiz birinchi navbatda dindor bo'lsin, ikkinchidan, ko'zingizni quvontiradigan (chiroyli) bo'lsin, qolgani bonus!

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
14-fevral "Sevishganlar kunimi"?

#Savol: Assalomu alaykum hazrat.
14-fevral "Sevishganlar kuni" deb hamma yoshlar sevgi izhor kilib, bir birlariga sovg‘a-salom berishadi. Shunga sizni fikringiz.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

Javob: Bu ish siz bilan bizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ish. Buni menga savol qilib bermasangiz ham bo‘lar edi. Ushbu sahifada bu ishga oid maqola ham nashr qilingan edi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Aksar ayollar erkakning go‘zalligidan hayratga tushmaydi, balki uning muomalasi va sa’y-harakatlari uning qalbini zabt etadi.

#Tarjima #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sevgi bir kunda barbod bo‘lmaydi. U mojaroda yonib ketmaydi. Birinchi janjaldan keyin tugamaydi. U asta-sekin o‘ladi.

Erkak sizning go‘zalligingizni tobora kamroq payqay boshlaganda. Avvalgidek hazillashmay qo‘yganda. Endi qo‘l tekkizmay qo'yganda, qiziqmay qo‘yganda, ilgari sizni baxtli qilgan lahzalarni eslamay qo‘yganda…

Sevgi befarqlikdan o‘ladi. Yoningizda bo'lsa-yu sizga qiziqmasa, demak, u allaqachon ketgan...

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bugungi kunda psixologlar juda ko'payib ketdi. Ularning orasida oilaviy munosabatlar haqida gapirib, oilalarni buzib yuboradiganlari ham bor, afsuski.

Tarbiya haqida gapirganlar orasida betarbiya bolalar chiqaradiganlari ham bor. Shuning uchun men islom psixologiyasi asosida gapiradigan Rozaliya Gabdulhakovani kuzataman. Sizlarga ham ularning kanalini tavsiya qilaman.

Kanalda farzand tarbiyasi borasida foydali ma'lumotlar berib boriladi.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizni chin dildan xohlaydigan, sizni kutadigan, hatto eng og‘ir holatlaringizda ham tushunadigan insonni seving. Sizga yordam beradigan, yo‘l ko‘rsatadigan, tayanch va umidingiz bo‘ladigan kishini seving. Janjaldan keyin ham suhbatni davom ettiradigan insonni sevib qoling.

#tarjima #muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Abdullatif Muhammad Sa’dulloh al-Barijaviy o‘g‘liga to‘y kuni bergan maslahatlar:

1. Zavjingizni seving va unga sevgingizni his qildiring, bu borada baxillik qilmang, chunki ayol eri tomonidan sevishini eshitishni yaxshi ko‘radi.

2. Unga nisbatan juda qattiq bo‘lmang va haddan tashqari yumshoq ham bo‘lmang, balki qattiqlik va yumshoqlik o‘rtasida bo‘ling.

3. Ko‘rinishingiz, tozaligingiz va hidlaringizga e’tibor bering, chunki ayol ham eridan er undan xohlaydigan narsani kutadi.

4. Ayolingizga uy ishlarida erkinlik bering, uning kichik ishlariga aralashmang, bu unga bekalik va xotirjamlik hissini beradi.

5. O‘zingizni uning oilasi bilan solishtirmang, chunki u sizni ham, oilasini ham yaxshi ko‘radi va uni siz bilan ular o‘rtasida tanlov qilishga majburlamang.

6. Agar u xato qilsa, unga nisbatan juda qattiq bo‘lmang, balki unga muloyim bo‘ling, chunki ayol qiyshiq qovurg‘adan yaratilgan va uni sindirish - uni taloq qilishdir.

7. Ayol bir xato tufayli barcha yaxshiliklaringizni unutishi mumkinligini yodda tuting, shuning uchun bu sizni undan uzoqlashtirishiga yo‘l qo‘ymang.

8. Uning ruhiy va jismoniy holatini, ayniqsa, uzrli va homiladorlik paytlarida inobatga oling va bu vaqtlarda uni tushuning.

9. Ayol sizning huzuringizda asir ekanini biling, shuning uchun unga nisbatan rahmdil bo‘ling va unga yaxshi muomala qiling.

10. O‘zingiz va ayolingiz o‘rtasida doimiy muloqot va aloqa o‘rnating, chunki bu munosabatlaringizni mustahkamlaydi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Haqiqiy baxt

Hayotingizda yaxshi insonni uchratish – butun hayotingizning o‘zgarishi demak. Siz doimo hurmat qilinasiz, sevilasiz va guldek e’zozlanasiz. 🫶🌸

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Va'da to'ygacha beriladimi?

Assalomu alaykum.

Bir yil avval unashtirilgandim. Boshida ota-onam rozi bo‘lishgandi, men ham istixora qilib, Allohdan xayrlisini so‘ragandim. Keyin hozirgi yigitga unashtirildim. Uydagilari ota-onamga Toshkentdan uy olib berish va ish topish bo‘yicha va’da bergan edi, lekin hozirgacha bu va’dalar bajarilmadi.

Yigit o‘sha paytda ishsiz edi. Keyin orada ishlamay yurdi, zavodda ikki oycha ishlab, keyin o‘z sohasi bo‘yicha ish topdi. Ishlamay yurgan paytida hech bo‘lmasa oddiy ish bilan shug‘ullaning, deganimda “O‘zim xohlagan ishni topishim kerak” deb harakat qilmagan paytlari ham bo‘ldi.

Bir kuni uning uydagilari to‘y qilish masalasida kelishganda va’dalarning bajarilishi haqida gap ochilganda yigitning ammasi onamga “Va'da to'ygacha beriladi, keyin bajarmasa ham bo'ladi, o'zi biz siznikiga sovchilikka kelmasligimiz kerak edi” kabi gaplar qilgan. Shu gapdan keyin ota-onam ularga ishonmay qo‘ydi va to‘yni qaytarishmoqchi.

Men esa ikkilanyapman. Boshida yigitga ko‘nglim bo‘lmagan, lekin hozir o‘rganib qolgandayman. U uzoqroq qarindoshimiz bo‘lgani uchun ham vaziyat men uchun yanada og‘irlashmoqda.

Nima maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Va'dalarning bajarilishi siz uchun muhim bo'lsa, kattalar yigitning ota-onasi bilan jiddiy gaplashib ko'rishsin. Ular ham ammasi kabi fikrda bo'lsa yoki ishonchsiz gapirsa, unashtiruvni bekor qilishingiz mumkin.

#Oila_qurish
Sevikli jufting bilan murosa qilish kerak, lekin hamma narsada emas. Chunki seniki bo'lgandan keyin butunlay seniki bo'lsin-da!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sabrli bo‘ling

Turmush qurmaganlar uchun eng muhimi – sabr va duo. Allohdan sizga munosib juft nasib etishini so‘rang. Shoshilib nomunosib inson bilan oila qurgandan ko‘ra, sabr va duo bilan munosibini kutgan afzal.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Faqat uylangan erkaklar tushunadigan vaziyat! 😂

Ertalab turib, er xotinidan so‘radi:

Er: Azizam, men bilan yugurishga chiqasanmi?

Xotin: Demak, men semizman, shundaymi?

Er: Yo‘q, yugurish salomatlik uchun foydali.

Xotin: Demak, men kasalman?

Er: Yo‘q, yo‘q, agar xohlamasang, qo'yaver.

Xotin: Endi esa meni dangasa demoqchisiz, shundaymi?

Er: Yo‘q, meni noto‘g‘ri tushunayapsan, men faqat…

Xotin: Aha! Sizni tushunmayapman, demak, johil ekanman, shundaymi?

Er: Yo‘q, men bunday demadim!

Xotin: Demak, men yolg‘on gapiryapman?

Er: Iltimos, ertalabdan shunday bahslashmaylik…

Xotin: Aha, men sizga janjalkash bo‘ldimmi?

Er: Xo‘p, xo‘p, sen uxlayver, men o‘zim yugurib kelaman, xursand bo‘ldingmi?

Xotin: Ko‘rdingizmi, siz faqat o‘zingizni o‘ylaysiz! Mening salomatligim sizga kerak emas!

Er joyida o‘tirib, qayerda xato qilganini o‘ylayapti… 🤦‍♂️

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Senga so'z beraman:

Men sening sevgiling va eng yaqin do‘sting bo‘laman. Har doim yoningda turaman, seni qo‘llab-quvvatlayman va himoya qilaman. Sadoqatim hech qachon o‘zgarmaydi, muhabbatim esa hech qachon so‘nmaydi.

Eng og‘ir damlarda ham seni asrayman. Umrimizning oxirigacha va undan keyin ham sen uchun hamma narsaga tayyorman, chunki muhabbatim chegarasiz!

#izhor

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/07/06 17:20:32
Back to Top
HTML Embed Code: