Telegram Web Link
Menimcha, kutib olish va kuzatish har bir oilada doimiy amal qilinadigan an'ana bo'lishi lozim. Hatto u do'konga chiqish bo'lsa ham.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
80👍27❤‍🔥18🔥7🥰5
Maqtov kutishni qanday to‘xtatish mumkin?

Ko‘pchilik boshqalardan maqtov kutadi. Lekin bu holatda o‘zingizdan bir savol so‘rab ko‘ring: “Nega men bu borada o‘z fikrimga ishonmayapman?”

— O‘zingizni boshqalar bilan solishtirishdan tiyiling. Har bir inson o‘ziga xos va takrorlanmas, aynan shu sizning qadriyatlaringizdan biridir.

— Erishgan yutuqlaringiz va faxrlanadigan holatlaringizni yozib boring. Bu sizga o‘zingizni yaxshiroq bilish va qadrlashga yordam beradi.

— O‘zingizni tushunadigan, fikrlaringizni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar bilan davra yarating.

— Va eng muhimi: ehtimol, ijtimoiy tarmoqlardan biroz tanaffus qilish vaqti kelgandir? Chunki u yerda o‘zgalar hayoti sizni asossiz taqqoslashga va o‘zingizni yomon his qilishga majbur qilishi mumkin.

#psixologiya #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
34👍25🔥4
614-savol: Unashtirilganlarga nasihat

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Bo‘lajak kelinim bilan bir joyda ishlaymiz. Bizga chiroyli nasihat qilishingizni so‘raymiz.

Oldindan rahmat!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Chegaralarni saqlanglar, munosabatga kirishmanglar. Imkoni bo'lsa, to'yni tezlashtiringlar.

Oilaviy masalalarga doir kitoblar o'qinglar.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
👍54😁2318🔥8❤‍🔥7🤔1💔1
Ayol nafis bo‘lishi uchun erkak kuchli bo‘lishi kerak

Ayolni nazokatsizlikda ayblashga shoshilmang. Aslida erkak o‘zining erkakligi, mas’uliyati va shaxsiyatini rivojlantirishi kerak.

Chunki har qanday ayol nazokatli, mehribon va muloyim bo‘la oladi — agar uning yonida chinakam kuchli, ishonchli va irodali erkak bo‘lsa.

#psixologiya #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯118👍43🔥3618🌚4
Oxiri barchamiz xotiraga aylanamiz...

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
72👍26💯15💔9🌚7❤‍🔥2🔥2
"Men sizdan xafa bo'ldim, alohida yotaman" emas, to'g'ridan to'g'ri "Meni ushlab qoling, menga yanada yaqinroq bo'ling" deng.

#Muammo #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁93👍4117🥰11🌚9❤‍🔥4🤔3💔2🔥1💯1
Bolaning o‘zi ovqatlansin

«O‘z-o‘zini ovqatlantirish» usuli haqida eshitganmisiz? Unday bo‘lsa, bu uslub siz uchun!

Qisqacha aytganda, bu yondashuv bir nechta qiziqarli afzalliklarga ega:

— Bola ota-onasi bilan birga ovqatlanadi, lekin onaning alohida ovqatlantirishiga hojat qolmaydi. Bola o‘zi yeydi, ota-onalar esa bemalol ovqatlanishadi.
— Bola ovqatlanish madaniyatini o‘zlashtira boshlaydi: nima yeyayotganini ko‘radi, hohlaganini tanlaydi, to‘ygach esa ovqatni o‘zi to‘xtatadi.
— Tishsiz bo‘lsa-da, bolalar ovqatni milk bilan juda yaxshi maydalashadi. Kimki barmog‘ini chaqaloq og‘ziga solgan bo‘lsa, bu kuchni juda yaxshi biladi. Demak, bola juda erta yoshdanoq chaynashni o‘rganadi.

Bu uslubning foydalari buning bilan tugamaydi! Faqat bir oy sabr — va farzandingiz siz bilan birga bir dasturxon atrofida «katta odamlar ovqatini» bemalol yeydi. Bu baxt emasmi?

#tarbiya #parvarish #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍71🔥2017🥰14
Amakining o‘rni

Otaning aka-ukalari amaki hisoblanadi. Ma'lumki, aka ota o‘rnidadir. Shuning uchun amakilarning hurmati ham otadek yuqori bo‘ladi. Ta'limotimizda hatto otaning do‘stlariga yaxshilik qilishga targ‘ib qilingan, shunday ekan, amakilarga yaxshilik yanada e'tiborlidir.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
49🔥23👍15❤‍🔥2
Salomatlikning siri

Salomatlik har doim ham dorilar bilan bo'lmaydi. Ba’zida dori emas, balki qalb xotirjamligi, ruh osoyishlariga muhtoj bo'ladi kishi. Ba’zan bir samimiy kulgu, bir iliq so‘z, bir og‘ush darddan forig' qiladi.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
44🔥20👍15❤‍🔥3
MEZON

Agar kimnidir yo‘qotishdan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, demak, qalbingizda unga nisbatan muhabbat yashayapti.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤‍🔥64💯14🔥12💔9👍87
Sizni qadrlamagan inson ortidan qanchalik yugursangiz, shunchalik uning befarqliklari bilan ozorlanasiz!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥6436👍27💔10💯9❤‍🔥8
​​Ayol faqat yemoq-ichmoqqa, kiyim-kechakka, turar joygagina muhtoj bo‘lmaydi. Balki u:
– achchiq iztiroblarni o‘rnini bosadigan shirin so‘zga,
– hayotning ayovsiz zarbalari yarasini silaydigan mehribon qo‘lga,
– mashaqqatlarni esdan chiqarishga ko‘mak beradigan mushfiq qalbga,
– og‘ir kunlar tushganida boshini yelkasiga qo‘yib suyana oladigan suyanchiqqa ham muhtojdir.

Emina Erdo‘g‘an
Turkiyaning birinchi xonimi

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍60💯3725🔥9🥰5❤‍🔥3
Baxt uchun qancha kerak?

Faina Ranevskayadan (badavlat oilada tug'ilgan) so‘rashdi:

— Faina Georgiyevna, baxtli bo‘lish uchun odamga qancha kerak?
— Ey Xudoyim-ey, ba’zan birgina shanba yetarli bo‘ladi!

Barchangizga juma muborak bo'lsin, azizlar!

#Baxt

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍7456😁25🤔13🥰11
Haqiqiy muhabbat

Haqiqiy muhabbat mukammal insonni topganingizda emas, balki nomukammal insonni mukammal ko‘ra olganingizda paydo bo‘ladi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
118👍36💯21🥰12❤‍🔥6💔2🔥1🤔1
FRANSUZ ONALARI NIMA UCHUN XOTIRJAM?

Fransiyada ota-onalar bolalarini tarbiyalashda juda xotirjam va qat’iyatli bo‘lishadi. Bu ular uchun tabiiy holat, chunki ular bolalarga chegaralar belgilash va ularga hurmat ko‘rsatishning muhimligini yaxshi tushunishadi. Ular bolalariga qo‘rqmasdan o‘z xohishlarini bildirib, biroq doimo tinch va xotirjam bo‘lishga o‘rgatishadi.

Fransuz onalari farzand yig‘lasa, uni darhol quchoqlamaydi. Avval “pauza” qiladi — ya’ni biroz kutadi. Bu usulni “La Pause”, ya’ni “to‘xtash” deb atashadi. Bola o‘zini tinchlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa uning mustaqilligini va o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantiradi.

Fransuzlar uchun bola yig‘lashi — unga darhol yordam berish kerak degani emas. Bola yig‘lash orqali o‘z his-tuyg‘ularini bildiradi. Onalar esa sabr bilan kuzatib, kerakli paytda aralashishadi. Ular bu orqali bola o‘ziga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rganishiga yordam beradi.

Ular bolalarga har doim aniq va tushunarli chegaralar qo‘yishadi. “Yo‘q” degan so‘zni bemalol aytishadi va bunga bolalar ham o‘rganib qolishadi. Bu ularning mustahkam ruhiy holatda ulg‘ayishlariga xizmat qiladi.

Fransuz ota-onalar bolasining ehtiyojini inkor etmaydi, lekin ularning har bir istagini bajarishga urinmaydi. Bu orqali bola kutishga, sabr qilishga va o‘z istaklarini boshqarishga o‘rganadi. Bu yondashuv ularda hurmatli, sokin, ko‘p yig‘lamaydigan va injiq bo‘lmagan bolalarni tarbiyalashga yordam beradi.

Pamela Druckerman, Bringing Up Bébé kitobidan
#iqtibos

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍5917🔥8💯4
Nega bolani quchoqlash muhim?

Mehr-muhabbat izhor etish va xavfsizlikni ta’minlash. Quchoqlash – bu siz har doim bolangizning yonida ekaningiz va uni himoya qilishga tayyorligingizdir. Bu narsa unda xavfsizlik va ishonch hissini shakllantiradi.

Hissiy (emotsional) yaqinlik. Bolamizni quchib, biz o‘zaro aloqamizni mustahkamlaymiz. Bolalar sizning yaqinligingizni va uni tushunishingizni anglaydilar. Bu esa bolaga o‘z tuyg‘ularini tushunishga yordam beradi.
Stress darajasining pasayishi. Quchoqlashlar bolalarga sokinlik va qulaylik ato etib, ularda stress va xavotir darajasini pasaytiradi.
Unutmang! Bolani quchoqlash uning bolaligini baxtga to‘ldirishning ajoyib yo‘lidir!

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
35👍20❤‍🔥1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaynonalarning keliniga nisbatan hasad qilishi qanday paydo boʻladi?

🕊Telegram |📱Instagram
📺 YouTube |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍12💯5😁1
Qadrli ayollar, mana sizga million dollarlik maslahat! 😊

Agar munosabatlaringizda hammasi chiroyli bo‘lishini, turmush o'rtog'ingiz sizdan hech qayerga ketmasligini istasangiz — o‘zingizni rivojlantira boshlang. Kundalik rejasi aniq bo‘lgan, nima bilan shug‘ullanishini biladigan ayol bilan erkak uyda qolishni istaydi.

Doim noliydigan, nima bilan mashg‘ul bo‘lishni bilmaydigan, o‘ziga ishonmaydigan, turmush o'rtog'im kim bilandir yurib ketib qoladimi deb qo‘rqadigan ayollardan esa qochgisi keladi.

#tarjima #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥62👍33💯1614🤔5🌚1
2025/07/14 21:50:10
Back to Top
HTML Embed Code: