Bolangizga bolalik bering
Qachonki u katta bo‘lib, yoshligini eslaganida siz bilan o‘tkazgan vaqtini kulib, sog‘inib eslasin. Hozirgi bolalar esa bolalik deganda ko‘z oldiga bog‘chadagi o‘rtoqlari-yu bog‘cha opalari, borgan to‘garaklari, suzish ustozi, ingliz, rus tili ustozlari ko‘z oldiga kelishi odamni qo‘rqitadi.
Onalarga qolsa, bolasi yakshanba kuniyam bog‘chada qolsa, ishlarini qilib olsa. O‘zingizga bitta narsani odat qiling: haftaning bir kunini farzandingizga bag‘ishlang, hech qanday bahonalarsiz, telefonsiz u bilan vaqt o‘tkazing.
Toki ular farzandlariga yoshligi haqida zavqlanib gapirib berishsin. Ular onam telefondan boshini ko‘tarmagan degan gapni aytishlari ham mumkin aslida.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Ayol istagi — sokin, muloyim va odobli erkakka turmushga chiqish
Haqiqiy baxt — qalbingizga orom bag'ishlaydigan erkakning muhabbatidir. U xotirjam gapiradi, sizni chin dildan tinglaydi va his-tuyg‘ularini ayblarsiz ifodalaydi. U sizga butun borlig‘i bilan bog‘lanadi va sizni hech kim tushunmagan darajada tushunadi.
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Ayolni boylik yoki go‘zallik ushlab qolmaydi…
Ayol boy erni ham, kelishgan erni ham tark etishi mumkin. Lekin u hech qachon yuragini zabt etgan, unga halovat va ishonch bergan, yo‘qligini tasavvur ham qila olmaydigan erni tark etmaydi.
Uning ko‘z yoshlarini artgan, eng og‘ir damlarda suyanchig‘i bo‘lgan erkakni hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki yurakni pul bilan sotib olib bo‘lmaydi – uni faqat mehr va go‘zal muomala bilan yutish mumkin. 🤍🤍

«Nima bo‘pti ilmim bo‘lmasa ham
Ilmlisiga uylanaman, manga ilm o‘rgatadi, bollarimga ilm o‘rgatadi»
Mana shunaqa kaltabin qarashdagi yigitlar ko‘payib ketgan.
Qiz ham ilmli, zukko yigit kutadi, bo‘lajak bolalarining otasi bilimdon, dono, o‘tkir fahmli yigit bo‘lishini kutadi.
Qizlar har qanday kamolotda o‘zidan yuqori aql sohibini kutadi.
Yigit kishining “Men o‘zim omiman, xotinim aqilli o‘qimishli, bo‘sin, bollarimga ilm beradi” deyishi ayni ahmoqlikdir.
Mana shunaqa fikrdagi ko‘p yigitlarni din-diyonatda darajasi yuqori bo‘lgan qizlarga sovchilikka borib, rad javobini olib qaytganlarini ko‘rdim.
Qizlar o‘zidan pastroq darajadagi fahm sohibiga qo‘llarini topshirmaydilar.
Ey uka! Ilmli qiz kerakmi?
O‘zing unga namuna bo‘la olgin-da.
Kamoliddin Muhammad
#Oila_qurish

Baxtli oila – har kuni ustida ishlanadigan bog‘
Oilaviy munosabatlar daraxtga o‘xshaydi: uni doim parvarishlash kerak, aks holda quriydi. Baxtli turmush – bu tasodif emas, balki ikki insonning harakatlari natijasi.
Muhabbat vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi: dastlab u ehtiros bo‘lsa, keyin ishonchga, hurmatga, do‘stlikka aylanadi. Eng muhimi – bu o‘zgarishlarni qabul qilish va birga rivojlanish.
Oilani mustahkam saqlash uchun:
🔹 Bir-biringizni tinglang – tushunish uchun, javob qaytarish uchun emas.
🔹 Minnatdorchilik bildiring – kichik narsalar ham muhim.
🔹 Jiddiy masalalarni hal qilishda hissiyotga emas, mantiqqa tayaning.
🔹 Bir-biringizga vaqt ajrating – oilaviy yaqinlik shunchaki birga yashash emas, birga yashashni his qilishdir.
Oila – bu jismoniy emas, ruhiy yaqinlikka asoslangan uy. Uni mustahkamlash esa har kuni qilinadigan kichik, ammo muhim amallarga bog‘liq.
#tavsiya

“Bekorchi” ayollar
Farzandlarining tarbiyasi, turmush o‘rtog‘ining parvarishini o‘ylagan hech bir ayol havas uchun ko‘chaga chiqib ishlamaydi. Yo moddiy ehtiyoj, yo ishning unga bo‘lgan ehtiyoji sababli ishlaydi odatda. Ularni malomat qilmaymiz, munosib joyda, yaxshi holatda ishlashayotgan bo‘lsa, bo‘ldi.
Uyda o‘tirgan ayollar tashqaridan qaraganda ishsizdek ko‘rinadi – unday emas. Ular farzand tarbiyasi, ro‘zg‘or ishlariyu turmush o‘rtog‘ining parvarishi bilan band bo‘lishadi. Uzr-ku ya, ular ishchidan ko‘ra yuqori maqomda deb bilaman: ular beka, uyning bekasi! Albatta, kimningdir qo‘lida ishlagandan ko‘ra bekalik yuqori maqomdir.
Ikki toifa ayollarni ham hurmat qilamiz. Takror aytamanki, ehtiyoj bo‘lmasa, ayol ishlamaydi. Ishlaydigan ayollarni kamsitishdan tamoman yiroqman. Yana aytamanki, onaning bekorchisi bo‘lmaydi! Barcha ayollar ishlaydilar!

Nikoh – fidokorlikdir
Nikoh – faqat muhabbat emas, balki fidokorlik hamdir. Sevgilingiz uchun o‘zingizdan bir parcha berish, ba’zan orzularingizni yoki istaklaringizni uning baxti uchun ortga surishdir. Bu – bir-biringizga qayta-qayta mehr ulashishdir.
Baxtli nikoh:
🔹 Yon bosish va murosani bilishdir.
🔹 Birga erishish va birga yo‘qotishdir.
🔹 Ikki qalbning birga erib, uyg‘unlashishidir.
🔹 O‘z baxtingizdan ko‘ra juftingizning baxtini ustun qo‘ya bilishdir.
Chinakam muhabbat fidokorlik talab qiladi. Ammo bu fidokorlik bir tomonlama emas, ikki yurak birdek harakat qilgandagina nikoh mustahkam bo‘ladi.
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nikoh – faqat muhabbat emas, balki fidokorlik hamdir. Sevgilingiz uchun o‘zingizdan bir parcha berish, ba’zan orzularingizni yoki istaklaringizni uning baxti uchun ortga surishdir. Bu – bir-biringizga qayta-qayta mehr ulashishdir.
Baxtli nikoh:
🔹 Yon bosish va murosani bilishdir.
🔹 Birga erishish va birga yo‘qotishdir.
🔹 Ikki qalbning birga erib, uyg‘unlashishidir.
🔹 O‘z baxtingizdan ko‘ra juftingizning baxtini ustun qo‘ya bilishdir.
Chinakam muhabbat fidokorlik talab qiladi. Ammo bu fidokorlik bir tomonlama emas, ikki yurak birdek harakat qilgandagina nikoh mustahkam bo‘ladi.
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hurmat va e’tibor belgisi
Erning turmush o‘rtog‘idan ruxsat so‘rashi – bu bo‘ysunish emas, balki hurmat belgisidir. Ayolning erdan ruxsat so'rashi esa itoatini namoyon qiladi. Erini hurmat qilgan ayol unga itoat qiladi.
Bu narsalar qo‘rquv uchun emas, balki o‘zaro hurmat va e'tiborning ifodasidir. Baxtli munosabatlar bir-birini tushunish, maslahatlashish va birga qaror qabul qilish orqali mustahkam bo‘ladi.
#Erkaklar #ayollar

Qars ikki qo'ldan...
Ey erkak, ahli ayolingizning ehtiyojlarini qondirmay, uning ko'ngliga qaramay, uning oldidagi burchlaringizni bajarmay, xullas, namunali er, namunali ota bo'lmay turib, «Xotinim yomon», «Ko'nglimdagidek emas», «Uylanaman», «Ajrashaman...» demang. O'zingiz tomondagi kamchiliklarni bartaraf eting. Unga mehr bering, suyib, erkalang. Hatto niholni parvarish qilish bilangina meva ko'rish mumkin, bu butun boshli inson, mavjudot! Buning ko'ngli bor! Qanday qilib bunga mehr-e’tibor bermay yaxshilik kutasiz?!
Ayni shu gap ayollarga ham tegishli. Siz ham o'z burch va vazifalaringizni bajaring, eringizga mehr-e’tibor bering. Shunda undan ro'shnolik ko'rasiz. Qars ikki qo'ldan chiqadi. Oila farovonligi uchun ikki tomon barobar harakat qilishi kerak.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Ramazon – bu baraka, iymonni mustahkamlash uchun berilgan oltin imkoniyatdir. Har bir lahza, har bir soniya Allohning rahmatini izlash, Unga yaqinlashish va qalbni poklash uchun imkoniyatdir. Harakat qilishda davom eting, chunki Alloh niyatlaringizni va sa’y-harakatlaringizni biladi.
Alloh tutgan ro‘zamizni, ibodatlarimizni va har bir samimiy amalimizni qabul qilsin. Ramazon nurini ushbu oy tugagandan keyin ham yuragimizda saqlashga kuch ato etsin. Omin.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Alloh tutgan ro‘zamizni, ibodatlarimizni va har bir samimiy amalimizni qabul qilsin. Ramazon nurini ushbu oy tugagandan keyin ham yuragimizda saqlashga kuch ato etsin. Omin.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sog‘lom munosabatlar uchun muhim qadriyatlar
Quyidagi qadriyatlar, mening fikrimcha, har bir sog‘lom munosabatda bo‘lishi kerak:
💗 Oddiy ishlar uchun minnatdorchilik. Uy yig‘ishtirish, ovqat tayyorlash yoki kommunal xizmatlarga to‘lov qilish kabi oddiy ishlar uchun ham bir-biringizga minnatdorchilik bildiring.
💗 Bir-biringizning haqiqiy muxlisingiz bo‘ling. Suhbat yoki imtihon oldidan qo‘llab-quvvatlash, kichik muvaffaqiyatlar uchun xursand bo‘lish va qiyin damlarda birga bo‘lish alohida ahamiyatga ega.
💗 Uning yonida ekaningizda unga e'tibor qiling. Ish, o'qish yoki uy ishlaridan bo'shab birga o'tirar ekansiz, bir-biringizga e'tibor qilishingiz, bu vaqtda telefon va TVga chalg'imasligingiz muhimdir. Shu bilan birga, har kimning o'zi uchun ajratadigan alohida vaqti ham bo'lishini normal qabul qilish kerak.
#Munosabatlar

Erkak kishi ayoliga kichik yaxshiliklar, iltifot ko‘rsatishi uchun 10 tavsiya:
1. Ba’zan sababsiz sovg‘a olib kelish.
2. Hech qanday sabab bo‘lmasa ham gul berish.
3. Kechki sayrga taklif qilish.
4. Bolalarni qoldirib, uni safarga olib chiqish.
5. Shunchaki yonida o‘tirib, ichki dunyosiga qiziqib suhbatlashish.
6. Ko‘chada yoki ishda ekanida hol so‘rab, eslab qo‘yish.
7. Uning sevimli shirinligi yoki ichimligini olib kelish.
8. Uy ishlarida yordam berish yoki kamida unga biroz dam olish uchun imkon yaratish.
9. Kun davomida yoqimli xabarlar yuborib, unga bo‘lgan mehrini his qildirib turish.
10. Uning tashqi ko‘rinishi, kiyimi yoki harakatlaridagi chiroyli jihatlarni samimiy ta’kidlab, maqtovlar aytish.
#Erkaklar

Hiylalarsiz hiylalar
Aksar ota-onalar kichkintoyi uxlab qolishi uchun hamma narsaga tayyor. Ba’zilar bolasini ko‘tarib, xonama-xona yuradi, ayrimlar soatlab aravachada yoki mashinada aylantiradi. Bu yondashuv noto‘g‘ri. Bola bu kabi uslublarga tez o‘rganib qoladi. Keyin uni boshqachasiga uxlatish qiyin kechadi. Bu esa uxlash bilan bog‘liq muammoni yanada chuqurlashtiradi.
Aslida, kichkina yoshdagi bola ham kattalarning yordamisiz, o‘zi uxlab qolishi mumkin. Asosiysi, kattalar turli hiylalar qo‘llashi kerak emas. Shunchaki har kuni bir xil odatlarni takrorlang. Masalan, bolani 10-15 daqiqa qo‘lda ko‘tarib, gaplashib, keyin o‘rniga yotqizing va qornini silang.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Aksar ota-onalar kichkintoyi uxlab qolishi uchun hamma narsaga tayyor. Ba’zilar bolasini ko‘tarib, xonama-xona yuradi, ayrimlar soatlab aravachada yoki mashinada aylantiradi. Bu yondashuv noto‘g‘ri. Bola bu kabi uslublarga tez o‘rganib qoladi. Keyin uni boshqachasiga uxlatish qiyin kechadi. Bu esa uxlash bilan bog‘liq muammoni yanada chuqurlashtiradi.
Aslida, kichkina yoshdagi bola ham kattalarning yordamisiz, o‘zi uxlab qolishi mumkin. Asosiysi, kattalar turli hiylalar qo‘llashi kerak emas. Shunchaki har kuni bir xil odatlarni takrorlang. Masalan, bolani 10-15 daqiqa qo‘lda ko‘tarib, gaplashib, keyin o‘rniga yotqizing va qornini silang.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Boshni har kim olishi mumkin, yurakni esa faqat bir kishi ola oladi!
#Romantika
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Romantika
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oila qurish arafasidagi yoshlarga muhim tavsiyalar
Oila qurish – hayotdagi eng mas’uliyatli qarorlardan biri. Sevgi, tushunish va hurmat asosida qurilgan oila mustahkam va baxtli bo‘ladi. Biroq bu yo‘lda faqat hissiyotlar yetarli emas – oila qurishdan avval hayotiy muhim jihatlarni ham o‘ylab ko‘rish lozim. Quyidagi tavsiyalar sizga oilaviy hayotga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi:
✔ O‘zaro hurmat va tushunish muhim.
Sevgi muhim, ammo oilaviy hayotda bir-biringizni hurmat qilish va tushunish undan ham muhimroq. Juftingizning fikrlarini qadrlash, his-tuyg‘ulariga e’tibor berish – baxtli turmushning asosiy tamoyillaridan biridir.
✔ Bir-biringiz bilan ochiq suhbat qiling.
Oila qurishdan avval hayotiy qadriyatlaringiz, maqsadlaringiz va kelajakdagi rejalar haqida ochiq gaplashing. Moliyaviy masalalar, farzand tarbiyasi kabi mavzularni oldindan muhokama qilish kelajakdagi tushunmovchiliklarning oldini oladi.
✔ Muammolarni birgalikda hal qilishni o‘rganing.
Har qanday oilada ba’zan kelishmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Muhimi, ularni qanday hal qilishdir. Xafa bo‘lib, jim qolish yoki janjallashish o‘rniga, muammoni ochiq-oydin va vazminlik bilan muhokama qiling.
✔ Mastahkam oila – faqat muhabbat emas.
Muhabbat oila qurish uchun asosiy sabab bo‘lishi mumkin, lekin u barqaror bo‘lishi uchun ishonch, sadoqat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ham kerak. Hayot faqat shirin daqiqalardan iborat emas – og‘ir kunlarda ham yonma-yon turish muhim.
✔ Ota-onalar va boshqalar bilan chegarani biling.
Oilaviy hayotda ota-onalar, qarindoshlar albatta muhim rol o‘ynaydi. Biroq ularning aralashuvi juftingiz bilan munosabatlaringizga ta’sir qilmasligiga e’tibor bering. Mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganing va juftingiz bilan birgalikda o‘z oilaviy chegaralaringizni belgilang.
✔ Bir-biringizni doim qo‘llab-quvvatlang.
Oilaviy hayot – bu faqat yaxshi kunlarda emas, balki qiyinchiliklarda ham yonma-yon bo‘lish demakdir. Bir-biringizning orzularingizni qo‘llab-quvvatlang, ruhlantiring va qiyin damlarda tayanch bo‘ling.
Oila – inson umrining eng katta boyliklaridan biri. Uni mustahkam va baxtli qilish o‘z qo‘lingizda. Muhimi, mehr, sabr va tushunish bilan harakat qilishdir.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tarbiya ildizi achchiq, mevasi shirin.”🥺
🛍 Buyurtma uchun: @zumar_delivery
📍 Manzilimiz: Toshkent, Chilonzor tumani, Chilonzor massivi, 5-kvartal, 24-uy.
@zumarbooks
@zumarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haq-huquq talashiladigan oilada baxt bo'lmaydi!
Erkak ayoliga "Bu mening haqqim" deya zo'rlik bilan nimanidir qildirsa, ayol ham eriga "Bunga majbur emasman" deb tursa, bunday oilada halovat, xotirjamlik, baxt bo'lmaydi.
Qaytaga bir-birini tushunib, yon bosib, haqqidan kechib, majburiyatidan ortiq qilib qo'yganda oilada totuvlik, farovonlik, baxt bo'ladi.
Albatta, bunda ikki tomon ham shunday harakat qilishi lozim. Biri yukini boshqasiga tashlab tursa, fidoyiligini suiiste'mol qilsa, holat o'nglanmaydi!
Oilaviy munosabatlarni yaxshilash uchun birgalikda harakat qilish kerak, ikki tomon ham istashi kerak. Buni juftingiz bilan ochiq gaplashib harakatga chorlasangiz ham bo'ladi.
#Erkaklar #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak ayoliga "Bu mening haqqim" deya zo'rlik bilan nimanidir qildirsa, ayol ham eriga "Bunga majbur emasman" deb tursa, bunday oilada halovat, xotirjamlik, baxt bo'lmaydi.
Qaytaga bir-birini tushunib, yon bosib, haqqidan kechib, majburiyatidan ortiq qilib qo'yganda oilada totuvlik, farovonlik, baxt bo'ladi.
Albatta, bunda ikki tomon ham shunday harakat qilishi lozim. Biri yukini boshqasiga tashlab tursa, fidoyiligini suiiste'mol qilsa, holat o'nglanmaydi!
Oilaviy munosabatlarni yaxshilash uchun birgalikda harakat qilish kerak, ikki tomon ham istashi kerak. Buni juftingiz bilan ochiq gaplashib harakatga chorlasangiz ham bo'ladi.
#Erkaklar #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalik xotiralarini boʻlishing
Bolalar bilan mazmunli vaqt o‘tkazishning eng yaxshi yo‘llaridan biri bu ota-onaning o‘z bolalik xotiralarini aytib berishidir. Unga hamma-hammasini aytib bering. Yoshligingizda qanaqa bo‘lganingiz, maktabda nima sho‘xliklar qilganingiz-u qanaqa qovunlar tushirganingiz, u vaqtlarda telefon bo‘lmagan va bu bolalar uchun eng yaxshi ertakdan ham qiziqarli tuyiladi. O‘sha vaqtda moda qanaqa bo‘lgan, to‘ylar, maktablar, kupyuralar qanaqa bo‘lgan? Nima qilish sizga yoqmagan, nimani juda yaxshi ko‘rgansiz?.. Hamma-hammasini u bilan bo‘lishing. Yoshlikdagi rasmlaringizni ko‘rsating. Bir sinab ko‘ring, ham o‘zingiz yoshlikni eslab maza qilasiz, ham bolangiz buni jon-jon deb eshitadi.