Telegram Web Link
#dsolzarb_90_kun
🔹 Talabalarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida 2025-yil 7-iyul  kuni  Andijon davlat texnika instituti  Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti fakultet tyutori F. Aslanov  talabalar bilan birgalikda Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

🏛 Muzeyga uyushtirilgan ushbu sayohat davomida talabalarimiz Andijon viloyatining boy tarixi, madaniyati, qadimiy yodgorliklari va ajdodlarimiz merosi haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali o‘tmishdan saboq olib, milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.

📸 Tadbir davomida esdalik suratlari olindi, talabalarning taassurotlari ijobiy bo‘ldi.

🧠 Ilm, tarix va ma’naviyat uyg‘unligidagi bu kabi tashabbuslar yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 "MEN SEVGAN ASAR" – YURAKDAN CHIQQAN ILHOMLI TASVIR

📌 Andijon davlat texnika instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti 1-bosqich "Mexatronika va robototexnika" yo‘nalishi talabasi Sobirov Avazbek o‘zining ijodiy qobiliyati, kitobga bo‘lgan mehrini yana bir bor namoyon etdi.

📚 U tayyorlagan "Men sevgan asar" nomli videorolik o‘quvchi-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan e’tiborini oshirish, qalblarga ta’sir etgan asarlarni baham ko‘rish va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida yaratildi.

💡 Mazkur videorolikka Avazbek o‘z hissiyotlarini, asardan olgan ibratli xulosalarini zamonaviy texnologiyalar vositasida ifodalay olgan. Uning chiqishi nafaqat asarga bo‘lgan hurmat, balki o‘z ustida tinimsiz ishlash, ijodkorlik va texnik bilimlarni uyg‘unlashtirish namunasidir.

🔎 Ushbu tashabbus yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularni fikrlashga, o‘qiganlarini tahlil qilishga va uni boshqalar bilan baham ko‘rishga chorlaydi.
Forwarded from Sherboyev Murodbek
🟦🟦🟦🟦
Andijon davlat texnika instituti jamoasi CICSIC musobaqasining O‘rta Osiyo hududi finalida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.


Andijon davlat texnika instituti vakillari 2025-yilgi Xitoy xalqaro talabalar innovatsiyalari musobaqasining O‘rta Osiyo hududiy final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Musobaqa doirasida jamoa vakillari o‘z innovatsion loyihalarini taqdim etishdi va xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.

Musobaqaning ertasi kuni, jamoa sardori 2-bosqich Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi 26-23-guruh talabasi Kozimov Bekzodbek “Youth Innovation Roundtable" (Yosh innovatorlar stoli)da institut nomidan nutq so‘zladi. Nutq davomida yoshlararo xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va mintaqaviy integratsiya mavzulari yoritib berildi.

Shu kuni tushdan so‘ng bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida, 25 ta ishtirokchi jamoa orasidan 10 ta eng yaxshi loyiha “oltin medal” bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, Andijon davlat texnika instituti jamoasi ham ushbu eng yuqori baholangan jamoalar safidan joy oldi.

Mazkur 10 ta jamoalar keyingi bosqichda, ya’ni Xitoyda bo‘lib o‘tadigan xalqaro final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

✅️Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🟦Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🏐🏐🏐🏐

Bugun Andijon davlat texnika institutida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Andijon viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

✅️Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🟦Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 09:32:57
Back to Top
HTML Embed Code: