Telegram Web Link
🧕 – Yomon tush ko'rdim: tushimda bir ayol yoningizda yuribdi.
🧔‍♂️ – Yomon tush qani?! 😊

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁136💔1210🔥7😱4👍2🤔2
Ba’zan hammadan beg'am ko‘ringan ayol ichida eng og‘ir yukni ko‘targan bo‘ladi.
Tashqaridan qarasangiz, kulib turadi, go‘yoki hammasi joyida.
Ammo yuragida bitta savol yotadi:
“Qachon meni ham biror kimdir tushunadi?”

O‘sha savol bilan uxlaydi.
O‘sha savol bilan uyg‘onadi.
Va baribir… har tong choyini damlab, bolalariga non uzatadi.
Eri uyqudan turguncha uyni pishiriqning hidiga to‘ldirib qo‘yadi.
Kiyimlarni dazmollab, qo‘liga kitob oladi.

Ammo hech kim ko‘rmaydi…
Uning o‘ziga ham mehr kerakligini.
Uning ham kimningdir yelkasiga bosh qo‘yib, “men charchadim” degisi kelayotganini.

Shunda… yuragiga og'ir bir tosh botadi:
“Men shuncha harakat qilsam ham, nega hech kim menga e'tibor qilmaydi?!”
“Men sunchalik mehrga loyiq emasmanmi?”

Singlim… sen yolg‘iz emassan.
Sening ko‘z yoshlaringni faqat yostiq emas, Yaratgan ham ko‘rib turibdi.
Va esingda bo‘lsin… noumid bo‘lma.
Sening sabring bir kun meva beradi.
Qilgan yaxshiliklaring, bergan mehring zoye ketmaydi.

Nimaiki bo'lsa, yaxshilikka, unutma... Shu bilan birga, holatni yaxshilash, isloh uchun harakat qil...

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
89👍14🔥13💯11💔7🤔5❤‍🔥1
Bitta maslahat...

Uzumni yuvgandan keyin yaxshilab artib, keyin yeng. Uzumga sepilgan dorilar uncha-munchaga ketmaydi. Artilgan matoni boshqa ishlatmang, har safar boshqasini ishlating. Meva-chevalar, ayniqsa uzum chiroyli bo‘lib yetilishi uchun nimalar qo‘llanmayapti.

Zaharlanmagan uzum irigan, chirigan, mog‘orlagan... bo‘ladi. Tushundingiz nima demoqchiligimni.

Maslahat boshqa mevalarga ham taalluqli.

Baxtiyor Abdug'afur

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍5929💯18😁13🤔7👏2
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
16🔥5😁1
Seni boringcha qabul qiladigan kishi bilan oila qurmoq muvaffaqiyatdir!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1124❤‍🔥31🥰8👍4🔥3💔3
Xotinni sevmaslik uning haqlarini poymol qilishga izn bermaydi.

Nafs bandasiga #eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯79👍3524🔥9❤‍🔥2💋1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sizni yaxshi koʻraman"

🙂 Farzandingizga yaxshi koʻrishingizni tez-tez aytasizmi? Ular-chi, sizga boʻlgan mehrini ifoda etib turadimi?

Gʻiyosiddin Yusufning "Ota-onamni yaxshi koʻraman" kitobi – maktab yoshidagi bolajonlarimiz uchun.

🩷 Kichkintoylarni hayotga, yaqinlariga muhabbatli, atrofdagilarga eʼtiborli qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan mazkur qoʻllanmani "Qamar"dan topasiz.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 95 bet;
• Narxi – 21.000 soʻm.

⚪️ Do‘konimiz ta’mirlanayotgani sababli, barcha kitoblarni onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin!

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

Xarid qilish uchun:
@qamar_delivery
+998712037004
+998998454400
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍137🥰5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juftimiz bugun vafot etsa, bizda oz bo‘lsa-da pushaymonlik hissi bo‘ladimi?

Vafot etgan er yoki ayolga o‘z vaqtida kerakli e’tibor qilmaganimizdan, gap qaytarib yoki urishib ranjitganimizdan, yaxshi muomala va munosabatda bo‘lmaganizdan afsuslanamizmi?

Vafot etgan turmush o‘rtog‘imizning kafanlangan jasadi oldida turib rozilik so‘ragan bo‘larmidik?

Siz uchun bitta eslatma, har bir insonni tirikligida qadriga yeting. Afsuslanishingiz mumkin bo‘lgan ishlarni qilmang!

Hammamiz vafot etamiz. Kimdir ertaroq, kimdir kechroq.

Shavkat Hasan

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
47🔥18👍13💔10💯4😁1
​​Kutubxonada:

— Ayollarni bahsda yengish usullari haqidagi kitoblar qayerda?
— Fantastik kitoblar ana u yerda.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁2045🔥3
Bolalar orasida adolat

🍃Ota-ona har qanday sharoitda ham farzandlariga adolatli boʻlishi kerak, qiz bola qiz boʻlgani uchun chetlatilmasligi, oʻgʻil bola ulugʻlanib, qiz bee’tibor qolmasligi kerak. Bir ota oʻgʻliga qanday kiyim olib berayotgan boʻlsa, qiziga ham xuddi shunisidan olib berishi kerak.

Ota-ona oʻgʻli uchun «Birgina oʻgʻlim bor» qabilidagi maqtov soʻzlarini ishlatib, u bilan haqqi teng boʻlgan qizda: «Men bu oilada ikkinchi oʻrindaman» degan hisni paydo qilmaslik kerak. Ota-ona adolat qilolmasa, farzandlar orasida fitna chiqadi. Bolalar bir-biriga qarshi boʻladilar.

Doktor Ihsan Shenojak

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
31🔥5💯5
Haqiqiy muhabbat nikoh bilan tugamaydi, balki boshlanadi.

#Muhabbat #Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
110💯39👍12🔥4💔4🥰1
💕 Shunday holatni sezganmisiz?

Stenford universitetida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, yaqin insonlaringiz suratlariga qarash jismoniy og‘riqni hatto 40% gacha kamaytirishi mumkin.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯77🥰2928👍6❤‍🔥1🤔1
Tolibi ilm boʻlgan bir bemorimiz bor. Olti oydan buyon ogʻir dard bilan kurashib keladi. U kishi uchun bir necha bora xayriya e'lon qilganmiz, ko'pchilik moddiy yordam bergan.

Bemorimiz, afsuski, hozirgi kunda kasalliklari juda avj olgan, vaqtida davolanmaslik oqibati hatto o'limga olib kelishi mumkinligi uchun biz yana sizga yuzlandik. Dori-darmon, muolajalari uchun moddiy yordam kerak. Sahovatpesha insonlarni koʻmagi bilan tekshiruvlarni katta qismidan oʻtib boʻlindi. Kasallik bilan shaxsan oʻzim tanishib, oʻrganib chiqdim.

Azizlar, imkoningiz boricha — oʻn ming soʻmdan boʻlsa ham ushbu savobli ishga bosh qoʻshishingizni iltimos qilamiz.

Tushgan pullarni bemorga yetkazilishiga men kafilman.

Karta raqam:
9860170105241146
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf
42🔥15
​​"Erkak ayolga oyga qilgan sayohatidan qaytganligini aytsa, ayol darhol u yerda kimlar bilan boʻlganini soʻraydi".

Sema Marashlining "Quloq oshiq boʻlarkan koʻzdan avval" kitobidan #iqtibos

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁21326💯10🔥4❤‍🔥3🥰2😱1💔1💋1
​​Bolaning yolgʻon gapirishiga imkoniyat yaratib bermang!

― Avvalo bolaning yolgʻon gapirishiga aksariyat katta insonlar imkoniyat yaratib beradi va baʼzida shunday qilishlik kerakligi haqida gapiradi. Bunday holatlarga hayotdan misol keltiradigan boʻlsak, ota (yoki ona) kimdandir qarz olgan boʻlsa, uni qaytarish niyati yoʻq boʻlsa yoki hozir qaytarishga puli boʻlmasa, bolasiga «Bor anavi amakingga ayt, dadam uyda yoʻq deb yubor», deydi. Bu paytda bolada yolgʻon gapirishga boʻlgan ehtiyoj seziladi yoki kuchayadi.

― Biz qachonki toʻgʻri yoʻl tutsak va buni soʻz bilan emas, amalda bolaga koʻrsatib bersak, bola siz va bizdan ibrat oladi, biz shundagina bolaga arzigulik oʻrnak boʻlamiz.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥22💯1410👍2
Maqsad faqat yashash emas, sen bilan birga yashashdir!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
103🔥17❤‍🔥14💔10🥰4👍3👏1🎉1
Seni Allohga omonat qilganning qo'llaridan mahkam tut.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
80💯23👍8💔4❤‍🔥1🔥1
Alloh bir insonga in'om qilib soliha juft berganda uning qadriga yetmagan kishi badbaxtdir!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
194💯41🔥11👍8💔7❤‍🔥3
Erkak bilan birga rivojlanish 😽

Erkak kishi ish yoki boshqa sabablar bilan ko‘cha-ko‘yda ko‘p yuradi, turli dunyoqarashdagi kishilar bilan muomala qiladi, juma ma’ruzalari va boshqa vaqtlarda ilm majlislarida ishtirok etadi. Ayol esa uyda uy ishlari va bolalar bilan bo‘lib qolib, rivojlanish haqida o‘ylamasa, jufti bilan ayro dunyoqarashda bo‘lib qoladi. Natijada gaplari qovushmaydi.

Ayni shu bandga ayollar qattiq rioya qilishini so‘rardim. Juftingizning dunyoqarashi sizdan katta tafovut qilmasin. U o‘sib-rivojlanmoqdami – siz ham rivojlaning, harakat qiling.

Uy ishlari, bolalar tarbiyasi o‘z o‘rnida, ammo o‘zingizga ham vaqt topishingiz zarur. Aks holda, u bilan gaplashadigan gapingiz ham qolmaydi, gaplashganda ham gapingiz qovushmaydi, bir-birini tushunmaslik, muammolar yuzaga keladi. Keyin esa u o‘zini tushunadigan “suhbatdosh” istab qoladi…

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43💯23🔥14👍7😁5🌚4🤔1
#Muhabbat sadoqatni talab qiladi. Hatto xayollaringda ham sodiq bo'lmas ekansan, muhabbating komil bo'lmaydi!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
94💯32💔12🔥7❤‍🔥3🥰1
2025/10/26 05:54:53
Back to Top
HTML Embed Code: