Telegram Web Link
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Andijon davlat texnika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ahmadbek Yusupov ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda Andijon davlat texnika instituti va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutlari prorektorlari, ilmiy bo'lim boshliqlari, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar raislari va kotiblari, tadqiqotchilar hamda doktorantlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga, jamiyat va davlat ehtiyojlarini, fan, taʼlim, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, doktorantlar uchun ilmiy ishlarni yozish tartib-qoidalari boʻyicha umumiy tushunchalar va sohaga oid boshqa yangiliklar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻtkazilgan muloqot davomida ilmiy daraja va unvonlarni berish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, kengashlarning faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Sayyor qabul davomida rais yosh olimlar tomonidan ilmiy faoliyat, doktorantura himoya masalalari, komissiya faoliyatiga oid qiynayotgan muammolar boʻyicha berilgan savollarga javob berdi. Shuningdek ishtirokchilarning taklif va fikr-mulohazalarini tingladi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga va jismoniy faollikka jalb qilish maqsadida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

Viloyatimizdagi “Universal” sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqada Andijon davlat texnika instituti talabalari xam o‘zlarining intellektual salohiyati, tezkor fikrlashini namoyon etdilar. Unda barcha davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etdi. Mazkur tadbir talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy va aqliy salohiyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

💵 “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlatlararo kengash shafeligida, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa hamkor davlatlar prokuratura idoralari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” nomli yoshlar o‘rtasidagi xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi.

👥 Tanlovda 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

✔️Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

➡️Eng yaxshi plakat – kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan holda.
➡️Eng yaxshi rasm – qo‘lda chizilgan ijodiy ish, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan.
➡️Eng yaxshi video – mp4 formatda, 3840x2160 pikseldan ortiq bo‘lmagan, hajmi 300 MB gacha.

🏅Tanlov g‘olib va sovrindorlari tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikat va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

🗓 Tanlovga arizalar joriy yining 1-mayidan – 1-oktabrigacha qabul qilinadi.
🌐 Ariza yuborish: www.anticorruption.life

➡️ Ishtirokchi ariza namunasi

➡️ Batafsil tanlov nizomi

📣 Barchani ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
#YoshlarKuni

Qadrli yurtimiz yoshlari!

🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni – bu kun sizlarning orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingizga bag‘ishlangan muhim sanadir.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarni samimiy qutlaydi!

Siz – ertangi kun bunyodkorlari, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotiga yo‘l ochuvchi kuchsiz. Har biringizning bilimga bo‘lgan intiluvchanligingiz, yangilikka chanqoqligingiz va mehnatsevarligingiz – yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Ilm izlang, sadoqatli bo‘ling, orzularingiz sari dadil intiling. Yangi g‘oyalar, kreativ fikrlar va zamonaviy yondashuvlar bilan kelajakka yo‘l oching!

Har bir kuningiz izlanish, o‘sish va yutuqlarga boy bo‘lsin!

Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2025/07/08 19:28:15
Back to Top
HTML Embed Code: