Telegram Web Link
Baxtli kunlar kelmaydi, unga boriladi.

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
63💯30👍14❤‍🔥5🔥4🤔2🌚1
🌰 Nega bodom yeb turish kerak?

— Bodom to‘yimli ozuqa. Oqsil va tolalari ko‘p, uglevodi kam. Shu sabab ortiqcha ishtaha pasayadi va vaznni nazorat qilish osonlashadi.

— Unda E vitamini juda ko‘p. Bu vitamin tanada antioksidant hosil qilib, yomon xolesterin ortib ketishidan himoya qiladi.

— Qon bosimni me’yorlashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, sog‘lom ovqatlanish va harakat bilan birga iste’mol qilinsa, foydasi kuchliroq bo‘ladi.

🔸 Mutaxassislar kuniga 10–16 dona bodom yeb turishni maslahat berishadi.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍4128🔥2
Xotiniga atab sheʼr yozar shoir:
“Sen mening chirogʻim, yulduzim, shuʼlam.
Sen yonimda boʻlsang, hayot shirindir,
Yoʻq boʻlsang, dilimga toʻlar achchiq gʻam”.

Mana, ostonada boʻladi hozir
Sheʼrda madh etilgan yulduz – pariroʻy.
“Eh, yana senmisan, – qichqirar shoir, –
Xudo haqqi, birpas ishlagani qoʻy!”

Rasul Hamzatov she’ri
Orif Tolib tarjimasi

#Tabassum #Шеър

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁22823💔8🌚3
Oila qurish arafasidagi yoshlar, bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz bilan dunyoqarashingiz, qadriyatlaringiz va maqsadlaringiz mos kelishiga e’tibor qiling.

Ba’zi yoshlarning butunlay boshqacha tutumli, qadriyatlari, maqsadlari farqli kishi bilan oila qurib yuborishini eshitib ajablanaman. Bunda oilada halovat bo‘lmaydi, hatto ajrashishgacha borish mumkin.

Qanday ham halovat bo‘lsin?! Biri bog‘dan kelsa, biri tog‘dan kelib turgan kishilar orasida hatto tuzuk suhbat ham bo‘lmaydi-ku.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍58💯3023💔9🔥4
«Oʻxshamayapti...»

🌸 Agar bolaning qaysidir ishi oʻxshamayotgan boʻlsa, otasi yoki onasi: «Kel, birgalikda qilamiz», – deyishi mumkin. Bola koʻnikma hosil qilganidan keyin ota-ona oʻz yordamini kamaytirib, bolaning mustaqilligini ta’minlashi kerak.
Agar qaysidir koʻnikmani hosil qilish bolaga qiyinchilik tugʻdirayotgan boʻlsa, uni ruhan qoʻllab-quvvatlang. Har qaysi, hatto kichkina yutugʻini ham maqtang va bolaga buni bildiring. Urishish, ayblash, tahdid qilish – "Oʻrganmaguningcha qilaveramiz!" esa, aksincha, bolaning har qanday xohishini soʻndirib qoʻyadi va kelajakda oʻrganish ishtiyoqini pasaytiradi.

Muhim nuqta: yordamingiz kerakli vaqtda boʻlsin. Agar bolangiz sizdan yordam soʻramasa, demak, u bunga muhtoj emas.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2116
Ayollar kutilmagan sovg'alar, iltifotlarni yaxshi ko'radi. Shuning uchun ba'zi-ba'zida u sevgan narsalar bilan uni xursand qilib turing.

Bu gul bo'lishi ham mumkin yoki uning uchun qadrli bo'lgan boshqa narsa. Muhimi, berayotgan narsangizning katta-kichikligida emas, muhimi, uni xursand qiladigan narsa bo'lsin.

Bu bilan uni bilishingizni, e'tiborli ekaningizni ko'rsatasiz va ayol bundan xursand bo'ladi. Meni sevadiki biladi, e'tibor qiladi deb quvonadi.

Jumladan, virtual sovg'alardan ham unumli foydalaning. Masalan, turli rasm, gif, video-audiolar ham uni xursand qilishi mumkin.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
86💯31👍9💔5🔥3🥰1💋1
Oyat va hadislarda kelgan zavjaning ba'zi sifatlari er ko'rganda surur bag'ishlaydigan, u bilan halovat topadigan bo'lishidir.

Oilada er-xotin bir-birini tushunishi inson uchun nafas olish muhim bo'lgani kabi muhimdir. Busiz baxtiyor oila bo'lmaydi, oilada halovat bo'lmaydi...

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
66👍12🔥12💯7🥰3❤‍🔥2
🧕 — Men sizday qurumsoq odam bilan yashamayman. Mana, bergan uzugingiz...
🧔‍♂ — Qutichasi qani?

​​#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁280😱20💔115🌚4👏1
🔸Ayollik qanday yo‘qoladi?

〰️«Boshim yuvilmagan bo‘lsa ham, sochimni tugib olaman, baribir hech kim ko'rmaydi»;
〰️«Keng kiyim olaman, ham qulay, ham ortiqcha besh kilo bilinmaydi»;
〰️«Massaj olmayman, ishim boshimdan oshib yotibdi»;
〰️«O‘zim ham kulerga suv qo‘yaveraman, yigirma kilo ko‘tara olaman-ku»;
〰️«Uchda yotib, oltida turaman, shunda hammasiga ulguraman».

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥101💯66😱2619💔19🤔8👍5😁2🌚1
Farzand tarbiyasi unga ona tanlashdan boshlanadi deyiladi. Ota tanlash ham xuddi shunday!

"Ularning otalari solih odam edi".

Farzandimizga qilgan eng katta yaxshiligimiz, eng yaxshi tarbiyamiz solih bo‘lishimizdir.

#tarbiya #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
90👍17❤‍🔥12💯5🔥3🤔1
Ayol:
— “Men oddiy ayolman".

Lekin yostig‘i hidlansa, atir hidi,
Sumkasi ochilsa, bolalar pechenyesi,
Telefoniga qaralsa, 48 ta retsept, 12 ta tarbiya video, katta kitob: “Qanday ayol bo‘lish kerak?"

Oddiy ayol emish…
Bu – superqahramonning kamtarona nomi, xolos. 😌🦸‍♀️

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍15879😁40❤‍🔥12👏10🔥7🥰7🤔7🎉4💯3
Mutolaani oilaviy mashgʻulotga aylantiring

Agar bolangiz hali kichik yoshda bo‘lsa, birga o‘qishlaringiz mumkin bo‘lgan kitob oling. Birga yoki navbat bilan o‘qinglar. O‘qilganlarni u bilan muhokama qiling.

Bolangizga o‘zingiz namuna bo‘ling: telefonda ijtimoiy tarmoqlarda ekaningizni emas, kitob o‘qiyotganingizni ko‘rsin.
Vaqtni shunday tashkil qilingki, hamma oila a’zolari hamma ishini tashlab, kitob o‘qish uchun bir joyda jam bo‘lishsin. Dastavval bunga o‘n daqiqa ajrating, keyin sekin-sekin ko‘paytirasiz.

Bola kitob o‘qiyotganda uni chalg‘itmang. Bu vaqtda uning oldiga o‘tirib, siz ham o‘qishingiz mumkin. Bola bu ishning muhimligini shunda tushunadi. Bundan tashqari, bola agar ota-onasi uning kitob o‘qiyotgandagi joyi va vaqtini hurmat qilishganini ko‘rsa, uning mutolaaga nisbatan muhabbati ziyoda bo‘ladi.

Dilbandingizga siz o‘qiyotgan kitoblarning hayo­tingizdagi ahamiyatini tushuntirib bering. Kitobning qiziqishlaringiz, fikrlaringiz va g‘oyalaringizga qanchalar bog‘liq ekanini anglating.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
👍1711🔥5
"Baxt pulning ko'pligida emas, boshqalarga yaxshilik qilish imkoniyatining ko'pligida".


#Podkastdan

Ikkisi ham bir narsadek )

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
66👍18❤‍🔥12😁5🔥2
Nikohda eng og‘iri – birinchi ellik yil. Keyin skleroz yordamga keladi.

Mavlon Marasulov

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁33320😱9🥰4🌚1
AJRASHISH

• Bir turk yozuvchisidan: "Xotinim erkak bo‘lsang, javobimni ber deyapti, nima qilay?" — degan ma’noda so‘ralganda "Erkak bo‘lib javobini bermang" degan edi.

• Ajrashish muammolardan xalos bo‘lish, yechimdek ko‘rinishi mumkin, lekin muammosiz oila bo‘lmaydi. Ajrashish eeeeng oxirgi chora bo‘lishi kerak. Ungacha ming karra bo‘lsa ham oilani asrab qolishga harakat qilaverish kerak — ikki tomon ham.

• Albatta, ochiq-oydin fahsh, zulm sodir bo‘lganda yoki dindan qaytish holatlarida ajrashiladi. Lekin ko‘p muammolar ajrashishga arzimaydi.

#ajrashish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
91👍57❤‍🔥17💯10💔8🔥5😁3
Gohida qalbga quloq solmaslikka majbur bo'lasan, gohida g'ururni sindirasan, qancha kamchilikka ko'z yumasan-u qancha xatoni kechirasan. Bularning barchasi bitta narsa — oilani asrab qolish uchun!

Nikohda qilgan ahdingda sobit qolish, abadiyga niyat qilib tanlagan juftingni ushlab qolish, norasida go'daklarni tirik yetim qilmaslik uchun!

#Mulohaza

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
94💔32💯26❤‍🔥19👍10🔥4
Alohida gaplashing

Farzandlaringizni birining oldida boshqasini yomonlamang. Kimda xato-kamchilik boʻlsa, alohida gaplashing. Ular sizdan yomon namuna olib, bir-birini behurmat qilishi mumkin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
46👍16🔥12💯10
Qo'lingdan kelsa, hech kim sen haqingda Allohga shikoyat qilmasin!..

#Nasihat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
109👍25🔥17💯16
Oilaviy an'analarda gap ko'p!

Juftingiz bilan ishdan keyin soatlab suhbatlashish yoki sayrga chiqish odatingiz bo'lishi mumkin, yoki tun yarmida birga ovqatlanish bo'lsa ham sizga ijobiy hislar bergan, shirin xotiralar qoldirgan an'analaringizni tark etmang.

Baxt shu kichik ko'ringan narsalarda yashiringandek go'yo. Bular oilaviy hayotning zebi, bezagidir. An'analarni boy berib, qat'iy tartibli yoki mutlaqo tartibsiz rangsiz hayotga o'tib olsangiz, munosabatlaringiz ham darz ketgandek bo'ladi. O'sha baxt, o'sha halovatni topa olmaysiz.

#Tavsiya

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯5944👍8💔6🥰4🔥1
Ma'shuqning yonida undan boshqa narsaga e'tibor qilmoq odobsizlikdir!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
91👍30🥰17💯11💔6🔥4
2025/10/21 18:47:25
Back to Top
HTML Embed Code: