Telegram Web Link
745-savol: ONAMGA TURMUSH QURISH TAKLIFI KELDI — NIMA QILAY?

Assalomu alaykum.

Mening onam beva ayol, 48 yoshda. 5 nafar farzandlari bor. Rahmatli dadam vafot etganlariga 5 yil bo‘ldi.

Hozirda men, akam va singlim oilalimiz. Dadam vafotlaridan keyin sekin-sekin qizlarni uzatib, o‘g‘ilni uylantirib, hammamizni joy-joyimizga qo‘ydilar. Hammasi yaxshi, oilaviy ahvolimiz ham barqaror.

Hozir esa dadamning yaqin do‘sti — yaqinda ayoli vafot etgan kishi — onamning qo‘lini so‘ramoqda. Onam esa: “Mana shu erkak bilan turmush qurish haqida nima deysan?” — deb mendan so‘ramoqda.

Men esa nima qilishni bilmayapman — bu to‘g‘rimi? Hozirda onamning 3 ta qudasi bor, bundan tashqari yana 2 nafar farzandlari ham bor.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Turmushga chiqish to'g'ri, albatta. Bir umr beva bo'lib o'tishlari shart emas. Qudalar bo'lsa-da, onangizni ham tushunish kerak. Sekin-sekin shunday stereotiplarni parchalash kerak.

Agar onangizning qo'lini so'ragan kishi yaxshi inson bo'lsa, rozilik berish kerak. O'zlariga ma'qul bo'lganga o'xshaydi. Agar bir umr beva o'tish istagi bo'lganda sizga maslahat solmas edilar.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
🔥54💯4328👍17😁3💔3😱2🌚1
Men yillarga bergim kelmas izn
o'tib ketmasin shoshib, yelib.
Axir sening yoningda er bo'lib
qancha qoldim,
shoshib ketdim, shoshib kelib...

Soat miliga osing bolg'alar
qonib olay yoningda baxtdan.
Mayli, ulg'aysin-u boshqalar
biz tashqari qolaylik vaqtdan.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥5232🤔10👍3🥰2😱2
Har bir kun yangi imkoniyatdir!

Erta tongda uyqudan ko'z ochar ekansiz, dunyodagi minglab, millionlab kishilardan o'zingizni baxtli his qilish uchun shuning o'zi yetarli bo'ladi. Chunki ular bu tongni ko'rmadi...

Har bir kun biz uchun berilgan yangi imkoniyat ekanini unutmaylik. Xususan, oilaviy munosabatlar uchun ham.

Yangi kunni qarshi olar ekansiz, juftingizga tabassum ulashish, kayfiyatini ko'tarishni o'zingizga odat qiling. Ehtimol, sizning birgina shu harakatingiz unga kun davomida quvvat bo'lar.

Birga qilingan nonushta, ishga xush kayfiyatda jo'natish va kun davomida xabarlashib turish yanada a'lodir.

Endi mana shularning teskarisi bo'lsa-chi? Jahl bilan uyg'onish, ertalabdan asabbuzarlik bo'lishi, kun davomida erkakning asabini egovlash va hokazolar. Bunda erkakning ishida unum, hayotida halovat, topganida baraka bo'lmaydi, Alloh asrasin.

Yana takrorlayman: har bir kun yangi imkoniyatdir, qaysi yo'lni tanlash har kimning o'z ixtiyorida.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥3918👍5💯5
Nimagadir erishishimiz nimanidir yo'qotish evaziga bo'ladi. Masalan, ushbu qaydni o'qib, manfaatli ilm, hayotingiz uchun muhim qoida o'rganishingiz mumkin, lekin vaqtingizni yo'qotasiz.

Oilaviy munosabatlarda ham xuddi shunday. Bir kishi bir vaqtning o'zida hamma narsaga e'tibor qila olmaydi. Nimadadir afzal bo'lsa, boshqa joyda kamchilikka yo'l qo'yishi mumkin. Masalan, ayol kishi ishlasa, pul topib oila budjetiga hissa qo'shishi mumkin, lekin turmush o'rtog'iga, farzandlariga e'tibori kamayib qoladi.

Erkak kishi ham shunday: u ta'minot uchun javobgar bo'lgani sababli ko'proq ish bilan mashg'ul bo'ladi. Shu sababli ayoliga va farzandlariga biroz kamroq e'tibor qiladi. Agar oilaga ko'proq vaqt ajratsa, kamroq pul topishi mumkin. Ham ko'p pul topish, ham ko'p vaqtga ega bo'lish Alloh ne'matlantirgan ba'zi kishilargagina nasib qiladi.

Hayotda o'zingiz uchun asosiy narsalar nimalar ekanini belgilab oling va shunga ko'ra harakat qiling. O'zingiz uchun muhim narsalarga erishganda boshqa jihatdan kamchilik bo'lsa, rozi bo'ling, ko'z yuming.

#Munosabatlar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
62👍21💯11🔥8
Hammaqatori ko'rsangiz, "Sevaman" demang!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
73💯24💔24🔥6😁6🥰1
Sizni qizg'anayotgan, sizga nimanidir man qilayotgan kishining qadriga yeting. Chunki u sizni sevadi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1122👍20💯10💔10🤔7❤‍🔥1
Menga qisqa-qisqa bo'lsa ham xabar yozib tur, men uni uzun-uzun qilib o'qiyman... 😔

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤‍🔥8330💔16👍12😁4💯4
Sog'inchning g'ururi bo'lmaydi...

#Соғинч

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯63👍25❤‍🔥1210🥰2🤔2🌚1💔1
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.

Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.

Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.

Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.

Karta raqam: 9860160605493933
20👍12❤‍🔥5🔥3🥰1
Sovchingiz rad javobini olsa

Ba'zan yaxshi qizni uchratasiz-u, lekin sovchi qo'ysangiz, rad javobini olasiz. Shunda nima qilish kerak? Qayta sovchi qo'yish kerak, nima uchun rad javob berayotganini bilib, o'sha sababni bartaraf qilishga harakat qilish kerak. Agar buning imkoni bo'lmasa, unda mayli. Masalan, kuyov bo'lmishning bo'yi past ekan, yuzi qiyshiq ekan kabi sabablar ko'rsatilsa — o'zgartirib bo'lmaydigan sabablar bo'lsa, unda ha­rakatdan to'xtash kerak.

Gohida esa muhim bo'lmagan sabab bilan rad qilinadi. Masalan, kuyov bo'lmishning alohida uyi yo'q ekan, mashinasi yo'q ekan kabi gaplar. Bunda bu oila qurish uchun muhim omil emasligi tushuntiriladi. Agar muhim sabab va buni o'zgartirib bo'ladigan sabab bo'lsa, shunga harakat qilasiz. Masalan, kuyov bo'lmish o'qishni bilmas ekan deyilsa, o'qishni o'rganasiz.

Zarur bo'lsa, yigitning o'zi qizning otasi bilan uchrashib, gaplashadi.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4632👍11😁4💯4🤔2❤‍🔥1
Juftingizga bo'lgan mehr-e'tiboringiz uning harakatlariga bog'langan bo'lmasin. Ya'ni u yaxshi bo'lsa yaxshi munosabatda bo'lib, sizga yoqmaydigan ish qilganda bee'tibor bo'lib olmang. Mehringiz, sevgingiz shartsiz bo'lsin.

Ha, bu ancha qiyin, men ham unday emasman, lekin, keling, birgalikda harakat qilamiz!

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
98👍29😁25❤‍🔥13🥰6🌚5🔥2😱1
Juftingizdan tez-tez hol so‘rab, undan xabardor bo‘lib turing. Bemor bo‘lmasa ham, "Yaxshimisiz? ", "Yaxshi o‘tiribsizmi?", "Yaxshi ishlayapsizmi?" kabi so‘rovlar bilan uni yo‘qlab turishingiz xursand qiladi hamda orangizni yaqinlashtiradi. Balki ba'zi oilalarda erkaklar ishda vaqti ayollar kechgacha xabarlashmasligi, hol ham so‘ramasligi mumkin, lekin bu yaxshi emas. Juftingizdan imkon qadar uzoqlashmang. Ishdagi erkaklar ham o‘z o‘rnida ayollardan hol so‘rab tursin. Dam olish kunlarini oila bag‘rida o‘tkazing.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
84👍21❤‍🔥8🌚4💔3🔥1
Er ayolining telefonini tekshirmasligi kerakmi?

Ba'zilar "Ayol kishi turmush o'rtog'ining telefonini kavlashi mumkin bo'lmaganidek, erkak kishi ham kavlamasligi kerak" deydi. Yoki "Erkak ayolining telefonini tekshiradigan bo'lsa, ayol ham tekshirishga haqli" deydi — birga-bir!

Bu borada mening qarashlarim biroz boshqacharoq:

Birinchidan, erkak kishi qo'l ostidagilar uchun mas'ul, ular uchun ham javob beradi. Shunday ekan, xohlasa ayolining, xohlasa farzandlarining telefonini tekshirishga haqli.

Ayolda bunday mas'uliyat yo'q. Shuning uchun unda bunday huquq ham yo'q.

Ikkinchidan, rashk qilish erkakdan talab qilingan, ayoldan emas. Erkak rashk qilib ayolning telefoniga qarab ko'rsa, ayol buni qabul qilishi kerak. Ayol rashk qilganda eridan ruxsat so'rab olsa bo'ladi — agar eri bersa. Albatta, erkak ham ayolidan ruxsat so'rab oladi. Lekin bu odob yuzasidan.

Erkak ayolining telefonini olib ko'radigan bo'lsa, shaxsiy chegaralarga rioya qilishga harakat qilishi lozim. Masalan, ayollar bilan yoki yaqinlari bilan yozishmalariga zaruratsiz, ruxsatsiz kirmasin. Shuningdek, telegram profilini ulab olish kabi ishlar oshiqcha deb o'ylayman. Bu haddan oshish, chegaralarni buzishdir.

Shunday qilinsa, ayol biror dugonasi bilan ham bemalol yozisha olmaydi. O'zini ishonilmagan kishi deb biladi. Eri ayoliga kelgan xabarlarga kirib qolishi kabi noqulay holatlar yuzaga keladi.

Agar shu darajada ishonmasangiz, telegram nima kerak, oila nima kerak?! Men yuqorida vaqti-vaqti bilan telefonga bir qarab qo'yishni ishonchsizlik uchun aytmadim — er o'zidagi mas'uliyat yuzasidan qarab ko'rishni lozim topsa bu imkoniyatdan foydalanadi. Buni o'zi vaziyatga ko'ra ixtiyor qilishi yoki qilmasligi mumkin. Lekin telegramini ulab olish aniq ishonchsizlik-da.

#telephone

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯10151👍24🤔11😱5🔥1😁1💔1
Uchrashuvga chiqish faqat oila qurish uchun kerak emas, oila qurganingizdan keyin yillar o'tsa ham juftingiz bilan yolg'iz uchrashuvga chiqib turing.

— Bugun sizni uchrashuvga taklif qilsam maylimi?

deyish bilan uni baxtiyor qiling. Hech qanday sababsiz, biror aybingizni yuvish uchun ham emas, shunchaki, sababsiz uchrashuvga taklif qiling.

Balki qimmatbaho restoranga bormassiz. Mayli, choy yoki qahva ichib bo'lsa ham qo'llaridan tutib, ko'zlariga termulib, dildan suhbat quring.

Yoki diet kafe ham yaxshi variant — 24/7 ishlaydi. )

#Tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
83😁54👍18❤‍🔥4🔥4💯4💔1
Er ro‘zg‘or xarajatlarini qoplashining o‘zi katta sovg‘a: uy ijara yoki ipoteka to‘lovini to‘lashi, gaz, elektr, suv, chiqindi to‘lovlarini ado etishi, bolalari va xotiniga zarur kiyim-kechak olib berishi — bularning barchasi juda katta sovg‘a hisoblanadi.

Oqila ayol buni tushunadi va ortiqcha narsa kutmaydi. Har doim nimanidir kutadigan ayol esa ruhiy jihatdan sog‘lom emas — u psixolog yoki psixiatrga murojaat qilishi lozim.

Fayzuddin Mumin

#ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁116👍4228🤔15💯12💔10🔥6😱5🌚5
Men muhabbatni tanladim.
Chunki nafrat — ko‘tarib yurishga juda og‘ir yuk.

Martin Lyuter King

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
63💯21🔥12👏4💔4
🍲 Tariq yormasini yeyish

Oddiygina tariq yormasi ko‘p narsaga davo bo‘lishi mumkin.

U qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi. Shuning uchun yurak-qon tomiridan qiynaladiganlarga ayniqsa foydali.

Tarkibidagi foydali moddalar suyaklarni mustahkamlaydi. Bolalarga ham, keksalarga ham suyakka quvvat beradi.

Ortiqcha yog‘ to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ichakni tozalaydi, zararli moddalarni chiqaradi. Shu bois vaznini nazorat qilmoqchi bo‘lganlar uchun ham yaxshi yordamchi.

Shu oddiygina donni pishirib iste’mol qilish kifoya. Asosiysi, muntazamlik.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
25🔥10👍4
Assalomu alaykum, azizlar!

1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bizni kuzatib turgan barcha ustozlarni tabriklaymiz!

Ilmingiz yanada ziyoda bo'lsin! Mashaqqatli kasbingizni muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#tabrik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
64🔥11🥰4👍3
🔥6
Dunyo tashvishlaridan bezib, xotirjamlik, o'zga bir olam istagan vaqtingizda kitoblar qanday ham yaxshi yechimdir!

#kitob

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
72💯28🥰11
2025/10/19 20:59:47
Back to Top
HTML Embed Code: