Telegram Web Link
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.

Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.

Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.

Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.

Karta raqam: 9860160605493933
20
E'tibor muhabbat uchun eng ehtirosli qasamlardan ham kuchliroq dalildir.

Marlen Ditrix

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
55💯15👍11
Ayol hayotda bitta qaror qabul qilishi kerak: munosib umr yo'ldosh tanlash. Qolganiga uning o'zi qaror qiladi!

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
81👍24🔥17💯15😁4💔3❤‍🔥2
Birovga muhtoj bo‘lmay, o‘zingni o‘zing baxtiyor qilishing uchun... xayol mavjud.

Ayman Yog‘iy

#Baxt

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
61💯19👍6🔥4❤‍🔥2😁2💔2
Ayol birinchi o'ringa bolalarini emas, erini qo'yadigan bo'lsa, er ham ayolini sevadi.

Faqat bolalarga e'tibor qilib erini unutgan ayol bilan yashash bolalarning enagasi bilan yashashdan ko'p farq qilmaydi.

Bunday ayollar ko'pincha erini ham bolalari qatorida ko'radigan bo'lib qoladi: hisob so'raydi, tergaydi, tanqid qiladi va hokazo.

#Ayollar, shu narsani unutmangki, erkakka bitta ona yetadi. U jufti halolga ehtiyoj sezgani uchun sizga uylangan. Shuningdek, bolalariga enaga kerak bo'lgani uchun emas.

Albatta, bolalarga ham qarash, e'tibor qilish, parvarishlash kerak. Lekin bu erni unutib qo'yish yoki uni keyingi o'ringa qo'yish bilan bo'lmasligi kerak.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍51💯2926😁8🔥6❤‍🔥2💔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo mashaqqatlarini unuttiradi...

Yanada ko‘proq videolar
🔥18❤‍🔥53
Savolingiz bormi?

Yechim kanaliga o‘ting — tayyor savol-javoblarimiz soni 800 dan oshdi!

Mavzular:
• Oila qurish
• Muammo
• Tarbiya
• Munosabatlar

🔝 Bot orqali o'zingiz ham savol yo'llashingiz mumkin.

Kanalga o'tish

Bu ham o'zimizning kanal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍6
Hech kimni ranjitmoqchi emasman, shunchaki o‘ylarim: hayot kuchlilarni tiz cho‘ktiradi, chunki biladi — ular baribir qayta turib ketadi. Zaiflarga esa tegmaydi, ular butun umr tiz cho‘kib yashashadi...

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
44👏17🔥16💯10👍4❤‍🔥1💔1💋1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bola ham kichik insonligini unutmang

U ham qoʻrqib ketishi, zerikishi yoki oʻzini yolgʻiz his qilishi mumkin. Yoki u qoʻrqinchli tush koʻradi. Farzandingizni diqqat bilan kuzatib boring va uni tinglang. Mana shunda siz uning nima demoqchi ekanini xatosiz aniqlashingiz mumkin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
21🔥4👍2
Balogʻatga yetgan oʻgʻil-qizlarini uylantirib, oilali qilib qoʻyish ota‑onaning burchidir.
Chunki endigina voyaga yetgan yosh yigit va qizlar oila nimaligini, uni qanday qurishni ham, bu oʻta nozik va muhim ishni qanday qilib amalga oshirishni ham bilmaydilar. Ularning bu borada bilimlari, tajribalari boʻlmaydi. Agar nikoh va oila qurish ishlari ularning oʻzlariga tashlab qoʻyilsa, adashishlari, umr savdosi deb atalgan oʻta muhim va nozik masalada nuqsonga yoʻl qoʻyishlari mumkin. Ota‑ona esa oʻzlari oila qurgan, uning nimaligini yaxshi biladigan va farzandlariga yaxshilikni ravo koʻradigan shaxslar sifatida bu borada ularga bosh-qosh boʻlishlari lozim. Agar ota‑ona boʻlmasa, qarindoshlardan ularning oʻrnini bosadigan kishilar yoshlarga valiy – ishboshi boʻladilar. Mabodo, hech kimi yoʻq boʻlsa, jamiyatdagi yetakchi kuchlar ularning oʻrnini bosadi. Shunday qilib, musulmonlar yashaydigan jamiyatda uzrsiz benikoh yurgan odamlar qolmasligi uchun barcha harakatda boʻladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
38👍16🔥5💯4❤‍🔥1
​​
U zavjasiga g‘azablanib dedi:
– Men seni rashk qilaman deb ming marta aytdim. Seni ziynatlanishning barcha turidan man qilmaganmidim?!
U butunlay beg‘uborlik bilan javob berdi:
– Menda hech qanaqa ziynat yo‘q!
U dedi:
– Ammo sen odamlar oldida kitobingni ochding. Bir satr o‘qib tabassum qilib qo‘yar, boshqa satrni o‘qib qoshingni ko‘tarib qo‘yar eding. Men o‘zi shu uchun oshiq bo‘lgan edim senga. Iltimos, ko‘chada kitob o‘qishni bas qil!

Ayman Yog'iy

#Rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
126🥰32😁30❤‍🔥21🔥10👍4🎉1💔1💋1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga yosh oilalarda ajralish koʻproq boʻlyapti?

Aksariyat muammoning ortida avvalo ilmsizlik yoki olingan ilmning amaliga kirishmaganimiz sabab boʻladi.

