Telegram Web Link
“28 APREL - BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

📍Batafsil

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🌎Telegram
“28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali va boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan seminar tashkil etildi. Unda Filial boʻlim boshliqlari, shahar-tuman gaz taʼminoti boʻlimlarining mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha yetakchi muhandislari va kasaba uyushma qoʻmita raislari ishtirok etdilar.

Seminar davomida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasidagi siyosatda ishchi-xodimlar hayoti va sogʻligʻi ustuvorligini taʼminlash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklarining oldini olish ustuvor vazifa sanalishi alohida taʼkidlandi.

Shu kuni boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan sohada faoliyat koʻrsatib, barchaga o'rnak bo'lib kelayotgan bir guruh mutaxassislarni taqdirladi.


"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🌎Telegram
#Xushxabar

O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan viloyat ko‘rik-tanlovining "Eng yaxshi tashkilot" nominatsiyasi bo‘yicha" "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali 1-o‘rinni egalladi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🌎Telegram
#Hududgaz_e'loni
#Denov_tuman

📣 Matbuot anjumani: Tabiiy gaz ta’minotidagi islohotlar

🗓 30-aprel kuni soat 10:00 da “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida “Tabiiy gaz ta’minotidagi islohotlar, uning bozor mexanizmlariga o‘tish chora-tadbirlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🎤 Tadbirda viloyat prokuraturasi hamda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali mas’ullari ishtirok etib, jurnalist va blogerlarning savollariga javob beradi.

📞 Agar Sizda mavzu yuzasidan savol, murojaat, ariza yoki shikoyat bo‘lsa, 1104 yoki
+998762212510 raqamli “Ishonch telefoni” orqali yo‘llashingiz mumkin.

🔰 Media tadbirga barcha jurnalist va blogerlarni taklif etamiz!

📍 Manzil: Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining faollar zalida bo'lib o'tadi.

🌎Telegram
#jarayon
#Seminar_davomida

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


🌎Telegram
2024/05/20 00:34:39
Back to Top
HTML Embed Code: