Telegram Web Link
Er: "Azizam, men sizni tushunishga harakat qilyapman…"

Xotin: "Demak, men tushunarsizmanmi?"

Er: "Yo‘q, yo‘q, men shunchaki sizni tushunishni xohlayman".

Xotin: "Demak, shu kungacha tushunmagan ekansiz-da?"

Er: "Men bunday demadim…"

Xotin: "Demak, siz meni yolg‘onchi deyapsiz?"

Er: "Astag‘firulloh, men unday demadim…"

Xotin: "Unda endi shunday demoqchisiz!"

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁225❤‍🔥11💯87🔥5🤔3👍1👏1🌚1
Yordamga muhtoj, haqiqiy haqdor...

Yana bir bemorning muolajalari uchun pul juda zarur boʻlib, kasalliklari juda jiddiy va xavfli holatda ekan. Sogʻligi tikkalanishi uchun ikki yoʻl borligi aytilgan. Biri transplantatsiya operatsiyasi boʻlib, qiyin va qimmat — taxminiy narx 50 ming dollar ekan. Ikkinchi yo'l esa mashaqqatli bo'lsa-da, qimmat dori-darmonlar bilan sekin-asta bosqichma-bosqich davolanish ekan.

Tabiiyki, bemor operatsiya yoʻli, birinchidan, tavakkal, ikkinchidan, juda qimmatligi sababli sekin-asta davomiy muolajalar orqali davolanishni boshlabdilar. Lekin, azizlar, ayni kunlarda bemorimizning holatlari ancha ogʻir. Ishlab pul qilish uchun sogʻligi yaramaydi, yaqinlarida muolajalarini toʻliq qoplab berish imkoni yoʻq.

Shuning uchun bizdan ko'mak so'rabdilar. Kasallik bilan shaxsan oʻzim va mutaxassisimiz tanishib chiqdi. Tushgan pullarni barchasini bemorga yetkazishga men kafilman. Imkonimiz boricha yordam qilaylik, azizlar, iltimos.

Karta o'z nomimda
8600332972430643

G'iyosiddin Yusuf
25👏6❤‍🔥4👍4🤔2😱1💯1
Juftingiz faqat ulfatlari bilan vaqt o'tkazsa, nima qilish kerak?

Avvalo, bu haqida u bilan samimiy, ochiq suhbatlashib oling. O'zingizni yolg'iz his qilayotganingizni, uning e'tibori sizga muhimligini ayting.

Ikkinchidan, ish, oila, do'stlar orasida vaqtni to'g'ri taqsimlashni maslahat qilinglar.

Unutmang, har bir kishining shaxsiy qiziqishlari, o'z erki bo'lishi muhim. Shu bilan birga, har bir kishi oilasiga sifatli vaqt ajratishi lozim.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
55👍27❤‍🔥9🔥5💔4🤔3🥰2🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizning ota-onasi uzoq ekan deb rozi boʻlishmayaptimi?

Kelinning ota-onasi nimaga bunday deyishlari va qanday toʻgʻri yechim qilinsa, qiz tomonni koʻndirish mumkinligi haqida yuqoridagi video orqali toʻliq bilib olishingiz mumkin.

#Oila_qurish

Yanada ko‘proq videolar
24👍9💔4🥰2💋1
Qiz va yigit ilk uchrashuvga chiqqanda ularning qalblari bir-biriga nisbatan yozilmagan oppoq qog'ozdek g'arazsiz bo'ladi. Har bir so'z yoki amal bu qog'ozni yanada jilolantirishi yoki unga dog' tushirishi mumkin.

Er-xotin uzoq yillar birga yashagandan keyin ham bir-biriga muhabbatli, mehribon bo'lishi uchun oradagi ko'ngilsizliklar, yoqimsiz holatlarni kechirish, unutish bilan qalb daftarlarini dog'lardan tozalab turishlari kerak.

#Muhabbat #Ayollar #Erkaklar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
72👍23💯16❤‍🔥9🔥3💋1
Forwarded from Tarbiyachi nashriyoti
"SEVDIRIB TARBIYALANG" KITOBI HAQIDA

G‘iyosiddin Yusufning “Sevdirib tarbiyalang” asari ota-onalar, ustozlar va tarbiyachilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Muallif bu kitobda tarbiyaning eng asosiy tamoyillaridan biri — bolaga mehr bilan yondashish, uni sevgi va hurmat orqali kamolga yetkazish zarurligini chuqur tahlil qiladi.

Kitobda bolaga buyruqbozlik, qo‘rqitish yoki majburlash yo‘li bilan emas, balki u bilan do‘stona munosabat o‘rnatib, mehribonlik asosida tarbiya berish kerakligi uqtiriladi. Muallif bolani yaxshi so‘zlar bilan ilhomlantirish, unda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rag‘batlantirish, mehr va e’tibor berish orqali uning qalbiga yo‘l topish mumkinligini ko‘plab hayotiy misollar bilan isbotlab beradi.

Asarda, shuningdek, bolani sevib tarbiyalashning ijtimoiy ahamiyati, ota-onaning mas’uliyati hamda oiladagi muhitning bola ruhiyatiga ta’siri yoritilgan. Til uslubi sodda va ravon bo‘lgani sababli kitobni osonlik bilan tushunish mumkin.

Umuman olganda, “Sevdirib tarbiyalang” asari tarbiya masalasida nafaqat nazariy, balki amaliy qo‘llanma hamdir. Bu kitobdan ota-onalar, pedagoglar, psixologlar va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan har bir inson foydalanishi mumkin.

“Sevdirib tarbiyalang” — bolalarga mehribonlik va samimiyat asosida yondashishning bebaho qo‘llanmasi bo‘lib, unda keltirilgan g‘oyalar har bir oila va jamiyat uchun dolzarb ahamiyatga ega deb o‘ylayman.

Yaqinda turmush o‘rtog‘im ushbu kitobni xarid qilib keldilar. O‘qib chiqib, juda ham foydali kitob ekanligini bildim. Hozir esa o‘zlari o‘qiyaptilar. Bu kitob bir marta o‘qiladigan emas, balki qayta-qayta o‘qib, yodda saqlab, amalda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan asardir.

8 oylik o‘g‘limiz bor. Birinchi farzandimiz tug‘ilmasidan oldin farzand tarbiyasi to‘g‘risida ko‘plab kitoblar o‘qishni boshlaganmiz. Inshaalloh, bizning ham farzandlarimiz olim, ulamo va qori insonlardan bo‘lishini tilab doimo duo qilamiz. G‘iyosiddin Yusufning barcha kitoblari juda ajoyib. Oilamiz bilan ko‘plab asarlarini o‘qib chiqqanmiz. Ayniqsa, navbatdagi o‘qiganimiz — “Sevdirib tarbiyalang” kitobi juda ham foydali bo‘ldi deb o‘ylayman. Alloh taolo uni endi amalda qo‘llab, unga amal qilishni, farzandlarimiz biz kutganimizdan ham ziyoda, komil inson bo‘lib yetishishini nasib qilsin, ilohim.

Yoqubova Madina

Kitobni xarid qilish

#Tanlov #taqriz

@Tarbiyachi_nashr
10👍7🥰1
​​Muslima singlim, erkaklar o‘zaro muhokama qilayotgan mavzular ostida izoh yozma. Ayollar ham yozgan bo‘lsa va sening ham fikr bildirishing muhim bo‘lsa, mayli, yoz. Lekin ayol-erkak aralashgan joyga zaruratsiz qo‘shilma. Bu telegram guruhda bo‘ladimi, feysbuk yoki boshqa ijtimoiy tarmoqda yoki hayotda bo‘lsa ham. Iffatingni asraganing o‘zing uchun yaxshidir!

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
99👍38💯35🔥12🤔3🥰2
Qo'lingdan kelsa, meni sog'intirib qo'yma!

#Соғинч #romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
77🔥28💔21👍7🥰2
— Bilasanmi, e'tibor so'rab olinmaydi?
— Ha, bilaman.
— Lekin shunga qaramay men so'rayman.
— Nega?
— Chunki men unga muhtojman.

Ahmad Duvaydor

#Hasrat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤‍🔥8326💔11🥰10🔥6😁6👍4
Jazosiz tarbiya

Agar jazolashga toʻgʻri kelayotgan boʻlsa, demak, tarbiyada xatoga yoʻl qoʻyilgan. Ota-onalarning eng katta xatosi shuki, ular taqiqni ota-onalik hokimiyatining asosi deb hisoblashadi. Talabchan boʻlish degani ojiz qulni voyaga etkazish degani emas. Ota-onalar ularning hukmi tugaydigan va bolaning inja olami boshlanadigan nozik chegarani his qilishlari lozim.
Har bir bolaning kattalar aralashmasligi kerak boʻlgan oʻyinlari va doʻstlari bilan bogʻliq shaxsiy ishlari boʻlishi kerak.
Bola rivojlanishining ajralmas qismi boʻlgan oʻyinlar bolalar uchun haqiqiy «mehnat»dir.

Bola rivojining muhim elementi sifatida oʻyinlarni oilaviy taqvimingizda qaerga «sigʻdirish»ni oʻylab koʻring. Bolaga qaerda koʻproq erkinlik berish mumkinligini oʻzingizdan soʻrab koʻring.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
33👍6🔥4🤔2
Sizni boringizcha qabul qiladigan kishini uchratmoq muvaffaqiyatdir!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥9438💯24👍6❤‍🔥5🥰2
Ma'shuqdan bo'lgan ozgina e'tibor ham oshiqni ko'klarga ko'taradi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
101👍24😁5🔥2
Sizni tushungan, sizga ishongan insonga butkul yukingizni tashlab olmang — suiiste'mol qilmang. Bir, ikki... o'n tushunadi. Oxiri bir tashlab yuborsa, qaytib suyana olmaysiz...

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💔4834👍18🔥6💯5😱2
745-savol: ONAMGA TURMUSH QURISH TAKLIFI KELDI — NIMA QILAY?

Assalomu alaykum.

Mening onam beva ayol, 48 yoshda. 5 nafar farzandlari bor. Rahmatli dadam vafot etganlariga 5 yil bo‘ldi.

Hozirda men, akam va singlim oilalimiz. Dadam vafotlaridan keyin sekin-sekin qizlarni uzatib, o‘g‘ilni uylantirib, hammamizni joy-joyimizga qo‘ydilar. Hammasi yaxshi, oilaviy ahvolimiz ham barqaror.

Hozir esa dadamning yaqin do‘sti — yaqinda ayoli vafot etgan kishi — onamning qo‘lini so‘ramoqda. Onam esa: “Mana shu erkak bilan turmush qurish haqida nima deysan?” — deb mendan so‘ramoqda.

Men esa nima qilishni bilmayapman — bu to‘g‘rimi? Hozirda onamning 3 ta qudasi bor, bundan tashqari yana 2 nafar farzandlari ham bor.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Turmushga chiqish to'g'ri, albatta. Bir umr beva bo'lib o'tishlari shart emas. Qudalar bo'lsa-da, onangizni ham tushunish kerak. Sekin-sekin shunday stereotiplarni parchalash kerak.

Agar onangizning qo'lini so'ragan kishi yaxshi inson bo'lsa, rozilik berish kerak. O'zlariga ma'qul bo'lganga o'xshaydi. Agar bir umr beva o'tish istagi bo'lganda sizga maslahat solmas edilar.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
🔥54💯4328👍17😁3💔3😱2🌚1
Men yillarga bergim kelmas izn
o'tib ketmasin shoshib, yelib.
Axir sening yoningda er bo'lib
qancha qoldim,
shoshib ketdim, shoshib kelib...

Soat miliga osing bolg'alar
qonib olay yoningda baxtdan.
Mayli, ulg'aysin-u boshqalar
biz tashqari qolaylik vaqtdan.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥5232🤔10👍3🥰2😱2
Har bir kun yangi imkoniyatdir!

Erta tongda uyqudan ko'z ochar ekansiz, dunyodagi minglab, millionlab kishilardan o'zingizni baxtli his qilish uchun shuning o'zi yetarli bo'ladi. Chunki ular bu tongni ko'rmadi...

Har bir kun biz uchun berilgan yangi imkoniyat ekanini unutmaylik. Xususan, oilaviy munosabatlar uchun ham.

Yangi kunni qarshi olar ekansiz, juftingizga tabassum ulashish, kayfiyatini ko'tarishni o'zingizga odat qiling. Ehtimol, sizning birgina shu harakatingiz unga kun davomida quvvat bo'lar.

Birga qilingan nonushta, ishga xush kayfiyatda jo'natish va kun davomida xabarlashib turish yanada a'lodir.

Endi mana shularning teskarisi bo'lsa-chi? Jahl bilan uyg'onish, ertalabdan asabbuzarlik bo'lishi, kun davomida erkakning asabini egovlash va hokazolar. Bunda erkakning ishida unum, hayotida halovat, topganida baraka bo'lmaydi, Alloh asrasin.

Yana takrorlayman: har bir kun yangi imkoniyatdir, qaysi yo'lni tanlash har kimning o'z ixtiyorida.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥3918👍5💯5
Nimagadir erishishimiz nimanidir yo'qotish evaziga bo'ladi. Masalan, ushbu qaydni o'qib, manfaatli ilm, hayotingiz uchun muhim qoida o'rganishingiz mumkin, lekin vaqtingizni yo'qotasiz.

Oilaviy munosabatlarda ham xuddi shunday. Bir kishi bir vaqtning o'zida hamma narsaga e'tibor qila olmaydi. Nimadadir afzal bo'lsa, boshqa joyda kamchilikka yo'l qo'yishi mumkin. Masalan, ayol kishi ishlasa, pul topib oila budjetiga hissa qo'shishi mumkin, lekin turmush o'rtog'iga, farzandlariga e'tibori kamayib qoladi.

Erkak kishi ham shunday: u ta'minot uchun javobgar bo'lgani sababli ko'proq ish bilan mashg'ul bo'ladi. Shu sababli ayoliga va farzandlariga biroz kamroq e'tibor qiladi. Agar oilaga ko'proq vaqt ajratsa, kamroq pul topishi mumkin. Ham ko'p pul topish, ham ko'p vaqtga ega bo'lish Alloh ne'matlantirgan ba'zi kishilargagina nasib qiladi.

Hayotda o'zingiz uchun asosiy narsalar nimalar ekanini belgilab oling va shunga ko'ra harakat qiling. O'zingiz uchun muhim narsalarga erishganda boshqa jihatdan kamchilik bo'lsa, rozi bo'ling, ko'z yuming.

#Munosabatlar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
62👍21💯11🔥8
Hammaqatori ko'rsangiz, "Sevaman" demang!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
73💯24💔24🔥6😁6🥰1
Sizni qizg'anayotgan, sizga nimanidir man qilayotgan kishining qadriga yeting. Chunki u sizni sevadi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1122👍20💯10💔10🤔7❤‍🔥1
2025/10/21 10:59:07
Back to Top
HTML Embed Code: