Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oddiy narsalarni eslatib turishdan charchamang

Agar bola tartib haqidagi hamma qoidalarni eslab qololmasa, xafa bo‘lmang. Har kuni oddiy narsalarni eslatib turishdan charchamang.

Quyidagi elementar talablarni takrorlab turing:
● hojatxonadan keyin qo‘lni yuvish;
● ovqatdan so‘ng tishlarni yuvish;
● qo‘lni artib bo‘lgandan keyin sochiqni to‘g‘rilab qo‘yish;
● oyoq kiyimni yechgandan keyin uni o‘z joyiga qo‘yish.

Bu eslatmalarning birortasi ham g‘ashingizni keltir­masin. Qoidalarga o‘z-o‘zidan amal qilinmasa, bola­ngizga baqirmang. “Bolalar ataylab mening g‘ashimni keltiradi” degan o‘ylardan uzoq bo‘ling. Aslini olganda, ular bu kichik qoidalarni eslab qololmaydilar. Ko‘p marta takror qilib eslatish bir kun o‘z samarasini beradi va bola ongida mustahkamlanadi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Savolingiz bormi?

Yechim kanaliga o‘ting — 700 ga yaqin savol-javoblar sizni kutmoqda!

Mavzular:
• Oila qurish
• Muammo
• Tarbiya
• Munosabatlar

🔝 Bot orqali o'zingiz ham savol yo'llashingiz mumkin.

Kanalga o'tish

Bu ham o'zimizning kanal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Er-xotin orasidagi 7 foydali odat

1. Minnatdorchilik bildiring.


Ko‘p narsa odatga aylanib ketadi:
choy damlab berishi, mashinada olib borishi, sochingizni quritib qo'yishi…

Lekin shuni unutmang: har bir “odatiy” ish ortida e’tibor bor. Har bir mayda harakatda “men seni qadrlayman” degan jim signal bor.

Va bu signalni siz ham qabul qilib, javob qaytarishingiz kerak:
“Rahmat, sevgilim”.
“Rahmat eslaganing uchun".
“Barakalla, har doim meni o‘ylaysan”.

Bu oddiy so‘zlar emas, bu qalbdan chiqqan minnatdorchilik.
U insonga qadrlanganlik hissini beradi.
Va hamisha munosabatlaringizni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Agar ushbu postga 500 ta reaksiya bildirilsa, 2-foydali odatni ham aytamiz, inshaalloh.

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkaklar odatda ayoliga nisbatan talabchan, tanqid ko'z bilan qaraydigan bo'ladi. Shuning uchun er ayolini maqtab, unga samimiy minnatdorchilik bildirsa, bu ayol haqiqatda yaxshi ayol ekan deyish mumkin.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uyqu yetishmasligi bolaga qanday ta'sir qiladi?

Uyqu yetishmasligi jismoniy rivojni sekinlashtirishi mumkin. Chuqur uyqu fazalarida qonda o‘sish gormoni faollashadi. Uyqu buzilishi esa bu gormonning pa­sayishiga, bu esa bolada vazn va bo‘yning kamayishiga olib keladi.

Uyqu yetishmasligi immunitetga ham ta’sir qiladi. Immunitetni mustahkamlovchi interleykin-1 moddasi uyqu vaqtida ajraladi. Uyqu buzilishi davrlarida bola immuniteti pasayishi mumkin. Uyqu yetishmasligidan qiynalayotgan bolalar jarohatlar va baxtsiz hodisalarga beriluvchan bo‘lishadi. Uyqu yetishmasligi motorikaga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yetarlicha uxlamaydigan bolalar baxtsiz hodisalarga tez uchrashlari mumkin. Ular bolalar maydonchasida jarohatlanishlari yoki velosipeddan yiqilib tushishlari mumkin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Zaifa ayol har bir ishda erini aybdor deb biladi, kuchli ayol esa uni jazolaydi.

#tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitobxon bolalar klubi

Biz o'tgan ikki yarim oy davomida bolajonlar bilan birgalikda 4 ta kitob o'qib tugatdik. Har kuni 10 bet atrofida o'qiymiz.

Har bir kitob mutolaasidan so'ng bolajonlarga elektron sertifikat beriladi. Imkon qadar kitob bo'yicha ovozli chatda muhokama qilamiz. Eng yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchi va ota-onasiga kitoblar sovg'a qilinadi.

Navbatdagi kitobimiz "Go'zal xulqlar" bo'ladi. Ushbu kitob asosida videodarslar yoza boshlaganmiz, ularni ham yopiq kanalda ulashamiz, inshaalloh.

Shuningdek, Adem Guneshning farzand tarbiyasiga doir kitobini ota-onalarga sharhlab beryapman. Bu ham davom etadi.

Yopiq kanalga qo'shilish oyiga atigi 18 ming so'm. So'rov yuborish uchun havola: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy

Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda obuna bo'lish degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda to'lov qilasiz. Texnik muammolar bo'yicha: @TeXizmatbot
Er-xotin orasidagi 7 foydali odat — 2

Eshitishni emas, tushunishni o‘rganing

Bir gapni aytamiz, lekin juftimiz boshqa narsani tushunadi. Chunki ba’zida odam aytganini eshittirmaydi, his qilganini chiqaradi.

Shuning uchun eshitishning o‘zi yetmaydi. Tushunish kerak.

Gapning orqasidagi yurakni, so‘zlardagi ohangni, jimlikdagi ishorani.

“Aytayotgan gapimga emas, menga quloq sol” degan ichki signalni ilg‘ash.

Bu odat juftingizni sizga yaqinlashtiradi. U endi o‘zini faqat eshitilgan emas, tushunilgan deb his qiladi. Bu esa munosabatni har qanday muhokamadan kuchliroq bog‘laydi.

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishi bilan do'konma-do'kon yurish oson emas. Erkaklar tezda zerikib qoladi, lekin buni ham g'animat damlar, ayolingiz bilan birga aylanish uchun fursat deb bilsangiz, ancha yengil o'tadi. 😊

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar va uyqu

Uyquning bolalar hayotidagi oʻrni

Uyqu bolalarning sogʻligʻi va rivojlanishi uchun asosiy ahamiyatga ega. Toʻgʻri va yetarli uyqu bolalarning aqliy, jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilashga yordam beradi. Uyqu vaqtida bolalarning organizmi tiklanadi, ularning miyasi oʻrgangan ma’lumotlarini qayta ishlaydi va saqlaydi, immun tizimi mustahkamlanadi.
 
Bolalar qancha uxlashi kerak?

Turli yoshdagi bolalar uchun kerakli uyqu miqdori farq qiladi:
– yangi tugʻilgan chaqaloqlar (0-3 oylik): kundalik 14-17 soat;
– chaqaloqlar (4-11 oylik): kundalik 12-15 soat;
– bir yoshdan ikki yoshgacha bolalar: kundalik 11-14 soat;
– uch yoshdan besh yoshgacha bolalar: kundalik 10-13 soat;
– olti yoshdan oʻn ikki yoshgacha bolalar: kundalik 9-12 soat;
– oʻsmirlar (13-18 yosh): kundalik 8-10 soat.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Qizlar, oila qurishdagi eng muhim jihatlardan biri ....

Ko'rish

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​#Ayollar, juftingizga shirin so‘zlar aytib, hamisha sizga kerakligini his qildiring! Sizni tanlaganidan hech qachon afsuslanmasin, aksincha sizga uylanganidan faxrlansin! 🥰

Sizni boshida ko‘tarib yurishini istasangiz, "begim, sultonim, hayotim mazmuni..." deb erkalang. Yoningizda bo‘lganida ko‘nglingiz yorishishini, o‘zingizni baxtli his etishingizni aytib eringizni xushnud eting.

Undan hamisha kuch olishingizni, sevgisi bilan sizni qamrab olishini gapirib, eringizni quvontiring! U bilan birga bo‘lish, birga kitob o‘qish ta'riflab bo‘lmas zavq berishini aytishdan hech qachon charchamang!

Xullas kalom, bir-biringizni qadrlab, sevib yashang... 🥰

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
JUFTINGIZNING KAMCHILIKLARIGA QARAB YASHAMANG

Insonni uning fazilatlarini o‘ylab sevish oson.

Har qanday munosabatda ikkala tomonning ham kamchiliklari, ojizliklari bo‘ladi. Ammo siz o‘sha kamchiliklarga qaramay juftingizni sevishni istasangiz, o‘zingizdan so‘rang: uni bunchalik sevib qolishingizga aynan nima sabab bo‘lgan edi?

✏️ Uning g‘alati odatlarini tushunishga harakat qiling, hazil-mutoyiba bilan yondashing va ko‘proq tabassum qiling!

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@engarzonbiletchi obunachilari uchun Saudiyaga tekin, shinam mehmonxonalar tarqatilmoqda!

Shuningdek, ushbu kanal orqali vaqti-vaqti bilan Saudiyaga tekin aviachiptalar ham taqdim etiladi.

Yil davomida Saudiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar $50 dan $200 gacha bo‘lgan narxlarda taklif etiladi. Bu chiptalar oldindan sotib olingan va katta chegirmali, bunday narxlar hech qaysi bilet saytida yo‘q!

Hoziroq obuna bo‘ling 👉🏻 @engarzonbiletchi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaynonangizning holidan xabar olib turasizlarmi, kelinlar?

#Tabassum

♻️ Tabassum ulashing!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
691-savol: Tushunmovchilik

Assalomu alaykum.

Savolim biroz nozik. Yaqinda qaynonam bilan safarga chiqqandik. Safarda bir erkak (qaynonamdan yoshroq, mendan esa katta) qaynonamga juda iltifotli muomala qildi. Menga esa behayo ko‘z tashlab, ko‘p qaradi. Qaynonam esa uni menga xushomad qilyapti deb tushunib, quvona boshladilar. Men esa o‘zimni noqulay his qildim, lekin bu holatni ularga ochiq aytolmadim.

Bir safar u erkak menga qarab turganini qaynonam ko‘rib qoldilar, shu holat ularga yoqmadi shekilli, menga nisbatan sovuq va g‘azabli munosabatda bo‘lib qolishdi. O‘shandan beri o‘rtamizda sovuqchilik paydo bo‘ldi, men esa aybsiz aybdordek bo‘lib yuribman. Ichim og‘riyapti, aytay desam, yana norozi bo‘lib qolishlaridan qo‘rqaman.

Sizdan so‘ramoqchiman: bu holatda qaynonamga bor haqiqatni aytishim kerakmi? Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shuning uchun erkak kishisiz safarga chiqmaslik kerak!

Qaynonangiz bilan samimiy, ochiq, yotig'i bilan gaplashib olib, orangizdagi tushunmovchilikni bartaraf qilishga harakat qiling.

#Muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
Kosmetika sumkangiz dorilar sumkangizdan katta bo‘lsa, demak, hali yoshsiz.

#tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/07/04 09:28:57
Back to Top
HTML Embed Code: