Telegram Web Link
Qalbingizdagi savollarga qalbimiz bilan javob beramiz…

Baʼzan yurak jim. Soʻzlamaydi. Ammo savollar koʻp:
“Nega u meni tushunmayapti?”,
“Biz bir-birimizni yoʻqotyapmizmi?”,
“Men unga endi kerak emasmanmi?”,
“Nega muhabbat susaydi?”

Bu savollar oila buzilishining boshlanishi emas balki, yurak yordam soʻrayotganini anglatadi.

Agar siz ham shu kabi savollar bilan yostigʻingizni koʻz yoshlaringiz bilan hoʻllayotgan boʻlsangiz, marhamat, biz sizni kutyapmiz. Bu yerda sizni tergamaymiz. Ayblamaymiz. Bu yerda faqat tinglaymiz. His qilamiz. Tushunamiz.

Oilani saqlab qolish faqat kurashish bilangina emas, balki yurakdagi dardlarni eshitish orqali ham boʻladi. Biz ham sizga aql bilangina emas, qalb bilan yoʻl koʻrsatamiz. Sizni eshitamiz. Sizga samimiyat bilan javob beramiz.

Aytilmagan dardlar uchun biz bormiz!
Hurmat bilan @Nadiya_Ramazon
26💯6🔥4👏4❤‍🔥2🎉1
Sen-la dengizga borgim keladi: ko'zlaringni unga ko'rsatmoq uchun!

#Romantika

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
65🥰24🌚9❤‍🔥7🔥5👍3🎉1
Uy shirinliklarining eng yaxshisi sadoqatli yor va sog'lom farzanddir.

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
164🥰42❤‍🔥15🔥11👍3
710-savol: Onam tanlovimga qarshi chiqdi, nima qilay?

Assalomu alaykum.
Menda bir savol bor edi. Men bir insonga ko‘ngil qo‘ydim va biz shariat asosida birga bo‘lishga qaror qildik. Buni onam bilganlarida qattiq qarshi bo‘ldilar. Sababi biz shaharda yashaymiz, tanlagan insonim esa unday emas. U kishi boshqa joylik.

Otam bilan gaplashdim. Onamning fikrlarini aytdim, sabr bilan tingladilar va: “Tanlov o‘zingda, onang bilan yana maslahatlashaman, nima sababdan qarshi chiqayotganini so‘rab ko‘raman”, dedilar. Buni onam bilib: “Otangga bunday gaplarni aytishga uyalmadingmi?! Men senga o‘zim aytgan odaminga turmushga chiqasan, deganman-ku!” deb jahllarini chiqardilar.

Tanlagan insonim: “Otangiz bilan o‘zim gaplashsam bo‘ladimi?” deb so‘radi, lekin hozircha to‘xtatib turibman.

U ibodatli, ilmli, saviyali yigit.
Endi bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak? Onamning ko‘nglini qanday olish mumkin? Yoki vaqt o‘tishi bilan bu qarshilik yengillashadimi?
Maslahat bering, iltimos.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Kuyov tomon harakat qilishi kerak: otangiz bilan gaplashsa ham, qayta-qayta sovchi qo'ysa ham bo'ladi.

Onangizga tushuntirish kerak. Hududlar boshqa ekani nimaga norozi qilayotganini aniq bilib, shunga yechim berish kerak.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
1👍3617🔥8
Yigit bo'lajak kelinga oila mavzusidagi kitob hadya qilibdi va qiz uni o'qib, unga turmushga chiqmaslikka qaror qilibdi.

Erkin tarjima

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁496🤔2618👍13😱4💔2💯1
Ayol sovg‘alardan emas, uni eshitishdan gullaydi.
Uning his-tuyg‘ulari muhim ekanidan gullaydi.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
128💯42❤‍🔥14🔥7🌚4😁2👏1
"Meni Parijga olib boring" deydigani bilan emas, "Madinaga olib boring" deydigani bilan oila quring!

#Oila_qurish

✍️
@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
151🔥43❤‍🔥21👍11😁4💔3🥰2
U bilan o'zini xavfsiz, himoyalangan his qiladigan kishiga turmushga chiqish ayol kishining to‘g‘ri qaroridir.

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤‍🔥9241💯30🥰10💔6👍5🔥5🎉1🌚1
Juftingizga shirin xotira bo'lib qoladigan onlar taqdim qilib turing. Eslaganda yuzga tabassum yuguradigan, muhabbatingiz uchqunini yana olovlantiradigan voqealar bo'lmog'i ham bir baxt!

#Baxt

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
128👍24🔥11💔9🥰8❤‍🔥5👏2🎉1
— Dadasi, bugun tushimda bir chiroyli ayol bilan sizni rashk qilib, talashib rosa urushibman
— Xo'sh?
— Oʻsha ayol kim edi?? (savolni qara, Karl 😮) Yo hozir oʻsha ayolni kimligini aytasiz, yoki men onamnikiga ketaman!!!
— ...

Doniyorbek

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁26014🌚4
SEVGI — MAFTUNKORLIK EMAS…

Erkak go‘zallikdan hayratlanishi mumkin. Ko‘zi tushgan ayolning nozik qomatidan, ideal ko‘rinishidan, beg‘ubor jilvasidan zavqlanishi mumkin. Lekin bu hali uni sevadi degani emas.

Xuddi shunday, ayollar ham kelishgan, gavdali, chiroyli erkakka qiziqadi. Lekin umr yo‘ldoshi sifatida faqat shu sifatlarga ega kishini tanlayvermaydi.

Ayol kimni sevadi?

Ruhini o‘ziga tortgan erkakni. Biz sevgan erkakning necha yoshdaligi, peshanasidagi ajinlari, qorni bor-yo‘qligi ahamiyatli bo‘lmay qoladi. U aynan u bo‘lgani uchun sevamiz.

Bu kamchiliklarga ko‘z yummaymiz — biz ularni ko‘rmaymiz. Ko‘zimizda u mukammal bo‘lib ko‘rinadi. Uning har bir kamchiligi bizga o‘ziga xos, hatto yoqimli tuyuladi. Bu — muhabbat ko‘zi. "Sevgining ko'zi ko'r bo'ladi" deganlari shu bo'lsa kerak. 😊

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯8460😁14🔥8❤‍🔥4🥰4🤔4💔3
Ba’zi gullar kechroq ochadi.
Ba’zisi sekinroq.
Lekin bu ular yomon degani emas.

Xuddi shunga o'xshab, sen ham 25 yoshinggacha turmushga chiqishing yoki 30 ga yetmasdan “muvaffaqiyatli” bo‘lishing shart emas!

Sen faqat bitta narsaga majbursan: Sen bo‘lishga.
Haqiqiy bo‘lishga. Munosib hayot kechirishga.

Boshqalarning taqvimiga qarab emas, qalbing ovoziga quloq solib yasha!

#tarjima

✍️
@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥10648👍16❤‍🔥9💯8👏2💔1
Mukofot va jazo

Boladan yaxshi xulq va maqtovga sazovor ish sodir boʻlsa, uni taqdirlash va xursand boʻladigan narsa ila mukofotlash hamda odamlar huzurida maqtash lozim.
Ba’zi holatdarda mazkur ishlarga xilof narsani sodir qilsa, oʻzini bilmaganga solib, uning aybini oshkor qilmaslik kerak. Agar oʻsha noma’qul narsani yana qaytadan qilsa, hech kimga bildirmay jazolash va odamlar bilib qolsa, uyat qilishlarini uqtirgan yaxshi. Ammo jazo koʻpaytirib yuborilmasin. Chunki bu narsa bolaning betini qotirib qoʻyadi. Keyin uyalmay har narsani qilishga odatlanib qoladi. Ota bolasi huzurida oʻz haybatini saqlab turishi kerak. Ona bolasini otasi ila ogohlantirib tursin.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
46👍11🔥5
🧕 – Yomon tush ko'rdim: tushimda bir ayol yoningizda yuribdi.
🧔‍♂️ – Yomon tush qani?! 😊

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁136💔1210🔥7😱4👍2🤔2
Ba’zan hammadan beg'am ko‘ringan ayol ichida eng og‘ir yukni ko‘targan bo‘ladi.
Tashqaridan qarasangiz, kulib turadi, go‘yoki hammasi joyida.
Ammo yuragida bitta savol yotadi:
“Qachon meni ham biror kimdir tushunadi?”

O‘sha savol bilan uxlaydi.
O‘sha savol bilan uyg‘onadi.
Va baribir… har tong choyini damlab, bolalariga non uzatadi.
Eri uyqudan turguncha uyni pishiriqning hidiga to‘ldirib qo‘yadi.
Kiyimlarni dazmollab, qo‘liga kitob oladi.

Ammo hech kim ko‘rmaydi…
Uning o‘ziga ham mehr kerakligini.
Uning ham kimningdir yelkasiga bosh qo‘yib, “men charchadim” degisi kelayotganini.

Shunda… yuragiga og'ir bir tosh botadi:
“Men shuncha harakat qilsam ham, nega hech kim menga e'tibor qilmaydi?!”
“Men sunchalik mehrga loyiq emasmanmi?”

Singlim… sen yolg‘iz emassan.
Sening ko‘z yoshlaringni faqat yostiq emas, Yaratgan ham ko‘rib turibdi.
Va esingda bo‘lsin… noumid bo‘lma.
Sening sabring bir kun meva beradi.
Qilgan yaxshiliklaring, bergan mehring zoye ketmaydi.

Nimaiki bo'lsa, yaxshilikka, unutma... Shu bilan birga, holatni yaxshilash, isloh uchun harakat qil...

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
89👍14🔥13💯11💔7🤔5❤‍🔥1
Bitta maslahat...

Uzumni yuvgandan keyin yaxshilab artib, keyin yeng. Uzumga sepilgan dorilar uncha-munchaga ketmaydi. Artilgan matoni boshqa ishlatmang, har safar boshqasini ishlating. Meva-chevalar, ayniqsa uzum chiroyli bo‘lib yetilishi uchun nimalar qo‘llanmayapti.

Zaharlanmagan uzum irigan, chirigan, mog‘orlagan... bo‘ladi. Tushundingiz nima demoqchiligimni.

Maslahat boshqa mevalarga ham taalluqli.

Baxtiyor Abdug'afur

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍5929💯18😁13🤔7👏2
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
16🔥5😁1
Seni boringcha qabul qiladigan kishi bilan oila qurmoq muvaffaqiyatdir!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1124❤‍🔥31🥰8👍4🔥3💔3
Xotinni sevmaslik uning haqlarini poymol qilishga izn bermaydi.

Nafs bandasiga #eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯79👍3524🔥9❤‍🔥2💋1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sizni yaxshi koʻraman"

🙂 Farzandingizga yaxshi koʻrishingizni tez-tez aytasizmi? Ular-chi, sizga boʻlgan mehrini ifoda etib turadimi?

Gʻiyosiddin Yusufning "Ota-onamni yaxshi koʻraman" kitobi – maktab yoshidagi bolajonlarimiz uchun.

🩷 Kichkintoylarni hayotga, yaqinlariga muhabbatli, atrofdagilarga eʼtiborli qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan mazkur qoʻllanmani "Qamar"dan topasiz.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 95 bet;
• Narxi – 21.000 soʻm.

⚪️ Do‘konimiz ta’mirlanayotgani sababli, barcha kitoblarni onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin!

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

Xarid qilish uchun:
@qamar_delivery
+998712037004
+998998454400
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍137🥰5
2025/10/22 18:14:58
Back to Top
HTML Embed Code: