Ayol nafis bo‘lishi uchun erkak kuchli bo‘lishi kerak
Ayolni nazokatsizlikda ayblashga shoshilmang. Aslida erkak o‘zining erkakligi, mas’uliyati va shaxsiyatini rivojlantirishi kerak.
Chunki har qanday ayol nazokatli, mehribon va muloyim bo‘la oladi — agar uning yonida chinakam kuchli, ishonchli va irodali erkak bo‘lsa.
#psixologiya #tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Oxiri barchamiz xotiraga aylanamiz...
#Shunchaki
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Shunchaki
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolaning o‘zi ovqatlansin
«O‘z-o‘zini ovqatlantirish» usuli haqida eshitganmisiz? Unday bo‘lsa, bu uslub siz uchun!
Qisqacha aytganda, bu yondashuv bir nechta qiziqarli afzalliklarga ega:
— Bola ota-onasi bilan birga ovqatlanadi, lekin onaning alohida ovqatlantirishiga hojat qolmaydi. Bola o‘zi yeydi, ota-onalar esa bemalol ovqatlanishadi.
— Bola ovqatlanish madaniyatini o‘zlashtira boshlaydi: nima yeyayotganini ko‘radi, hohlaganini tanlaydi, to‘ygach esa ovqatni o‘zi to‘xtatadi.
— Tishsiz bo‘lsa-da, bolalar ovqatni milk bilan juda yaxshi maydalashadi. Kimki barmog‘ini chaqaloq og‘ziga solgan bo‘lsa, bu kuchni juda yaxshi biladi. Demak, bola juda erta yoshdanoq chaynashni o‘rganadi.
Bu uslubning foydalari buning bilan tugamaydi! Faqat bir oy sabr — va farzandingiz siz bilan birga bir dasturxon atrofida «katta odamlar ovqatini» bemalol yeydi. Bu baxt emasmi?
#tarbiya #parvarish #tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Amakining o‘rni
Otaning aka-ukalari amaki hisoblanadi. Ma'lumki, aka ota o‘rnidadir. Shuning uchun amakilarning hurmati ham otadek yuqori bo‘ladi. Ta'limotimizda hatto otaning do‘stlariga yaxshilik qilishga targ‘ib qilingan, shunday ekan, amakilarga yaxshilik yanada e'tiborlidir.
#Eslatma

Salomatlikning siri
Salomatlik har doim ham dorilar bilan bo'lmaydi. Ba’zida dori emas, balki qalb xotirjamligi, ruh osoyishlariga muhtoj bo'ladi kishi. Ba’zan bir samimiy kulgu, bir iliq so‘z, bir og‘ush darddan forig' qiladi.

Ayol faqat yemoq-ichmoqqa, kiyim-kechakka, turar joygagina muhtoj bo‘lmaydi. Balki u:
– achchiq iztiroblarni o‘rnini bosadigan shirin so‘zga,
– hayotning ayovsiz zarbalari yarasini silaydigan mehribon qo‘lga,
– mashaqqatlarni esdan chiqarishga ko‘mak beradigan mushfiq qalbga,
– og‘ir kunlar tushganida boshini yelkasiga qo‘yib suyana oladigan suyanchiqqa ham muhtojdir.
Emina Erdo‘g‘an
Turkiyaning birinchi xonimi
#Ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– achchiq iztiroblarni o‘rnini bosadigan shirin so‘zga,
– hayotning ayovsiz zarbalari yarasini silaydigan mehribon qo‘lga,
– mashaqqatlarni esdan chiqarishga ko‘mak beradigan mushfiq qalbga,
– og‘ir kunlar tushganida boshini yelkasiga qo‘yib suyana oladigan suyanchiqqa ham muhtojdir.
Emina Erdo‘g‘an
Turkiyaning birinchi xonimi
#Ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baxt uchun qancha kerak?
Faina Ranevskayadan (badavlat oilada tug'ilgan) so‘rashdi:
— Faina Georgiyevna, baxtli bo‘lish uchun odamga qancha kerak?
— Ey Xudoyim-ey, ba’zan birgina shanba yetarli bo‘ladi!
Barchangizga juma muborak bo'lsin, azizlar!
#Baxt

FRANSUZ ONALARI NIMA UCHUN XOTIRJAM?
Fransiyada ota-onalar bolalarini tarbiyalashda juda xotirjam va qat’iyatli bo‘lishadi. Bu ular uchun tabiiy holat, chunki ular bolalarga chegaralar belgilash va ularga hurmat ko‘rsatishning muhimligini yaxshi tushunishadi. Ular bolalariga qo‘rqmasdan o‘z xohishlarini bildirib, biroq doimo tinch va xotirjam bo‘lishga o‘rgatishadi.
Fransuz onalari farzand yig‘lasa, uni darhol quchoqlamaydi. Avval “pauza” qiladi — ya’ni biroz kutadi. Bu usulni “La Pause”, ya’ni “to‘xtash” deb atashadi. Bola o‘zini tinchlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa uning mustaqilligini va o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantiradi.
Fransuzlar uchun bola yig‘lashi — unga darhol yordam berish kerak degani emas. Bola yig‘lash orqali o‘z his-tuyg‘ularini bildiradi. Onalar esa sabr bilan kuzatib, kerakli paytda aralashishadi. Ular bu orqali bola o‘ziga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rganishiga yordam beradi.
Ular bolalarga har doim aniq va tushunarli chegaralar qo‘yishadi. “Yo‘q” degan so‘zni bemalol aytishadi va bunga bolalar ham o‘rganib qolishadi. Bu ularning mustahkam ruhiy holatda ulg‘ayishlariga xizmat qiladi.
Fransuz ota-onalar bolasining ehtiyojini inkor etmaydi, lekin ularning har bir istagini bajarishga urinmaydi. Bu orqali bola kutishga, sabr qilishga va o‘z istaklarini boshqarishga o‘rganadi. Bu yondashuv ularda hurmatli, sokin, ko‘p yig‘lamaydigan va injiq bo‘lmagan bolalarni tarbiyalashga yordam beradi.
Pamela Druckerman, Bringing Up Bébé kitobidan
#iqtibos
#tarbiya

Nega bolani quchoqlash muhim?
Mehr-muhabbat izhor etish va xavfsizlikni ta’minlash. Quchoqlash – bu siz har doim bolangizning yonida ekaningiz va uni himoya qilishga tayyorligingizdir. Bu narsa unda xavfsizlik va ishonch hissini shakllantiradi.
Hissiy (emotsional) yaqinlik. Bolamizni quchib, biz o‘zaro aloqamizni mustahkamlaymiz. Bolalar sizning yaqinligingizni va uni tushunishingizni anglaydilar. Bu esa bolaga o‘z tuyg‘ularini tushunishga yordam beradi.
Stress darajasining pasayishi. Quchoqlashlar bolalarga sokinlik va qulaylik ato etib, ularda stress va xavotir darajasini pasaytiradi.
Unutmang! Bolani quchoqlash uning bolaligini baxtga to‘ldirishning ajoyib yo‘lidir!
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Forwarded from Muhammad Odil Hamid | Rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

Qadrli ayollar, mana sizga million dollarlik maslahat! 😊
Agar munosabatlaringizda hammasi chiroyli bo‘lishini, turmush o'rtog'ingiz sizdan hech qayerga ketmasligini istasangiz — o‘zingizni rivojlantira boshlang. Kundalik rejasi aniq bo‘lgan, nima bilan shug‘ullanishini biladigan ayol bilan erkak uyda qolishni istaydi.
Doim noliydigan, nima bilan mashg‘ul bo‘lishni bilmaydigan, o‘ziga ishonmaydigan, turmush o'rtog'im kim bilandir yurib ketib qoladimi deb qo‘rqadigan ayollardan esa qochgisi keladi.
#tarjima #ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar munosabatlaringizda hammasi chiroyli bo‘lishini, turmush o'rtog'ingiz sizdan hech qayerga ketmasligini istasangiz — o‘zingizni rivojlantira boshlang. Kundalik rejasi aniq bo‘lgan, nima bilan shug‘ullanishini biladigan ayol bilan erkak uyda qolishni istaydi.
Doim noliydigan, nima bilan mashg‘ul bo‘lishni bilmaydigan, o‘ziga ishonmaydigan, turmush o'rtog'im kim bilandir yurib ketib qoladimi deb qo‘rqadigan ayollardan esa qochgisi keladi.
#tarjima #ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men yolg'onchi emasman
😉 "Qo'rqayapman" — deyman yig'lamsirab, ishdan kech qaytayotgan begimga. Aslida, uch shoxli ajdardan ham qo'rqmayman-ku, lekin u kishining mehrini, "Hozir borayapman", "Qo'rqmagin" deb ovutishlari uchun o'zimni soyasidan ham qo'rqadigan quyonyurak qilib ko'rsataman.
😉 Tashqari sovuq, atay yengil kiyinib chiqaman. Aynan ularning "Ustinga kiy" deb yomon qarashlari uchun ham shu ishni qilaman. Bu yomon qarashlar tagida cheksiz mehr yotibdi. Shuni his qilish uchun yupqa kiyinib olaman.
😉 Og'ir ko'tarish mumkinmasligini sizdan yaxshi bilaman. Lekin o'g'ir ko'targanimda sizning men uchun qayg'urib, ko'tarishga yo'l qo'ymasligingiz uchun ham ko'taraveraman.
😉 Ovqatni "urib olib", sizning oldingizda "Yo'q yemadim" deb mo'ltirab turishim, yengil kiyinishim, dorilarimni vaqtida ichmasligim, sochimni quritmasligim, qopqoqlarni ocholsam ham, atay "Ochib bering" deyishimning sababi bitta — mehringizni, men uchun qayg'urayotganingizni his qilish, buni yolg'onchilikka, o'ziga bee'tiborlikka yo'ymang.
#Muhabbat

Qars ikki qo'ldan...
Ey erkak, ahli ayolingizning ehtiyojlarini qondirmay, uning ko'ngliga qaramay, uning oldidagi burchlaringizni bajarmay, xullas, namunali er, namunali ota bo'lmay turib, «Xotinim yomon», «Ko'nglimdagidek emas», «Uylanaman», «Ajrashaman...» demang. O'zingiz tomondagi kamchiliklarni bartaraf eting. Unga mehr bering, suyib, erkalang. Hatto niholni parvarish qilish bilangina meva ko'rish mumkin, bu butun boshli inson, mavjudot! Buning ko'ngli bor! Qanday qilib bunga mehr-e’tibor bermay yaxshilik kutasiz?!
Ayni shu gap ayollarga ham tegishli. Siz ham o'z burch va vazifalaringizni bajaring, eringizga mehr-e’tibor bering. Shunda undan ro'shnolik ko'rasiz. Qars ikki qo'ldan chiqadi. Oila farovonligi uchun ikki tomon barobar harakat qilishi kerak.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan odatlar
1️⃣ Tonggi odatlar: Har tong kichik odatlarni yo'lga qo'ying: badantarbiya qiling, to‘shagingizni yig‘ishtiring va kuningizni reja qiling.
2️⃣ Ijtimoiy tarmoqlardan detoks: bekorchilik bilan lenta aylanib o‘tirgandan ko‘ra, uni cheklang. Vaqt chegarasi qo‘ying va hayron qolasiz – qancha ko‘p bo‘sh vaqt paydo bo‘lganini ko‘rib.
3️⃣ Kitob o‘qish: nima o‘qiyotganingiz muhim emas – klassika, fantastika yoki romanlar. Har kuni kamida 10 sahifa o‘qish odati sizni aqlliroq va dunyoqarashingiz kengroq insonga aylantiradi.
#tarjima #tavsiya