Telegram Web Link
Siz juftingizga sevgingizni bildirish uchun bayramlarni, janjallashib qolishingizni yoki romantik kechki ovqat uchun ishxonangizdan vaqtliroq javob olishni kutishingiz shart emas. Muhabbatingizni har kuni bildirib turishingiz mumkin.
Shunchaki ularga aytayotgan har bir so'zingizga mehr qo'shing.
Buning uchun ortiqcha vaqt hamda mablag' kerak emas.

#Muhabbat #Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
67💯32👍17🔥3🥰3💔1
Sizdan yordam so‘ramasa,
aralashmang

Agar farzandingiz darslari yoki o‘zining mashg‘ulotlari bilan band bo‘lsa va sizdan yordam so‘ramasa, ishlariga aralashmang. Aks holda sodda darslarda, hatto biladigan mavzularida ham yordamga chaqirishga o‘rganib qoladi. Shunchaki o‘zini ortiqcha qiynashni, izlanishni xohlamay qoladi. Agar farzandingiz dars jarayonida yoki boshqa mashg‘ulotlarida qiyinchilikka duch kelsa, o‘zi sizdan yordam so‘raydi. Va bunda, albatta, unga yordam be­ring.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
28👍12🔥7🥰2
Sen bemor bo'lsang, bezovta bo'laman desam, o'zimni o'ylagan bo'laman. Muhimi, sening sog'lig'ing!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
85😁30❤‍🔥13👍3🔥3💯3🥰2💔1
Ayol bo‘lish bu —
Shisha idishni polga tushirib yuborib,
o‘zi qo‘rqib ketgani uchun boshqalarga baqirish san’ati!😅🫣

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁21724👍10💯7
Nimaga "moʻtabar ona" yoki "ayol" timsoli deyilganda teatr, kino, san’at, umuman, inson tasavvurida faqatgina iffatli, hayoli, munis onalar tushuniladi?!

Nimaga radikal-feminist, metalist, xip-xopchi yoki zamonamizda majburlab tiqishtirilayotgan o‘zgacha "ayol" gavdalanmaydi.

Hatto birorta ertakda ham "Kenjabotir o‘zi orzu qilgan feminist ayol bilan tinch-totuv, baxtli hayot kechiribdi", deyilmaydi.

Nimaga?!

Said Komil

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁9118🔥12🤔6💯5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiz uzatadigan ota-onalar e'tibor qilishi kerak bo'lgan uch jihat

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
38👍15❤‍🔥3🔥2😱2👏1
"Sevdirib tarbiyalang" kitobini nega yozdim?

Hozirgi kunda ko'pchilik ijtimoiy tarmoqdagi qisqa matnlarni o'qishga odatlanib qolgan, uzunroq matnga toqat qila olmaymiz. Shuning uchun avvalroq qisqa tavsiyalar, tarjimalardan iborat qilib "Tarbiya-chi?" kitobini yozgan edim. Alhamdulillah, bu kitob juda yaxshi qabul qilindi.

Oradan vaqt o'tishi bilan tarbiyaga doir yana shunday qisqa tavsiyalar, tarjimalar yig'ilib qoldi va ayni "Tarbiya-chi?" kitobining uslubida "Sevdirib tarbiyalang" kitobini yozdim.

Kitobdagi tavsiyalar ko'proq ota-onani mehr bilan tarbiya qilishga, baqir-chaqir, janjallarsiz tarbiya qilishga chorlagani uchun kitobga "Sevdirib tarbiyalang" deb nom berdik.

Kitob oila qurish arafasida bo'lgan yoshlar hamda har bir ota-ona uchun tavsiya qilinadi.

Kitobni xarid qilish

#Sevdirib #Tanishuv

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
26👍10
Muhabbat bu duodir, duo bu muhabbat. Kim seni duoda eslasa, batahqiq, muhabbatingni kamoliga yetkazibdi!

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🥰49🔥1917👍4💔1
Muvaffaqiyatli nikoh bu:

Sizni tushunadi, boshqasiga qiziqmaydi, maqsadlaringizga erishishingizda sizni qo‘llab-quvvatlaydi, sizga mehr-e'tibor beradi, parvarish qiladi, sizni shoh/malika kabi qadrlaydi va sizni ranjitmaslik uchun bor imkoni bilan harakat qiladi.

#Nikoh

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
10🔥9647💯14❤‍🔥7💔6🥰3😁1🤔1
"Sekinroq haydayvering, uyda baribir o'sha xotiningiz kutyapti" debdi. 😊

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1😁16017🤔8💔3😱2💯1
Ota-onaning dardi dunyo bo‘lsa, farzandlarning ham dardi dunyo bo‘ladi.

Bolani qandaydir o‘quv markazlariga berib, oilada yo‘q narsani boladan kutish aqlga sig‘maydi. Bu хuddi yerga urug‘ ekmay, mo‘jiza kutishday gap!

Tasavvur qiling, ota-ona kecha-yu kunduz telefondan boshini ko‘tarmasa, televizor orqali bekorchi narsalar ko‘rib, vaqtini behuda o‘tkazsa, o‘zi namuna bo‘lmay turib boladan olim yasab olmoqchi bo‘lsa, qattiq adashadi. Chunki bunday muhitda o‘sgan bola, ota-onasidan ortib boshqacha bo‘lolmaydi. 🤷🏻‍♂

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1💯5920🔥11🤔1
​​Ayol xuddi asalariga o‘xshaydi. Sevsa asal beradi, yomon ko‘rsa chaqib oladi.

#Ayollar #Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1😁16130🔥11👍8💯6👏2
Sevganidan yetadigan zarracha ozor ham kishining qalbini vayron qiladi. Go'yo u senga bir tikan sanchsa, daraxtning shoxini ko'zingga sanchgandek azob beradi. Shuning uchun sizni sevgan jufti halolingizga ozor berishdan saqlaning...

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
107👍19💯14💔8❤‍🔥5🔥5🤔1
Ona bilan munosabat qanday boʻlishi kerak?

Ona mehrining haddan ortiqligi ham, etishmasligi ham bola uchun bir xilda zararli deb hisoblanadi. Bu toʻgʻrimi?

Haqiqatdan ham shunday. Faqat maqtash yoki muhab­batga toʻla qilib oʻstirish mumkin emas. Ona bolasi bilan doim faxrlansa, uning holatiga moslashsa, koyigani qoʻrqsa, bola zaif boʻlib katta boʻladi. Unga moslashishni xohlamaydigan insonlar bor katta hayotga tayyor boʻlmaydi.

Agar biz bolaning har qanday holatga tayyor va stressga chidamli boʻlishini istasak, unga hayotda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkinligini koʻrsatishimiz kerak.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
🔥1712👍3💔1
Erkak kishini o'zgartira olmaysiz. Erkak sevsa, o'zi o'zgaradi.

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥89💯4820👍8👏3🤔2💔2
Er: "Azizam, men sizni tushunishga harakat qilyapman…"

Xotin: "Demak, men tushunarsizmanmi?"

Er: "Yo‘q, yo‘q, men shunchaki sizni tushunishni xohlayman".

Xotin: "Demak, shu kungacha tushunmagan ekansiz-da?"

Er: "Men bunday demadim…"

Xotin: "Demak, siz meni yolg‘onchi deyapsiz?"

Er: "Astag‘firulloh, men unday demadim…"

Xotin: "Unda endi shunday demoqchisiz!"

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁226❤‍🔥11💯87🔥5🤔3👍1👏1🌚1
Yordamga muhtoj, haqiqiy haqdor...

Yana bir bemorning muolajalari uchun pul juda zarur boʻlib, kasalliklari juda jiddiy va xavfli holatda ekan. Sogʻligi tikkalanishi uchun ikki yoʻl borligi aytilgan. Biri transplantatsiya operatsiyasi boʻlib, qiyin va qimmat — taxminiy narx 50 ming dollar ekan. Ikkinchi yo'l esa mashaqqatli bo'lsa-da, qimmat dori-darmonlar bilan sekin-asta bosqichma-bosqich davolanish ekan.

Tabiiyki, bemor operatsiya yoʻli, birinchidan, tavakkal, ikkinchidan, juda qimmatligi sababli sekin-asta davomiy muolajalar orqali davolanishni boshlabdilar. Lekin, azizlar, ayni kunlarda bemorimizning holatlari ancha ogʻir. Ishlab pul qilish uchun sogʻligi yaramaydi, yaqinlarida muolajalarini toʻliq qoplab berish imkoni yoʻq.

Shuning uchun bizdan ko'mak so'rabdilar. Kasallik bilan shaxsan oʻzim va mutaxassisimiz tanishib chiqdi. Tushgan pullarni barchasini bemorga yetkazishga men kafilman. Imkonimiz boricha yordam qilaylik, azizlar, iltimos.

Karta o'z nomimda
8600332972430643

G'iyosiddin Yusuf
25👏6❤‍🔥4👍4🤔2😱1💯1
Juftingiz faqat ulfatlari bilan vaqt o'tkazsa, nima qilish kerak?

Avvalo, bu haqida u bilan samimiy, ochiq suhbatlashib oling. O'zingizni yolg'iz his qilayotganingizni, uning e'tibori sizga muhimligini ayting.

Ikkinchidan, ish, oila, do'stlar orasida vaqtni to'g'ri taqsimlashni maslahat qilinglar.

Unutmang, har bir kishining shaxsiy qiziqishlari, o'z erki bo'lishi muhim. Shu bilan birga, har bir kishi oilasiga sifatli vaqt ajratishi lozim.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
56👍27❤‍🔥9🔥5💔4🤔3🥰2🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizning ota-onasi uzoq ekan deb rozi boʻlishmayaptimi?

Kelinning ota-onasi nimaga bunday deyishlari va qanday toʻgʻri yechim qilinsa, qiz tomonni koʻndirish mumkinligi haqida yuqoridagi video orqali toʻliq bilib olishingiz mumkin.

#Oila_qurish

Yanada ko‘proq videolar
24👍9💔4🥰2💋1
Qiz va yigit ilk uchrashuvga chiqqanda ularning qalblari bir-biriga nisbatan yozilmagan oppoq qog'ozdek g'arazsiz bo'ladi. Har bir so'z yoki amal bu qog'ozni yanada jilolantirishi yoki unga dog' tushirishi mumkin.

Er-xotin uzoq yillar birga yashagandan keyin ham bir-biriga muhabbatli, mehribon bo'lishi uchun oradagi ko'ngilsizliklar, yoqimsiz holatlarni kechirish, unutish bilan qalb daftarlarini dog'lardan tozalab turishlari kerak.

#Muhabbat #Ayollar #Erkaklar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
72👍23💯16❤‍🔥9🔥3💋1
2025/10/24 12:26:39
Back to Top
HTML Embed Code: