Telegram Web Link
Ayollar ko‘p narsa talab qilishmaydi

Ular faqat qadrlanishni, hurmat qilinishni va eshitilishni xohlashadi. Ular uchun mehr va qo‘llab-quvvatlashni his etish juda muhim.

Agar erkak o‘z ayolining ehtiyojlarini sezmay, ularni mensimasa, yanada og‘riqlisi — uning mehrini oddiy holdek qabul qila boshlasa, ayolda savol paydo bo‘ladi: «Axir men shunga loyiqmanmi?»

Shundan so‘ng esa… tuyg‘ular sekin-asta so‘na boshlaydi.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har kim mehrini o‘z uslubida ko‘rsatadi

Kimdir kuniga o‘n martalab “men seni sevaman” deydi, boshqasi esa mehrini amalda namoyon qiladi.

❗️Muhimi — faqat o‘z his-tuyg‘ularingizni bildirish emas, juftingizning sevgini qanday ifodalashini ham tushuna olish. Ba’zida oddiygina “yaxshimisan?” degan savol, balandparvoz so‘zlardan ham ortiq ma’no anglatadi.

❤️ Juftingizning sevgi tilini tushunishni o‘rganing — shunda muloqotingiz tabiiy va samimiy bo‘ladi, tarjimaga hojat qolmaydi.

#tarjima #muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitobxon bola tarbiyalash uchun nima qilish kerak?

15 daqiqa vaqt ajratsangiz, farzandingiz kelajagi ijobiy tomonga o'zgarib ketishi mumkin!

Bu haqida YouTube sahifamda video chiqdi. Ko'rish uchun bosing.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Aybdorni emas, yechimni izlang

Ko‘p hollarda odamlar muammoning ildizini izlash o‘rniga aybdorni qidira boshlaydi. Go‘yoki kimnidir aybdor deb topish bilan muammo hal bo‘ladiganday tuyuladi.

Yana qiziq jihati — ba’zilar o‘z his-tuyg‘ulari, ichki bo‘shlig‘i yoki ojizligiga ham “aybdor” izlaydi.

Azizlar, sizga shu narsa nima beradi? Yordam emas, faqat qurbonlik botqog‘iga chuqurroq botish imkonini xolosmi?..

#Mulohaza

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota - onalikni anglagan insonlar ishlatadigan zoʻr iboralar

1. Qani menga ayt-chi, buni qanday uddalading?
2. Buni qayta va qayta tomosha qilishni/eshitishni/ qilib ko‘rishni xohlayapman.
3. Buni davom ettirish/mehnat sarflash/bajarishga o‘zingda kuch topganingdan shodman!
4. Qanday ajoyib yechim!
5. Sening miyang zo‘r ishlaydi!
6. Fikrlarining ketma-ketligi menga yoqadi!
7. Mana buni usul desa bo‘ladi!
8. Sen buni uddalading/qo‘rquvni/uyalishni/zeri­kishni yengding!
9. Har safar yaxshiroq va yanada yaxshiroq bajaryapsan!
10. Sen harakat qilding va o‘xshadi!
11. Bu muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhim qadamdir!
12. Bu yana bir g‘alaba!
13. Ajoyib g‘oya: sen bundan ham kattarog‘iga qodirsan!
14. Shunday davom et! Buning ustida qattiq ishlashda davom et!
15. Sen tez o‘rganasan!
16. Men sening muvaffaqiyatingdan quvonaman!
17. Sen eng zarur ishni bajarding!
18. Sen o‘tgan safargisiga qaraganda yanayam yaxshiroq/balandroq/tezroq bajarding!
19. Sen to‘g‘ri yo‘ldasan!
20. Bu yasaganingni/chizgan rasmingni/daftaringni/ buvijoningga, dadangga/hamkasbimga ko‘rsatsam maylimi?

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Shuni bilingki, men sizga javob bermasam, demak, men bandman. Agar siz menga javob bermasangiz, demak, meni sevmaysiz!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muboh ishlarda er-xotin bir-biriga kenglik qilishi, ra’yiga qarayverishi kerak. Albatta, bir tomon buni suiiste’mol qilmasa.

Mayda-chuyda narsalarni ham gap qilib, ziqnalik qilingan oilada juftlar bir-biridan bezib qoladi, halovat bo’lmaydi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qizlarni turmushga
tayyorlash


🌸Qizlarni turmushga tayyorlash faqatgina ularga sep yig'ish bilan bo'lmaydi. Mayli, aytarli sepi bo'lmasin, lekin xotinning vazifa-burchlarini bilsin, erga, qaynona, qaynota va yangi hayotidagi boshqa insonlarga qanday muomala qilishni bilsin. Shuningdek, qo'l-­oyog'i chaqqon, pazanda bo'lgani yangi uyidagi qadrini oshiradi. Eng asosiysi, xulqi go'zal, diyonatli bo'lsin. Shuningdek, yangi kelin-kuyov o'rtasidagi nozik ishlarni ham chiroyli qilib tushun­tirib qo'yish kerak. Xullas, kelinlikka tayyor bo'lish ham oson emas. Qiz faqat balo­g'atga yetish bilan kelinlikka yarab qolmaydi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
#ayollar

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Hech qachon juftingiz bilan qasdma-qasdiga harakat qilmang. Ya'ni sizga ovozini ko'tarsa, siz ham ko'tarmang, rashkingizni qo'zg'asa, siz ham rashkini qo'zg'amang va hokazo.

Axir "Biringiz olov bo'lsa, biringiz suv bo'lsin" deyilgan!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qadr topmaganlar yomonlik izlaydi

Chiroyli odam sizni maqtaydi, boy qo‘llab-quvvatlaydi, sportchi o‘zi kabi shug'ullanishingizni istaydi. Faqat faxrlanadigan hech narsasi yo‘q kishigina sizni kamsitish yo‘lini izlaydi.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Go‘zal xulqlar" – farzandlaringiz tarbiyasi uchun ajoyib qo‘llanma!

Farzandlaringizni go‘zal xulqli qilib tarbiyalashni istaysizmi? Unda “Go‘zal xulqlar” kitobi aynan siz uchun!

Ilm o‘rganish, rostgo‘ylik, vaqtni qadrlash, va'daga vafo, mehnatkashlik kabi o'ndan oshiq fazilatlarni bolalarga sodda va qiziqarli usulda o‘rgatuvchi ushbu kitob hikoyalar, rasmlar va savollar bilan boyitilgan.

Kitob haqida ustozlarning fikrlari:
Mubashshir Ahmad domla;
Rustamjon domla;
Muqim Mahmud domla;
Fayzuddin Mumin;
Bahodir Iskandarov;
Valijon Turakulov;
Abdulaziz Muhammad;
Ibrohim Muhammad.

“Go‘zal xulqlar” kitobini @qamar_delivery orqali hoziroq xarid qilishingiz mumkin.

Farzandlaringiz tarbiyasiga befarq bo'lmang!
Chin muhabbat kamchiliklarga ko'z yumishdir

Ba’zi odatlarni juftingizdan hech qachon yo‘qota olmaysiz. Masalan, u tish pastasining qopqog‘ini yopishni unutaveradi.
Yoki siz asabiylashganda u ham o'zini bosmaydi, cho'milganda butun hammomni suv qilib chiqadi...

Mana shu kamchiliklarga qaramay uni seva olsangiz, baxtli bo'lishingiz mumkin. Agar har bir kamchilikni tuzatish uchun gapiraversangiz, uni o'zingizdan bezdirib qo'yasiz. Baxt katta kamchiliklarni tuzatib, kichiklariga ko'z yumishda!

#Baxt

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oila qurishdan oldin yaxshilab surishtirib ko'ring, suhbatlashing desak, "Yashab ko'rmaguncha bilmaysiz", – deyishadi ba'zilar. To'g'ri, shunday. Lekin biz imkon qadar bilib, keyin oila qurishga targ'ib qilyapmiz. Baribir bilmas ekanmiz deya duch kelgani bilan oila qurib ketavermaysiz-ku! Tavakkal qilish uchun ham sabablarni qilish kerak!

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kimga nimani gapirish mumkin?

Mening sevimli iboram: «Azizlarim, faqat ayrim odamlar bilangina o‘ylaganlaringizni bemalol gaplashish mumkin. Qolgani bilan esa nimani gapirayotganingiz haqida avval o‘ylab ko‘rishingiz kerak».
Bu – oltin so‘zlar, boshqa iloji yo‘q.
Unutmang, barchaga yuragingizni ochish shart emas.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbatni asrab qolish uchun quyidagi xatolardan saqlaning:

– Juftingiz baribir ketib qolmaydi deb o‘ylash.
– Uning shaxsiy chegaralarini mensimaslik.
– Doimiy shikoyat va janjallar.
– Norozi his-tuyg‘ularni ichga yutib yurish.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayrim erkaklar jufti haloli onasi kabi bo'lishini istashadi...

Buning nimasi yomon deb o'ylarsiz? Ha, onasidagi fazilatlar ayoli kabi bo'lishini istasa, mayli, ammo onasi kabi mehribon, qadrlovchi, hamma qaysarliklarini ko'taradigan bo'lishini kutish to'g'ri emas.

Masalan, orada kelishmovchilik bo'lib qolsa, ayolidan xabar kutadigan erkaklar odatda onasining erka o'g'li bo'lib o'sgan bo'ladi. Chunki ona shunday vaqtda birinchi munosabatga kirishadi-da. Er-xotin orasidagi munosabatlarda esa bunday kutib o'tirish to'g'ri emas.

Shuningdek, ayol ham eriga onalik qilmasin — onasi kabi tanqid qilmasin. Har kim o'z vazifasini to'liq bajarishga harakat qilishi kerak. Rafiqa rafiqaligini qilsin, er erligini.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Biz begonalar bilan gaplashganda o‘zimizni xushmuomala, ilmli, odobli ko‘rsatishni eplaymiz. Lekin juftimiz bilan birga ekanimizda asl yuzimiz ochiladi, chunki uning yonida ko‘rinmas maskamizni kiyib yura olmaymiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, "Sizlarning yaxshilaringiz ahli ayoliga yaxshilaringiz" deya marhamat qilingan. Bunday kishilar boshqalarga ham eng go‘zal ko‘rinishda muomala qila oladi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar ayol sizni asabiylashtirmasa, qoningizni qaynatmasa, sochingizni oqartirmasa, demak, u sizning ayolingiz emas.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Oilada er rahbarligining bitta koʻrinishi – ayolning aytayotgan hamma gapi ham eʼtiborga molik emasligini bilmoqdir.

Abdurahmon Zokir Hoshimiy

Yaʼni ayolning hissiyot bilan aytgan har gapini "Menga shunday dedi-ya", deb ogʻriqli qabul qilavermaslik kerak. Mana shu erkaklikdan hisoblanadi.

Mubashshir Ahmad

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/06/29 21:24:02
Back to Top
HTML Embed Code: