▫️Hafta oxirida qanday qilib qayta kuch yig‘ish mumkin?
〰️ Hissiy jihatdan:
• Haftaga yakun yasab, yangi maqsadlarni yozing
• Qiziqarli film yoki multfilm tomosha qiling
〰️ Jismoniy jihatdan:
• Yugurish, futbol kabi sport mashqlari bilan shug'ullaning
• Iliq vanna qabul qiling
• Xonangizni tartibga keltiring
〰️ Ijtimoiy jihatdan:
• Ijtimoiy tarmoqlardan bir kunlik tanaffus oling
• Do‘stlaringiz bilan sayrga chiqing
• Oila a’zolaringiz bilan vaqt o‘tkazing
#Tarjima #tavsiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Turmush qurishda ilm farqi muhimmi?
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Bu savolni qanday ifodalashni bilmayman, gaplarim bilan birovni kamsitish yoki ranjitish niyatim yo‘q. Qiz bola o‘zidan ilmsizroq inson bilan oila qurishi qanchalik to‘g‘ri? Agar u Qur’on o‘qiydigan, shariatga qat’iy amal qilishga harakat qiladigan insonni kutayotgan bo‘lsa, lekin nikohni kechiktirmaslik maqsadida farzlarni bajarib yurgan, lekin Qur’on o‘qimaydigan va o‘zidan ilmi kamroq insonga turmushga chiqsa, bu kelajakda kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkinmi?
Aslida har kimning taqvosi o‘zi uchun, lekin oila boshining ilmli bo‘lishi afzalmi? Yoki ilm farqiga ko‘z yumib yaxshi yashash ayolning zakovati va hikmat bilan eriga munosabatiga bog‘liqmi?
G‘iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh.
Turmush qurish kechikayotgan bo'lsa, o'zidan ilmsizroq bo'lsa ham turmushga chiqsa bo'ladi. Aytganingizdek, ayol ilm farqiga ko‘z yumib yaxshi yashash ayolning zakovati va hikmat bilan eriga munosabatda bo'lsa, yaxshi yashash mumkin.
#Oila_qurish

Muhtoj deb faqat hech vaqosi yo'q, o'lar holdagi kishiga aytilmaydi. Ba'zan ko'rinishi behojat bo'lgan kishi ham muhtoj bo'lishi mumkin. Zero "iffatlari sababli bilmagan kishi ularni boy deb o'ylaydi" deyiladi. Shunday ekan, Alloh sizga mol-dunyo bergan bo'lsa, iffatli kishi eshingizni qoqib kelishini kutmang, hech bo'lmasa, o'zingiz ehtiyoji bor-yo'qligini so'rab qo'ying.
#Eslatma
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Eslatma
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baxtli turmush o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Yaxshi nikohni qurish kerak.
Qo‘ldan ushlash hech qachon kech emas. Har kuni hech bo‘lmaganda bir marta “Men seni yaxshi ko‘raman” deb aytish kerak. Janjal bilan uxlashga yotmaslik lozim. Bir-biringizning qilgan ishlaringizni hech qachon o‘z-o‘zidan bo‘ladigan narsa deb qabul qilmaslik kerak.
Nikohdan keyingi davrda – asal oyidan so‘ng – e’tibor va mehr to‘xtab qolmasligi, aksincha, umr bo‘yi davom etishi kerak. Hayotni birgalikda bosib o‘tish muhim. Oila a’zolarini birlashtiradigan muhabbat doirasini yaratish zarur. Bir-biringiz uchun nimanidir qilish majburiyatdan emas, balki quvonchdan kelib chiqishi kerak.
Rahmat aytish, minnatdorchilikni ifoda etish zarur. Sabr, tushunish va hazil-mutoyibani rivojlantirish kerak. Kechira bilish va unutishni o‘rganish zarur. Muhim narsa – kerakli odamga turmushga chiqish yoki uylanish emas, balki o‘zingiz kerakli odam bo‘lishdir.
Pol Nyuman
#tarjima

Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Batafsil ma'lumot
Karta raqam: 9860160605493933

Baxt har xil bo‘ladi
Bir kuni bolaligimda buvim menga shunday degan edi:
— Bilasanmi, baxt… u turlicha bo‘ladi.
O‘sha paytda o‘ylagandim: “Qanaqasiga? Bu qanday ahmoqona gap? Axir baxt degani — bu hamma narsa zo‘r bo‘lishi, hamma narsa mukammal bo‘lishi-ku!”
Yillar o‘tdi. Endi esa buvimning gaplarini tushunayotganimni his qilyapman.
Baxt bu — mukammallik emas, u nisbiydir.
• Baxt — og‘riq bo‘lmagani.
• Baxt — tushingni kimgadir ayta olish.
• Baxt — yolg‘izligingda kimnidir o‘ylash.
• Baxt — seni o‘ylaydigan odamning bo‘lishi.
• Baxt — qaytishni istaydigan uying bo‘lishi.
• Baxt — ko‘ngling tinch bo‘lishi.
• Baxt — yangi kuning bo‘lishi.
• Baxt — kimdir shunchaki qo‘ng‘iroq qilgani.
• Baxt — bu shunchaki baxtsizlik yo‘qligi.
Aslida baxt juda ko‘p. Biz esa uni kutaveramiz, kutaveramiz… bilmaymizki, u har xil bo‘lishi mumkin.
#Baxt #tarjima

Ma’lum bo‘lishicha, erkak kishi janjaldan keyin jim tursa, bu unga baribir degani emas. Aksincha, u his-tuyg‘ularini ichida hazm qilish uchun vaqtga muhtoj bo‘ladi.
Ko‘pchilik erkaklar muammolarni so‘z bilan emas, fikran hal qilishadi. Shuning uchun, #ayollar, erkaklarga vaqt berishni unutmang. Ular biroz tin oladi, hammasini o‘ylab chiqadi va yechim bilan qaytadi.
#Psixologiya #tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ko‘pchilik erkaklar muammolarni so‘z bilan emas, fikran hal qilishadi. Shuning uchun, #ayollar, erkaklarga vaqt berishni unutmang. Ular biroz tin oladi, hammasini o‘ylab chiqadi va yechim bilan qaytadi.
#Psixologiya #tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Azizlar, biz yana savollarni qabul qila boshladik!
Oila, farzand tarbiyasi, kitoblar bo'yicha savollaringizni @Yechimhubbunabot ga yuborishingiz mumkin. Javobni @Yechimhubbuna telegram kanalidan olasiz.
Eslatma!
• savolingiz qisqa matn shaklida bo'lsin;
• uzun savollarga, ovozli xabarlarga, diniy mavzudagi hamda jinsiy aloqaga doir savollarga javob berilmaydi;
• javob faqat kanal orqali beriladi, o'zingizga emas;
• shoshinch savolingiz yoki jiddiy muammo bo'lsa, batafsil maslahat kerak bo'lsa, konsultatsiya olishingiz kerak.

Yaqinlik — bu faqat yonma-yon bo‘lish emas
Ba’zida inson yolg‘izlikka ehtiyoj sezadi. Bu sevgining yo‘qligidan emas, o'zingni o'zing tushunib olish kerak bo‘lgani uchundir. Shunday vaqtda sizdan kutilgani juftingizni tushunish, bosim qilmaslik, savollarga ko‘mmaslik va qarorini hurmat qilishdir.
Yaxshi juft begonadek olislab ketmaydigan va yaqin bo‘lib erkinlikni tortib olmaydigan insondir. Har ikkisi ham bir-birining shaxsiy hududini qadrlasa, munosabatlar mustahkam bo‘ladi.
#tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ba’zida inson yolg‘izlikka ehtiyoj sezadi. Bu sevgining yo‘qligidan emas, o'zingni o'zing tushunib olish kerak bo‘lgani uchundir. Shunday vaqtda sizdan kutilgani juftingizni tushunish, bosim qilmaslik, savollarga ko‘mmaslik va qarorini hurmat qilishdir.
Yaxshi juft begonadek olislab ketmaydigan va yaqin bo‘lib erkinlikni tortib olmaydigan insondir. Har ikkisi ham bir-birining shaxsiy hududini qadrlasa, munosabatlar mustahkam bo‘ladi.
#tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalarni kitobga oshno qilish – qadriyatlarni saqlab qolish yo‘lidagi muhim qadam
Bugungi texnologiyalar asri bolalar hayotini tubdan o‘zgartirdi. Telefon, planshet va internet – bularning barchasi axborot olishni osonlashtirdi, ammo shu bilan birga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni ham pasaytirdi. Vaholanki, kitob faqat bilim manbayi emas, balki milliy qadriyatlarimiz, axloqiy tushunchalarimizni saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi hamdir.
Farzandlarimizning ong-u tafakkurini mustahkamlash, ularni teran fikrlashga o‘rgatish uchun kitobga bo‘lgan mehrni erta yoshdan shakllantirishimiz kerak. Buning uchun nima qilish mumkin?
✅ Ota-onaning o‘rnak bo‘lishi – bolalar kitob o‘qish odatini kattalardan o‘rganadi. Agar ota-ona qo‘lida kitob tutib, zavq bilan mutolaa qilsa, bola ham buni tabiiy holat sifatida qabul qiladi.
✅ Qiziqarli kitoblarni tanlash – bolaga uning yoshi va qiziqishlariga mos keladigan kitoblarni tanlab berish lozim. Agar kitob bolaning dunyoqarashiga yaqin bo‘lsa, u mutolaadan zavqlana boshlaydi.
✅ Texnologiyadan unumli foydalanish – internet va gadjetlarni mutlaqo cheklashning iloji yo‘q, ammo ularni to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin. Masalan, audiokitoblar tinglash, elektron kitoblar yoki bolalar uchun qiziqarli interaktiv o‘quv dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
✅ Kitob o‘qishni zavqli jarayonga aylantirish – har kuni ma’lum vaqtni kitob o‘qishga ajratish, iloji bo'lsa, birgalikda kitob o‘qish yaxshi natija beradi. Shuningdek, kitoblarni muhokama qilish, bir-biriga gapirib berish, savol-javoblar qilish ham bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.
✅ Kutubxonalarga tashrif buyurish – bolalarni kitobxon qilish uchun atrof-muhitning o‘rni muhim. Xususan, kitobxon o‘rtoqlarining bo‘lishi va ular bilan yoki ota-onasi bilan kutubxonalarga borish, yangi kitoblar tanlash bolalarning kitobga muhabbatini oshiradi.
Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr bolalarda hayotiy qadriyatlarni shakllantiradi, ularga to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata bilish, mustaqil fikrlash, nutqini rivojlantirish va, eng muhimi, odamiylikni saqlab qolish imkonini beradi. Texnologiya qanchalik rivojlansa ham kitob hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun bolalarni bu bebaho xazinaga oshno etishimiz lozim.
#Bolalar #kitob
Kirill | Lotin
Bugungi texnologiyalar asri bolalar hayotini tubdan o‘zgartirdi. Telefon, planshet va internet – bularning barchasi axborot olishni osonlashtirdi, ammo shu bilan birga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni ham pasaytirdi. Vaholanki, kitob faqat bilim manbayi emas, balki milliy qadriyatlarimiz, axloqiy tushunchalarimizni saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi hamdir.
Farzandlarimizning ong-u tafakkurini mustahkamlash, ularni teran fikrlashga o‘rgatish uchun kitobga bo‘lgan mehrni erta yoshdan shakllantirishimiz kerak. Buning uchun nima qilish mumkin?
Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr bolalarda hayotiy qadriyatlarni shakllantiradi, ularga to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata bilish, mustaqil fikrlash, nutqini rivojlantirish va, eng muhimi, odamiylikni saqlab qolish imkonini beradi. Texnologiya qanchalik rivojlansa ham kitob hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun bolalarni bu bebaho xazinaga oshno etishimiz lozim.
#Bolalar #kitob
Kirill | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkak kishi yosh bolaga o'xshaydi — unga istaklaringizni ochiq-oydin, tushunarli qilib aytish kerak. Masalan, unga "Meni sevmaysiz, sizga keragim yo'q" deb emas, "Adasi, menga ko'proq vaqt ajrating, iltimos. Sizga to'ymayapman, mehr-e'tiboringiz kerak menga", desangiz, u nima qilish kerakligini anglaydi.
#Ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har bir bola alohida shaxs
Bola tarbiyasi bu bolaning yaxshi niyatlari va moyilliklarini ochib berish, yomonlarini yo‘q qilish ishidir. Bolaga yaxshi odatlar bilan ta’sir qilish va tarbiyalash jarayonini qanchalik erta boshlasangiz, shunchalik samarali bo‘ladi. Bu jarayonda bolalarni bosim va majburlash yo‘li bilan tarbiyalashga urinmay, balki ularning individual xususiyatlariga ko‘ra farqlash va tanib olish zarur. Xususan, har bir bola alohida va har xil degan tamoyil bilan harakat qilish bolada mukammal natijalarga erishish uchun zarurdir. Bu g‘oya bilan yo‘lga chiqqan pedagog yoki ota-ona farzandlarni mustahkam poydevorga tarbiyalashda birinchi qadamni qo‘ygan bo‘ladi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Hech qachon kimningdir sizdan yomonroq ekanini o'ylab o'zingizga yuqori baho bermang!
— Men falonchidek emasman-ku, — deb ba'zi kamchiliklaringizga ko'z yumishga undamang.
Har kim qilsa o'ziga — yaxshi bo'lsangiz ham, yomon bo'lsangiz ham o'zingiz uchun bo'lasiz.
Masalan, juftingiz qo'shnining xotini sizdan yomonroq ekanini uchun sizning kamchiliklariga chidashga majbur emas. Siz o'zingiz uchun yaxshi bo'ling!
#Eslatma
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Men falonchidek emasman-ku, — deb ba'zi kamchiliklaringizga ko'z yumishga undamang.
Har kim qilsa o'ziga — yaxshi bo'lsangiz ham, yomon bo'lsangiz ham o'zingiz uchun bo'lasiz.
Masalan, juftingiz qo'shnining xotini sizdan yomonroq ekanini uchun sizning kamchiliklariga chidashga majbur emas. Siz o'zingiz uchun yaxshi bo'ling!
#Eslatma
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ajrashish haqidagi gaplar ommaviy aytilmasligi tarafdoriman. Masalan, "Ering falonday qilyaptimi — ajrash!" yoki "Bunaqa xotin bilan yashamaslik kerak" kabi.
Chunki ajrashish bitta-ikkita sabab bilan bo'lavermaydi — juda katta sabab bo'lmasa. Ajrashishni taklif qilish uchun ikki tomonni ham eshitib, holatni batafsil o'rganib, imkon bo'lsa, islohga harakat qilib, bo'lmasa, yaxshilikcha ajratish mumkin.
Ikkinchidan, "Ajrash" deb ommaviy aytilaversa, shundoq ham oilaga yengil qarayotgan ba’zi yoshlar yanada bemalol bo‘lib qolishi mumkin.
Shuning uchun menga berilgan savollarga "Ajrashish masalasida ikki tomonni eshitib, holatni batafsil o'rganib, keyin nimadir deyish mumkin" deyman. Agar holat og'ir bo'lsa, "Agar vaziyat siz aytgandek bo'lsa, ajrashish ixtiyoringiz" deyman.
Sizning toqatingiz, holatingizni hech kim o'zingizchalik yaxshi bilmaydi. Shuning uchun bu borada o'zingiz qaror qilganingiz afzal.
#Ajrashish

Forwarded from Zumar kitoblar do‘koni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Semichka urug‘lari asabni tinchlantiradi
Gap faqat chaynash jarayoni haqida emas (garchi bu jarayonning o‘zi ham tinchlantiradi) — qora qovurilgan pista urug‘lari tarkibida asab tizimimiz uchun juda zarur bo‘lgan magniy moddasi juda ko‘p.
Aytgancha, bu ayniqsa 60 yoshdan oshgan insonlar uchun muhim: yosh ulg‘aygani sari tanamiz magniyni saqlab qolish qobiliyatini yo‘qotadi. Holbuki, bu modda umr davomiyligi uchun ham beqiyos ahamiyatga ega.
#Salomatlik #tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Gap faqat chaynash jarayoni haqida emas (garchi bu jarayonning o‘zi ham tinchlantiradi) — qora qovurilgan pista urug‘lari tarkibida asab tizimimiz uchun juda zarur bo‘lgan magniy moddasi juda ko‘p.
Aytgancha, bu ayniqsa 60 yoshdan oshgan insonlar uchun muhim: yosh ulg‘aygani sari tanamiz magniyni saqlab qolish qobiliyatini yo‘qotadi. Holbuki, bu modda umr davomiyligi uchun ham beqiyos ahamiyatga ega.
#Salomatlik #tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda oilalar buzilishining asosiy sabablaridan biri oila qurish ilmini, oilaviy munosabatlar ilmini bilmasdan oila qurishda deb o'ylayman.
Bejiz "bugungi kunda" demadim. Davr o'zgarib ketdi. Oldin bu haqida na kitob, na kurs bor edi, lekin ajrashishlar kam edi. Bugun esa aksi — oilaviy munosabatlarga doir darslar, kitoblar ko'p, ammo ajrashishlar ham ko'p.
Juda ko'p narsa avvalgidek emas, shuning uchun avval bunday darslar yo'q edi, qayerdan chiqib qoldi endi deb beparvo bo'lmang. Imkon boricha o'qing, o'rganing — davr talabi!
#Oila_qurish #Munosabatlar