Yuqoridagi lavha orqali ham foydali ilm olishingiz mumkin. Koʻpchilikka manfaatli boʻlishi uchun yaqinlaringizga ham ulashing.

#Muammo

Yanada ko‘proq videolar
8👍5💯3🔥1
Nazorat doirasi

Ba’zan biz hammani, hamma narsani nazorat qilgimiz keladi. Farzandimizning har bir so‘zini, turmush o‘rtog‘imizning har bir harakatini, hatto boshqalarning biz haqimizdagi fikrini ham. Ammo bu insonni charchatadi. Qancha urinmang, baribir hammasini boshqara olmaysiz.

Shu sabab, o‘zingiz haqingizda o'ylang. Siz nazorat qila oladigan yagona doira — bu o‘zingiz.
Fikrlaringizni, so‘zlaringizni, tanlovlaringizni, hislaringizni, harakatlaringizni.
Shularni e’tibor bilan boshqara olgan ayol sokin, xotirjam va barqaror bo‘ladi.

Bugun bir daqiqa to‘xtang-da, shunchaki o‘ylang:
“Men bugun o‘zimni qanday tutdim?”
“Nimani o‘zgartira olaman?”

Hayotingizni o‘zgartirish shu savollardan boshlanadi.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
43🔥14👍11
Forwarded from Tarbiyachi nashriyoti
🤩🤩🤩

Taqrizlar tanlovi | noyabr

Taqriz — kitob haqidagi fikr-mulohazalar, olgan foydalaringiz, kitobning mazmuni bilan tanishtiruv


Noyabr oyida G'iyosiddin Yusufning "Bola va pul" kitobi bo'yicha taqrizlar tanlovi e'lon qilamiz.

O'zingiz yoki farzandingiz (yoki birgalikda) bu kitobni o'qib, kitobdan olgan taassurotlaringiz, fikr-mulohazalaringizni matn shaklida noyabr oyining oxirigacha @Tarbiyachinashr adminiga yuborishingiz kerak.

Mukofotlar:
1-o'rin uchun: "Sevdirib tarbiyalang", "Lider bola" va "Go'zal xulqlar" kitobi.
2-o'rin: "Tarbiya-chi?" va "Go'zal xulqlar" kitobi.
3-o'rin: "Lider bola" kitobi.

Natijalar nashriyotimizning sahifasida e'lon qilinadi. 😊

@Tarbiyachi_nashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
110🔥3🥰2
Har bir qiz bosh qo'ymoq uchun ishonchli bir yelka istaydi!

#Oila_qurish #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5158💯25👍12🔥8
🩷Ayollar va bolalar uchun eng keraklilari bitta kanalda!
🔥 Chiroyli kiyimlar yumshoq o‘yinchoqlar, nafis ro‘mollar — sifatli, zamonaviy va hamyonbop!
📝 Har kuni yangi kolleksiya, tez yetkazib berish, va yoqimli sovg‘alar sizni kutmoqda!

📲 Obuna bo‘ling 👉https://www.tg-me.com/+8bM96lFLMIpjOWUy

💕 “Chiroy, qulaylik va mehr — bizda birlashgan!”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍1🥰1
Mukofot va jazo

Boladan yaxshi xulq va maqtovga sazovor ish sodir boʻlsa, uni taqdirlash va xursand boʻladigan narsa ila mukofotlash hamda odamlar huzurida maqtash lozim.
Ba’zi holatdarda mazkur ishlarga xilof narsani sodir qilsa, oʻzini bilmaganga solib, uning aybini oshkor qilmaslik kerak. Agar oʻsha noma’qul narsani yana qaytadan qilsa, hech kimga bildirmay jazolash va odamlar bilib qolsa, uyat qilishlarini uqtirgan yaxshi. Ammo jazo koʻpaytirib yuborilmasin. Chunki bu narsa bolaning betini qotirib qoʻyadi. Keyin uyalmay har narsani qilishga odatlanib qoladi. Ota bolasi huzurida oʻz haybatini saqlab turishi kerak. Ona bolasini otasi ila ogohlantirib tursin.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
14🥰7🔥6
Bolasiga nuqul buyruq berib, tanqid qilib, koyish bilan "maza qiladigan" ota-onalar bor. Agar ular shu ishni qilmasa, o'zini keraksizdek his qiladi...

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯34🔥154🌚4🤔1
Xotiningiz telefon qilganingizda darrov “Labbay, begim!” deya javob bera olmayaptimi?
Telefon qayoqdadir yotgan, o‘zi esa nimadir qilayotgan, nimanidir o‘rganayotgan yoki boshqaga o‘rgatayotgan, o‘zining yumushlari va qiziqishlari bilan band bo‘layaptimi?
Sizga ham tinmay telefon qilib, SMS yozib bezovta qila bermaydimi?

Unda sizga rostdan ham “maza” ekan — xotirjam er ekansiz.
Chunki ayol kishi nimadir foydali ish bilan band bo‘lmasa, eri bilan band bo‘lib qoladi. Paranoiyaga beriladi. Quloq-miyangizni yeydi.

Shuning uchun keyingi safar telefoningizga darrov javob bera olmasa, o‘dag‘aylamang — aksincha, xursand bo‘ling. 😄

Fayzuddin Mumin

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁86👍1514💯4👏3💔3
2025/11/05 02:38:12
Back to Top
HTML Embed Code: