Forwarded from Sherboyev Murodbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat texnika instituti rektori v.v.b S.Aliyev va Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor M.Sherboyev tashabbusi bilan institutining ikkinchi talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarga kechki dasturxon tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Chempionlar "chempionlik" maqomini oʻzida munosib saqlab qoldi!
Yakuniy natijalarga koʻra ketma-ket ikkinchi mavsumda ham Avtomobilsozlik va transport fakultetining "Turon" jamoasi Oltin Liga kubogini boshi uzra koʻtarib, chempionlikni tantana qilishdi. Ikkinchi oʻrinni Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetining "IB&KT" jamoasi egallagan boʻlsa, uchinchi oʻrinni Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining "Istiqlol" jamoasiga nasib etdi.
Chempion va sovrindor jamoalarni ajoyib natija bilan muborakbod etamiz!
✅ Bizni kuzatishda davom eting!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Andijon davlat texnika institutida "Talabalar bahori" festivali doirasida fakultetlararo kibersportning Counter Strike 1.6 turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin kechgan musobaqa yakuniy natijalariga koʻra faxrli birinchi oʻrinni Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti, ikkinchi oʻrinni Qurilish muhandisligi va arxitektura fakulteti va uchinchi oʻrinni Elektr va energetika muhandisligi fakulteti jamoalariga nasib etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
“Talabalar bahori” festivali o‘tkazildi
Andijon davlat texnika institutida "Talabalar bahori" festivali o'tkazildi. Yoshlar, tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.
Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanalib, yoshlarning barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yosh avlodda milliy ruhiyatni shakllantirish, qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida Andijon davlat texnika institutida “Talabalar bahori” festivali o‘tkazildi.
Festival doirasida “Bahoriy taomlar dasturxonlari” tanlovi, “Osh musobaqasi” tashkil etildi.
Yangi adabiyotlar va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi, milliy folklor kuy-qo‘shiqlariga monand raqslar, mushoira kechasi hamda davra suhbatlari barchaga manzur bo‘ldi.
“Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida talaba yigitlar va qizlar o‘rtasida sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka, armrestling, kibersport musobaqalari o‘tkazildi.
Shundan so‘ng festivalning badiiy qism katta tantanalar bilan boshlandi.
Tantanali tadbirni Andijon davlat texnika instituti rektori v.v.b Suxrob Aliyev samimiy tilaklar bilan ochib berdi.
Yoshlar ijrosida “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston yoshlari” qo‘shiqlari, “QVZ shou”, qo‘shiqlar guldastasi taqdim etildi.
Tadbir davomida “Talabalar bahori” festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar g‘oliblari hamda har tomonlama faol bo‘lgan talabalar taqdirlandi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM