Telegram Web Link
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamma savol ham bilish uchun berilavermaydi, ba'zan ovozingizni eshitish uchun ham savol beraman...

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandingizni urishdan oldin o'ylab ko'ring

Sizdan o‘zini himoya qilolmaydigan o‘sha mitti murg‘ak, urug‘i qadalgan katta daraxt misolidir. Kun kelib urug‘ yoyiladi va undan o‘qituvchilar, advokatlar, shifokorlar chiqadi. Qaydan bilasiz, sizga ko‘zlarini pirpiratib qarayotgan bu mittivoy, balki bo‘lajak prezidentdir. Magazinda o‘zini yerga tashlab, dod solayotgan to‘polonchi ertaga bedavo kasalliklarga davo topar.
Shuning uchun hozir uning injiqliklari, tunda uyqu bermasligi va asabingizni yeb bitirishiga ozgina sabr qiling. Ularga to‘g‘ri tarbiya berishga mahkam bel bog‘lang. Axir, ertaga siz “Cambridge” bitiruvchisi Falonchi o‘g‘li Falonchining onasi bo‘lib old qatorlarda ho­zir sizga tinchlik bermayotgan yig‘loqi bolakayning diplom olishini ko‘rish uchun Angliyaga borishingiz kerak.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Baxtingiz qanchalar maxfiy bo'lsa, shuncha uzoq umr ko'rishi mumkin. Chunki hasad yo'lida duch kelgan narsani yo'qotishga qodir bo'ladi!

#Baxt

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin, azizlar!

Alloh taolo o'ylagan barcha ezgu niyatlaringizga yetkazsin!

Eng yaxshi sovg'a shirin so'zdir! Bugun yaqinlaringizdan shirin so'zingizni ayamang, ularni yo'qlab, bayramona kayfiyat ulashing.

@Hubbuna jamoasi sizga hamisha oilaviy tinchlik-totuvlik, farovon hayot tilaydi!
"Sevdirib tarbiyalang" — bolalarga mehr berib, urish-janjallarsiz, baqir-chaqirlarsiz tarbiyalash haqidagi kitob.

Muharrir Nodirabegim Ibrohimova, sahifalovchi Izzatulloh Adham, musahhih Muhammad Akbar Azim, dizayner Jaloliddin Qoraboyev va boshqa xizmat qilganlarga rahmat.

Bu kitob "Tarbiyachi" nashriyotimizning ilk kitobi va Turkiyada bosilgan ilk kitobim bo‘ldi. Kitob sifati a’lo darajada, alhamdulillah. Qamar kitoblar do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Oila qurgandan keyin qilinadigan eng katta xatolardan biri shundaki, yo'qotib qo'yishdan cho'chimaymiz. Aniqrog'i, yo'qotib qo'ymaydigandek yashaymiz.

"Shu mening xotinim", "Shu mening erim", "Qayerga ham borar edi" kabi o'ylar bilan o'zaro munosabatlarimizga beparvo bo'lamiz. O'zimizdagi kamchiliklarni ketkazmaymiz.

Balki, siz uni jisman yo'qotmasligingiz mumkin, ammo faqat jismiga ega bo'la olasiz, xolos. Qalbini yo'qotasiz!..

#Eslatma

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzand tarbiyasidagi birga ikki qoidasi

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dangasalik qilish kerak emas, uyqungiz keldimi — uxlang!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oiladagi moliyaviy munosabatlar

Ba’zan oilada moliyaviy masalalar odamning ko‘nglini buzadi, orani sovitadi. Aslida, pul bor-yo‘qligi ko‘ngillarga ta’sir qilmasligi kerak. Hammasi ochiq-oshkora gaplashishdan boshlanadi: ortiqcha so‘zsiz, bir-birini ayblamasdan, imkoniyatlarini birga chamalashsa, dilxiralik bo'lmaydi.

Katta xarajatlar oldidan ham har ikki tomon o‘ylab, kelishib qaror qabul qilishi muhim. Er hamma narsani qilib berishga majbur degan tushunchada bo'lmay, uni tushunishga harakat qilish kerak. Er esa ayolini faqat pul sarflovchi sifatida ko'rmay, uning oilaga qo‘shayotgan hissasi, qilayotgan harakatlari, bolalar bilan o‘tkazgan vaqti, mehribonligi ham moddiy boylikdan kam emasligini e'tiborga olishi kerak.

Ba'zilar oila farovonligi pulga bog‘liq deb o‘ylashadi. Aslida esa pul faqat vosita, xolos. Munosabatda mehr, e’tibor va ochiqlik muhim. Pul munosabatlaringizni buzishiga yo'l qo'ymang!

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbatni unutmang, ey do'stim!

Ayolingiz bilan tongda birga uyg‘onib, nonushta paytida unga shirin qarab qo‘yganingiz — muhabbat.

Ishdan charchab qaytganingizda, u eshikni ochib jilmayganini ko‘rib yuragingiz yumshasa — bu muhabbat.

Unga “Ochilib ketibsiz” deb aytganingizda u “siz ham” deb javob qilsa va yuzlaringiz kulsa — bu muhabbat.

Farzandlaringiz orangizda janjal ko‘rmasdan ulg‘ayishsa, onasi bilan mehrli suhbatlaringizni eshitsa — bu ham muhabbat.

Muhabbat — katta sovg‘alar emas, yo‘l-yo‘lakay “sevgilim” deb aytish ham emas. Muhabbat — atrofdagilarga bilinmaydigan, ammo juftingiz qalbini to‘ldiradigan halovatdir.

Ayol kishi sevgingizni gapdan emas, harakatingizdan sezadi. Qulog‘i emas, qalbi eshitadi.

U bilan kam gaplashsangiz ham, har bir so‘zingizda izzat bo‘lsa, kam berolsangiz ham, chin qalbdan bersangiz — siz muhabbatni saqlayapsiz.

Eslab qoling, muhabbat tug‘iladi, ammo har bir oilada ham yashab ketmaydi. Uni omon saqlash uchun muhabbat qasrini birga qurmog'ingiz darkor. Har bir g‘ishtini birga qo‘yasiz. Bugun yana bitta g‘isht qo‘yaylik, ey do'stim!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar siz hayotingizdagi bor narsalarga nazar tashlasangiz, yanada ko‘proq narsaga ega bo‘lasiz. Agar faqat yo‘q narsalarga qarasangiz, doimo nimadandir mahrumdek tuyulasiz.

Shukronalik — mo‘l-ko‘llikning asosi.

Oprah Uinfri

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Gadjetlardan xalos boʻlamiz

Texnologiyalar asrida yashayapmiz va bolalar kichik yoshdan gadjetlarga o‘rganib qolishyapti, ammo ekran vaqtining nazorat qilinmasligi ularning sog‘ligi va rivoj­lanishiga salbiy ta’sir qilish ehtimoli yuqori. Quyida bolangiz real hayotdan bahra olishi va gadjetlardan uzoq­lashishi uchun bir nechta maslahatlarimiz:

Qonun-qoidalar joriy qilish: gadjetlardan foydalanishda qattiq qoida o‘rnating. Bolaning ekran vaqtini chegaralab qo‘ying va o‘zingiz shunga amal qiling.

Muqobil mashg‘ulotlar: sport bilan shug‘ullanish, san’at, kitoblar o‘qish yoki toza havoda sayr qilishni taklif qiling.

Ota-onalar ishtiroki: bolangiz bilan birga vaqt o‘tkazing. Masalan, stol o‘yinlarini o‘ynang, birga sayr qilib yoki sevimli mashg‘ulotlarni birga bajarib vaqt o‘tka­zing. Unga namuna bo‘ling!

Ta’limiy ilovalar: agar bolangiz baribir gadjetlarni ishlatishda davom etsa, unga mos bo‘lgan ta’limiy ilovalarga qiziqtiring. Bu uning rivojlanishiga yordam beradi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bola bilan pul haqida qachondan gaplashsa bo'ladi?

Bolalardan oila iqtisodini yashirish kerakmi?

Farzandingiz qimmatbaho narsalar olib berishingizni talab qilsa, nima qilish kerak?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol sevsa, mehr bilan sevadi. Uning muhabbati orom beradigan panoh, quloq soladigan yurak, e’tiborli nigohga aylanadi. U sevgan odamining yelkasini tayanch, so‘zini quvonch, ko‘zini ishonch deb biladi.

Erkak sevsa, fidokorlik bilan sevadi. Uning muhabbati himoya, mas’uliyat va suyanch bo‘ladi. U sevgan ayolini asraydi, uning uchun ishonchli qo'rg'on bo‘ladi, uni faqat tilida emas, yuragida olib yuradi.

Muhabbat bu kimgadir chiroyli gaplar aytish emas. Muhabbat bir-biringizni tushunish, og‘ir kunlarda yonma-yon turish, baxtli kunlardagina emas, birga bo‘lishning o‘zini qadrlashdir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.

Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.

Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.

Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.

Karta raqam: 9860160605493933
Eriga uydagilarini yomonlamaydigan ayol — eng oqila ayoldir

Eringiz jahli chiqib, aqli ketganda ukasining kamchiliklarini aytishi, onasi bilan gap talashib qolishi, ularga qo'rslik qilishi mumkin. Lekin sizga mumkin emas. Shu narsani birinchi o'rinda va umrbod eslab qoling: Siz uning qarindoshlarini, uydagilari haqida hech qachon yomon gapirmang.

Jigar jigardan yaratilgan. Ular bir kun kelib yarashib ketadi, lekin sizning aytgan gaplaringiz, ularni yomonlaganingiz (rost bo'lsa ham) uning yuragida qolib ketadi. Unga aka qanday bo'lishi, o'g'il onasiga nimalar qilishini o'rgatmang.

Ular oldidagi vazifangizni bajaring va eringizga ularning kamchiliklari-yu sizga qilgan nohaqliklarini aytmang. Yaqinlarning orasiga sovuqchilik soladigan inson bo'b qolishdan qo'rqing.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota hurmati

Farzandlar otasini qanchalar hurmat qi­lishi, ardoqlashi ko'p jihatdan onaga bog'liq. Ona otani e’zozlasa, bola ham e’zozlaydi. Ular ko'p ishda onasiga ergashadi.
Ba’zi oilalarda ota yomon bo'lsa ham ona bolalariga uni yomonlamaydi, hurmat qilishga, mehr berishga chaqiradi.
Shunday ekan, ota o'zi yaxshi bo'la turib farzandlar hurmat qilmasa, bunda onaning xatosi bor. Onalar, farzandingizga otasini qanday ko'rsatayotganingizga e’tibor qiling. Jumladan, bolalar yonida unga hurmatsizlik qilmang (boshqa vaqt ham!), urishmanglar. O'zaro bahslarni alohida qilinglar. Bolalarga otasini ideal ko'rsatishga harakat qiling. Ayni shu gaplar otaga ham tegishli.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Ayol uchun janjal shunchaki tortishuv emas

Erkak o‘ylaydi: bu oddiy janjal, hozir bir yig'lab, tinchlanadi, keyin yana hammasi joyiga tushadi.
Lekin ayol uchun bu boshqacha: har bir tortishuv “Men xavfsiz emasman” degan signal.

🔸 Ayol uchun tortishuvda kim haq ekanidan ko‘ra, unga qanday munosabatda bo‘lishyapti — shu muhim.
U bu paytda dalil va gaplarni eshitmaydi. Faqat his qiladi: yonida suyanchiq bormi yoki uni yana ranjitishyaptimi? Agar ranjitsalar, ketgisi keladi.

🔸 Ayol erkakning asl tabiatini aynan tortishuv paytida ko‘radi.
U shuni kuzatadi: erkak uni qadrlaydimi, unga yopiladimi, manipulyatsiya qiladimi? Va o‘ziga savol beradi: “Men shunday odam bilan hayot kechirishim kerakmi?”

🔸 Ayol yechim izlamaydi, aloqani izlaydi.
Erkak muammoni tezroq hal qilishni istaydi. Ayol esa — uning og‘rig‘ini tushunishini his qilishni kutadi. Aks holda o‘zini yolg‘iz, tushunilmagan va keraksiz his qiladi.

🔸 Ayol charchaydi.
Erkak urishadi yoki tashqariga chiqadi. Ayol esa har safar yolg‘iz qoladi. Oxir-oqibat bu kurashdan charchab, munosabat uchun kurashishni ham to‘xtatadi.

🔸 Har bir janjal — ayol uchun kelajak haqida xulosa.
U o‘ylaydi: hozir shunaqa bo‘lsa, keyin nima bo‘ladi? Shunda unga ketish — qolishdan xavfsizroqdek ko‘rinadi.

Janjallar o‘z-o‘zidan munosabatni buzmaydi. Uni e'tibor, hurmat va bir-birini tushunish yo‘qligi buzadi.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/07/01 19:27:29
Back to Top
HTML Embed Code: