Nazorat doirasi
Ba’zan biz hammani, hamma narsani nazorat qilgimiz keladi. Farzandimizning har bir so‘zini, turmush o‘rtog‘imizning har bir harakatini, hatto boshqalarning biz haqimizdagi fikrini ham. Ammo bu insonni charchatadi. Qancha urinmang, baribir hammasini boshqara olmaysiz.
Shu sabab, o‘zingiz haqingizda o'ylang. Siz nazorat qila oladigan yagona doira — bu o‘zingiz.
Fikrlaringizni, so‘zlaringizni, tanlovlaringizni, hislaringizni, harakatlaringizni.
Shularni e’tibor bilan boshqara olgan ayol sokin, xotirjam va barqaror bo‘ladi.
Bugun bir daqiqa to‘xtang-da, shunchaki o‘ylang:
“Men bugun o‘zimni qanday tutdim?”
“Nimani o‘zgartira olaman?”
Hayotingizni o‘zgartirish shu savollardan boshlanadi.
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

❤48🔥17👍12
Forwarded from Tarbiyachi nashriyoti
Taqrizlar tanlovi | noyabr
Taqriz — kitob haqidagi fikr-mulohazalar, olgan foydalaringiz, kitobning mazmuni bilan tanishtiruv
Noyabr oyida G'iyosiddin Yusufning "Bola va pul" kitobi bo'yicha taqrizlar tanlovi e'lon qilamiz.
O'zingiz yoki farzandingiz (yoki birgalikda) bu kitobni o'qib, kitobdan olgan taassurotlaringiz, fikr-mulohazalaringizni matn shaklida noyabr oyining oxirigacha @Tarbiyachinashr adminiga yuborishingiz kerak.
Mukofotlar:
1-o'rin uchun: "Sevdirib tarbiyalang", "Lider bola" va "Go'zal xulqlar" kitobi.
2-o'rin: "Tarbiya-chi?" va "Go'zal xulqlar" kitobi.
3-o'rin: "Lider bola" kitobi.
Natijalar nashriyotimizning sahifasida e'lon qilinadi.
@Tarbiyachi_nashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤14🔥4🥰3
Har bir qiz bosh qo'ymoq uchun ishonchli bir yelka istaydi!
#Oila_qurish #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Oila_qurish #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
51❤69💯31👍13🔥8
Mukofot va jazo
Boladan yaxshi xulq va maqtovga sazovor ish sodir boʻlsa, uni taqdirlash va xursand boʻladigan narsa ila mukofotlash hamda odamlar huzurida maqtash lozim.
Ba’zi holatdarda mazkur ishlarga xilof narsani sodir qilsa, oʻzini bilmaganga solib, uning aybini oshkor qilmaslik kerak. Agar oʻsha noma’qul narsani yana qaytadan qilsa, hech kimga bildirmay jazolash va odamlar bilib qolsa, uyat qilishlarini uqtirgan yaxshi. Ammo jazo koʻpaytirib yuborilmasin. Chunki bu narsa bolaning betini qotirib qoʻyadi. Keyin uyalmay har narsani qilishga odatlanib qoladi. Ota bolasi huzurida oʻz haybatini saqlab turishi kerak. Ona bolasini otasi ila ogohlantirib tursin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

❤19🔥8🥰8
Xotiningiz telefon qilganingizda darrov “Labbay, begim!” deya javob bera olmayaptimi?
Telefon qayoqdadir yotgan, o‘zi esa nimadir qilayotgan, nimanidir o‘rganayotgan yoki boshqaga o‘rgatayotgan, o‘zining yumushlari va qiziqishlari bilan band bo‘layaptimi?
Sizga ham tinmay telefon qilib, SMS yozib bezovta qila bermaydimi?
Unda sizga rostdan ham “maza” ekan — xotirjam er ekansiz.
Chunki ayol kishi nimadir foydali ish bilan band bo‘lmasa, eri bilan band bo‘lib qoladi. Paranoiyaga beriladi. Quloq-miyangizni yeydi.
Shuning uchun keyingi safar telefoningizga darrov javob bera olmasa, o‘dag‘aylamang — aksincha, xursand bo‘ling. 😄
Fayzuddin Mumin
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Telefon qayoqdadir yotgan, o‘zi esa nimadir qilayotgan, nimanidir o‘rganayotgan yoki boshqaga o‘rgatayotgan, o‘zining yumushlari va qiziqishlari bilan band bo‘layaptimi?
Sizga ham tinmay telefon qilib, SMS yozib bezovta qila bermaydimi?
Unda sizga rostdan ham “maza” ekan — xotirjam er ekansiz.
Chunki ayol kishi nimadir foydali ish bilan band bo‘lmasa, eri bilan band bo‘lib qoladi. Paranoiyaga beriladi. Quloq-miyangizni yeydi.
Shuning uchun keyingi safar telefoningizga darrov javob bera olmasa, o‘dag‘aylamang — aksincha, xursand bo‘ling. 😄
Fayzuddin Mumin
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁133❤24👍18💯5👏3💔3
Men janjal yoki kelishmovchiliklar uchun juda qiziq mashq topdim — “teskari janjal” deb ataladi!
Mazmuni shundan iboratki, nizolashilgan paytda juftliklar o‘rin almashishadi: har kim o‘z juftining fikrini himoya qila boshlaydi.
Masalan, er dam olish kunini divanda yotib o‘tkazish kerak deb hisoblaydi, siz esa qarindoshlarnikiga borishni xohlaysiz. Bu mashqda siz unga nega uyda qolish yaxshiroq ekanini isbotlashga urinasiz, u esa aksincha — nega qarindoshlarnikiga borish kerakligini himoya qiladi.
🩷 Bu nafaqat janjalni yumshatadi, balki empatiyani rivojlantiradi — siz bir-biringizning ko‘zi bilan holatga qarashni o‘rganasiz. Ustiga-ustak, bu jarayon o‘zi juda kulgili kechadi.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mazmuni shundan iboratki, nizolashilgan paytda juftliklar o‘rin almashishadi: har kim o‘z juftining fikrini himoya qila boshlaydi.
Masalan, er dam olish kunini divanda yotib o‘tkazish kerak deb hisoblaydi, siz esa qarindoshlarnikiga borishni xohlaysiz. Bu mashqda siz unga nega uyda qolish yaxshiroq ekanini isbotlashga urinasiz, u esa aksincha — nega qarindoshlarnikiga borish kerakligini himoya qiladi.
🩷 Bu nafaqat janjalni yumshatadi, balki empatiyani rivojlantiradi — siz bir-biringizning ko‘zi bilan holatga qarashni o‘rganasiz. Ustiga-ustak, bu jarayon o‘zi juda kulgili kechadi.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁88❤32👍9🔥3👏2
“Bekorchi” ayollar
Farzandlarining tarbiyasi, turmush o‘rtog‘ining parvarishini o‘ylagan hech bir ayol havas uchun ko‘chaga chiqib ishlamaydi. Yo moddiy ehtiyoj, yo ishning unga bo‘lgan ehtiyoji sababli ishlaydi odatda. Ularni malomat qilmaymiz, munosib joyda, yaxshi holatda ishlashayotgan bo‘lsa, bo‘ldi.
Uyda o‘tirgan ayollar tashqaridan qaraganda ishsizdek ko‘rinadi – unday emas. Ular farzand tarbiyasi, ro‘zg‘or ishlariyu turmush o‘rtog‘ining parvarishi bilan band bo‘lishadi. Uzr-ku ya, ular ishchidan ko‘ra yuqori maqomda deb bilaman: ular beka, uyning bekasi! Albatta, kimningdir qo‘lida ishlagandan ko‘ra bekalik yuqori maqomdir.
Ikki toifa ayollarni ham hurmat qilamiz. Takror aytamanki, ehtiyoj bo‘lmasa, ayol ishlamaydi. Ishlaydigan ayollarni kamsitishdan tamoman yiroqman. Yana aytamanki, onaning bekorchisi bo‘lmaydi! Barcha ayollar ishlaydilar!
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

❤97👍21💯17🔥11❤🔥2🤔2🎉1
"Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax olovidan asrang".
Xayriya haqida
Ehsoningiz uchun: 9860160605493933
👍12❤2
Bir kishi imom Sha’biydan so‘radi:
- Shayx, to‘ydan keyin bilsam, xotinim oqsoq ekan. Talog‘ini bersammikin?
Shayx:
- Unga o‘zishmachoq o‘ynash uchun uylangan bo‘lsang, mayli, talog‘ini beraver, - deb javob berdilar. 😁
#Tabassum
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

1😁67👍6❤5🥰2👏1🌚1💔1
Uyqu uchun joy va kun tartibi
Bola necha yoshda boʻlishidan qat’i nazar oʻz uyqu joyiga ega boʻlishi juda muhimdir. Farzandingiz doimo bir joyda uxlashi kerak. Agar u kichik yoshda boʻlsa, siz xonani oʻta yorqin va rangli narsalar bilan toʻldirmasligingiz va oʻyinchoqlarini yotoq joyiga qoʻymasligingiz kerak. Bola ulgʻayganida esa, aksincha, unga sevimli oʻyinchogʻi bilan uxlashga ruxsat bering.
Uyquga ketishda muhimroq narsa kun tartibiga amal qilishdir. Farzandingiz uchun ma’lum bir jadval tuzishga harakat qiling va har kuni bir vaqtning oʻzida hamma narsani bajarishga harakat qiling. Bu bolaga uyquni ma’lum bir odat sifatida qabul qilishga yordam berib, u tezroq va osonroq uyquga ketadi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Bola necha yoshda boʻlishidan qat’i nazar oʻz uyqu joyiga ega boʻlishi juda muhimdir. Farzandingiz doimo bir joyda uxlashi kerak. Agar u kichik yoshda boʻlsa, siz xonani oʻta yorqin va rangli narsalar bilan toʻldirmasligingiz va oʻyinchoqlarini yotoq joyiga qoʻymasligingiz kerak. Bola ulgʻayganida esa, aksincha, unga sevimli oʻyinchogʻi bilan uxlashga ruxsat bering.
Uyquga ketishda muhimroq narsa kun tartibiga amal qilishdir. Farzandingiz uchun ma’lum bir jadval tuzishga harakat qiling va har kuni bir vaqtning oʻzida hamma narsani bajarishga harakat qiling. Bu bolaga uyquni ma’lum bir odat sifatida qabul qilishga yordam berib, u tezroq va osonroq uyquga ketadi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
❤22👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanish arafasidagi yoshlarga tavsiya
#oila_qurish
#tavsiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#oila_qurish
#tavsiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1❤18👍7🤔3🥰2
Asalni kechqurun iste’mol qilishning foydalari 🍯
Asal qadimdan nafaqat shirinlik, balki tabiiy davo sifatida ham qadrlanadi. Zamonaviy tadqiqotlar ham uni kechqurun iste’mol qilish organizm uchun bir qator foydali ta’sirlar berishini tasdiqlaydi.
✅ Uyqu sifatini yaxshilaydi
Asal tarkibidagi tabiiy shakar miya faoliyatini tinchlantiradi va melatonin — uyqu gormoni ishlab chiqilishini rag‘batlantiradi. Shu sababli, uyqudan oldin bir choy qoshiq asal iste’mol qilish yaxshi dam olishga yordam beradi. Ayniqsa, uni iliq chamomilla (romashka) choyi bilan ichish tinchlantiruvchi ta’sirni kuchaytiradi.
✅ Moddalar almashinuvini yaxshilaydi
Tungi dam olish paytida organizm yog‘larni parchalash jarayonini davom ettiradi. Asal bu jarayonni metabolizmni faollashtirish orqali yaxshilaydi. Shuning uchun u ozish jarayonida tabiiy yordamchi hisoblanadi.
✅ Jigar faoliyatini yaxshilaydi
Asal detoksikatsiya jarayonini, ya’ni toksinlarni chiqarish faoliyatini yaxshilaydi. Uni qovoq sharbati bilan birga iste’mol qilish jigar uchun juda foydalidir.
✅ Immunitetni yaxshilaydi
Asalga mayda to‘g‘ralgan sarimsoq qo‘shib, aralashmani bir necha soat tindirib, har kuni kechqurun bir choy qoshiq iste’mol qilish immunni yaxshilaydi. Tadqiqotlar bu kombinatsiya bakteriyalarga qarshi tabiiy himoya vositasi sifatida samarali ekanini ko‘rsatgan.
✅ Ertalab energiya beradi
Asal bilan ichilgan bir stakan iliq suv ertalab tanani energiya bilan to‘ldiradi, ichak faoliyatini yaxshilaydi va kun davomida quvvat beradi.
🍯 Xulosa: asal — tabiiy energiya manbayi, tinchlantiruvchi va sog‘likni yaxshilovchi mahsulot. Eng muhimi, uni me’yorida iste’mol qilish kerak — har kecha 1 choy qoshiq kifoya.
#Salomatlik

❤32👍8🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizda vaqti kelmadimi?
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤29❤🔥8💔4👍2
Forwarded from Turakulov Economics
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizga uchun eng katta sovg'a – bu SIZ!
Yosh oilalarga va yaqinda turmush qurmoqchi bo'lgan yigit-qizlarimiz uchun oilaviy kursimiz!
"MONTESSORI 0-3 YOSH " OTA-ONALAR UCHUN kursiga qabul ochiq!
Qabul 20- noyabrgacha!
Kursda o'zim ham:
"Raqamli dunyoda farzand tarbiyasi" darslar silsilasida va savol-javoblar qismida ishtirok etaman.
Kursimiz 1+1, ya'ni oilada bir kishi sotib olsa turmush o'rtog'iga bepul.
Manzilimiz:
@englishmontessori_withmykids
Hurmat bilan,
Valijon Turakulov
@v_turakulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Farzandingiz bolaligini
boladek o‘tkazsin
Bir burchakda jim o‘tiradigan, yugurmaydigan, ba’zan o‘zini noto‘g‘ri tutadigan, ovqatlanish stolidagi tartibni buzmaydigan bola kuchli emotsional va psixologik bosim ostida bo‘ladi. Bolaning bolaligini ortiqcha qoidalar va jazolar bilan cheklab qo‘ymang. Bu bosim har doim ham qoidalar va jazolar bilan belgilanmaydi. Farzandingizga bilmagan holda bergan xabarlaringiz tufayli “Shu ishni qilsang, afsuslanasan”, “Sho‘xliging meni kasal qilib qo‘yyapti” kabi xabarlaringiz tufayli bolangiz sizni xafa qilmaslik uchun o‘zini yaxshi tutishi mumkin, lekin u yashay olmaydi, o‘z bolaligida yashay olmaydi. Bu uning hayoti davomida yuragining bir joyida yara bo‘lib qoladi.

🔥17💔15💯6❤3