Telegram Web Link
MEHR BERING, LEKIN TALTAYTIRMANG

Bolaga mehr berishda chegaralar, me'yorni bilish lozim. Mehr berish bilan birga bolaning haddi o‘rgatilmasa, bola o‘zini dunyoning markazi deb o‘ylab qolishi mumkin. Va bu keyinchalik u sabrsiz, o‘z bilganidan qolmaydigan, tanqidni ko‘tara olmaydigan inson bo'lib yetishishiga sabab bo'ladi.

Mehr berishda me'yor bo'lishi kerak degani aslida nisbiy tushuncha. Aslida, mehrning cheki, mehrga taqiq yo'q, lekin mehr beryapman deb yomon ishlariga beparvo bo'lish, yaxshilarga chaqirmaslik xato. Masalan, ertalab bolam uxlab oldin deb uni ibodatga uyg'otmaslik mehr berish emas. Mana shu ma'noda mehrning me'yori bo'lishi kerak deyildi.

Qanday qilib mehrli bo‘lib, bola taltaymasligini ta’minlash mumkin?

1. Chegara qo‘ying, lekin tushuntirib qo‘ying. Masalan, “Bu narsani hozir ololmaymiz, chunki…”, “Ota-onaga baqirish mumkin emas, bu beodoblik” deb ochiq, ravon, xotirjam ohangda tushuntiring. Bola buni tushunadi.

2. “Yo‘q” deyishni o‘rganing. Mehrli bo‘lish har doim “xo‘p” deyish emas. Ba’zan “yo‘q” deyish haqiqiy g‘amxo‘rlikdir. Chunki bola qachondir hayotda rad etishga duch keladi. Buni uyda o‘rganmasa, tashqarida og‘ir zarba bo‘ladi.

3. Muammo bo‘lsa, darhol to‘xtating. “U kichkina”, “O‘tib ketadi” deb o'zingizga yolg‘on tasalli bermang. Masalan, biron narsani o‘g‘irlab olsa, “bola hali bilmaydi” deb yengil qarash emas, balki darhol tushuntirish kerak: “Bu – birovniki, bu ish noto‘g‘ri”.

4. Tanbeh mehr bilan bo‘lsin. Bola xato qilsa, urib, baqirib emas, balki bir ko'z qarash bilan, sokinlik bilan, jiddiy suhbat bilan unga xatosini anglating.

5. Uni markaz emas, jamoaning bir a’zosi deb o‘rgating. Har doim birinchi bo‘lishi shart emasligini, boshqalarni kutishni, baham ko‘rishni o‘rgating. Bu – katta hayotga tayyorgarlik.

Unutmang, mehr bu – ilitish. Taltaytirish esa kuydiradi. Harorat kerak, lekin olov emas. Bola mehr bilan ko‘tariladi, lekin chegarasiz mehr bilan shishadi. Shishgan koptok esa bir kun kelib yoriladi.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
62👍12🥰5❤‍🔥4💔4🔥3
"Sevsa, borimcha qabul qilsin" deyish xudbinlikdir. To'g'ri, sevgan kishi mahbubning xatolari bilan sevishi kerak, lekin bu sizga kamchiliklaringizni tuzatish uchun harakat qilmasligingizga eshik ochmaydi!

#Eslatma #Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍85💯6835🔥12❤‍🔥6💔2👏1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asalday totli hayotingiz boʻlsin!

💗 Oilalarning baxtlilik darajasini unda muammolar yuzaga kelishi yoki kelmasligi bilan emas, bu muammolarni qanday hal qilinayotgani bilan oʻlchash toʻgʻriroq boʻladi.

"Asal oyi emas, asal hayot" kitobida oilada kuzatiladigan muammoli vaziyatlarga chiroyli yechimlar berish borasida munosib fikrlar berilgan.

🌷 Kitobdagi fikrlarga amal qilish orqali sizning oilangizda ham asal hayot hukm surishiga tilakdoshmiz 😊

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifasi — 130 bet;
• Narxi — 22.000 soʻm.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍8
Ko'pgina ayollar turmush o'rtog'ining "O'ylab ko'ramiz" degan gapidan bezib qoladi. Bu na rozilik, na rad qilish. Aniqrog'i, rad qilishga yumshoq tayyorlashdir. Shundaymi? ❤️

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯182😁126💔2315🤔5🌚3🔥2😱1
Baxtli oila qurishning ikki sharti bordir:
1. Yaxshi turmush oʻrtogʻini tanlay bilmoq.
2. Yaxshi turmush oʻrtogʻi boʻlmoq.

Jaloliddin Rumiy

#Baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
117👍22💯21🔥8
Erkak biroz qiynalganida, ishlari yurishmay qolganida ko‘pincha ayol tanqid qiladi, ayblaydi ba'zilar ajrashib ham ketadi. Aslida esa eng kerakli narsa bu vaqtda turmush o'rtog'ingizni qo‘llab-quvvatlashingizdir. Uning yonida turing. Holsiz bo‘lsa, suyanchiq bo‘ling. Bir kuni u albatta bu og‘ir holatdan chiqadi. Siz esa shunda unga ikki baravar qadrli bo‘lasiz.

#Ayollar #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯13454🔥16👍10💔7❤‍🔥2🥰2👏1
Erkak kishini o'zgartira olmaysiz. Erkak sevsa, o'zi o'zgaradi.

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
109💯34🔥31💔7😁3👍2
▫️Birinchi qoida: kutuvni katta qilmang

Psixologiyada bir qoida bor: qancha ko‘p kutilsa, shuncha ko‘p ko‘ngil qolishi mumkin. Ko‘p kutilsa, kam olinadi, kam kutilsa, ko‘proq olinadi.

#psixologiya #tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
93👍31💯14🔥10💔10🤔7😁3🥰2😱2
Bolangizga hech qachon “yigʻlama” demang

Bolaga o‘z his-tuyg‘ularini yashab o‘tishga ijozat be­rish kerak, ularni ichiga yutishga majburlash yaxshi emas.

Unga o‘z hissiyotlarini anglashga yordam bering. U bilan ochiq va rost suhbat quring. Hatto uning yig‘isi sizning g‘ashingizni keltirsa ham, unutmang, bola hozir salbiy emotsiyalarni boshidan kechirmoqda va uni tinchlantirish zarur.

Bunday deyish kerak: ”Bilaman, hozir sen opang ketib qolganidan mahzun bo‘lyapsan. Yig‘lashing mum­kin – bu tabiiy hol. Ba’zan hammamiz tuyg‘ulari­mizni ichimizdan chiqarib turishimiz kerak. Kelaqol, seni quchoqlay!”

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
👍2924🔥9💯8😁2
Agar mendan “Erkakda eng ko‘p qadrlaydigan sifating nima?” deb so‘rashsa, men “ishonchlilik” deb javob bergan bo‘lardim. Ishonchli erkak og‘ir paytda tark etmaydi, xiyonat qilmaydi, sotmaydi, g‘oyib bo‘lib ketmaydi. “Ishonchlilik” — bor-yo‘g‘i bitta so‘z, lekin ma’nosi juda katta.

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯11352👏14💔10👍7🔥5🌚2
🔔 Bir bolaning tarbiyasiga e'tiborli bo'lish butun bir avlodni tarbiya qilishdek gap. Ortingizdan qoldirgan solih farzandingiz vafotingizdan keyin ham sizga yaxshilik yetishiga sabab bo'ladi.

🔥 Farzand tarbiyasiga doir ma'lumotlarni har kuni o'qish uchun a'zo bo'lib qo'ying.

➡️ Kanalga kirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48🔥17👍9
Haqiqiy muhabbat nikoh bilan tugamaydi, balki boshlanadi.

#Muhabbat #Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯10354🔥11🥰8👍3💔2
Lavlagi foydalari

Lavlagi hazm qilish tizimini me’yorga keltiradi, jigarni himoya qiladi va qon bosimini pasaytiradi.

Ushbu sabzavot juda kam kaloriyali — 100 grammida atigi 44 kkal bor.

Shuningdek, lavlagi miyani faol ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi, tarkibida C va B6 vitaminlari, temir, fosfor, kaliy va magniy mavjud.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
44👍16🔥3😱2🥰1
Yolg'iz ona yolg'iz emas, chunki u ona!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯8044🔥5💔3
Bir xotin o‘likxonaga qo‘ng‘iroq qilib so‘radi:
– Mabodo erimni sizlarga olib borishmadimi?
– Eringizning alohida belgilari bormi?
– Ha, duduqlanib gapiradi.

Mavlon Marasulov

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁21811🌚5😱1
Saxovatpesha azizlarimizga yana bir iltimos bilan murojaat qilyapmiz:

Ehsonga haqdor, biz bilgan, ishonchli, haqdor oilada ilm yo'lidagi bir bemor bor ekan. Imkoniyatlari bo'lmaganidan kasalliklari rivojlanib ketgan. Hozirda jigar, buyrak, oshqozonosti bezi, qalqonsimon bezda jiddiy kasalliklari bor ekan. Vaqtida davolanmaslik oqibati o'limga olib kelishi mumkinligi uchun bizga murojaat qilishdi, dori-darmon, muolajalari uchun moddiy yordam kerak. Men shaxsan o'rganib, tekshirdim.

Ehtiyojlari kattaroq ekan, imkonimiz boricha o'tkazaylik, iltimos. Befarq bo'lmang.

Ehsoningiz uchun:
9860 6067 3807 5005

Karta mening nomimda. O'tkazib berib, bot orqali hisobot beraman, inshaalloh.

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin

G'iyosiddin Yusuf
18👍6🤔3
​​— Onasi, kechir, boya jahl ustida senga qattiq gapirib yubordim.
— Xo‘p, kechirdim, faqat bu ovqatni yemay turing, hozir boshqasini suzib kelaman.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁1898😱5💯5💔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayoli bemor bo'lib qolgan er nima qilishi kerak?

Kitobni xarid qilish

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
34👍10💔5🥰4🔥3🤔1
Shayx Muhammad Sodiq rahimahullohning ayollari hatto hazratga tirnoqlarini olishni eslatar ekanlar — shayx hazratlari shu narsaga ham e'tibor qilib diqqatlari bo'linmasligi uchun ayollari buni zimmasiga olgan.

#Ibrat #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
192👏51❤‍🔥27👍13🔥9🥰3😱2🎉2💔2🌚1💯1
Kechirish unutishdan ko'ra ko'proq kuch talab qiladi. Chunki kechira olmasangiz, unuta olmaysiz!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯7833🔥15💔9
2025/10/26 08:24:50
Back to Top
HTML Embed Code: