Telegram Web Link
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
#tayinlov

🔰Andijon davlat texnika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimiga Kuylikova Gavxaroy Zairovna tayinlandi.

Kuylikova Gavxaroy Zairovnani kelgusidagi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Kutubxonachilar kuni nishonlandi


Kutubxona milliy mafkurani shakllantirish, jamiyatda yuqori maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptirish, yoshlarda boy madaniy merosga hurmat, tarixiy anʼanalarga, Vatanga muhabbat, shaxsning ijodiy rivojlanishda va mustahkam oilani shakllantirishda muhim oʻrin tutadi.

Andijon davlat texnika instituti Axborot-resurs markazi ana shunday ezgu ishlarni aʼlo darajada bajarib kelayotgan maskanlardan biri hisoblanadi.

21-may — Kutubxonachilar kuni munosabati bilan markazda xodimlar va talabalar ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda Registrator ofis rahbari Tursunboy Turgʻunov , Yoshlar masalalari va ma'naviy- ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektori Murodjon Sherboyev, Axborot-resurs markazi direktori Rasuljon Mamatov, Tillar va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti falsafa fanlari nomzodi Muxiddin Nazarovlar ishtirok etdilar.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlikni keng ommalashtirish, kutubxonalarda badiiy adabiyotlarning soni va sifatini oshirish, kitobxonlik haftaliklarini muntazam ravishda tashkil etib borish masalalari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar. Institutda faoliyat olib borayotgan barcha maʼrifat va ziyo tarqatuvchi soha fidoyilarini bayram bilan tabriklashib, mashaqqatli va zahmatli, shu bilan birgalikda sharafli faoliyatlarida kuch-quvvat va zafarlar tilashdi.

Koʻp yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun bir qator xodimlar eʼtirof etilib, institut rektorining Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
1️⃣2️⃣3️⃣
"Kuling umringiz uzoq bo'ladi" nomli konsert dasturi Andijon davlat texnika institutida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Madaniyat vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari uchun lektoriy konsertlarini tashkil etish haqida”gi qoʻshma qarori ijrosi va Andijon davlat texnika institutida 2025-yil kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq hamda El ardog‘idagi san’atkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarni tashkil etish maqsadida uchrashuv va konsert dasturlari davom etmoqda.

Shu munosabat bilan, Andijon davlat texnika instituti talabalarining san’atga  bo‘lgan  qiziqishini  oshirish,  ularning dunyoqarashini kengaytirish, madaniy dam olishlarini mazmunli tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, el ardog‘idagi mashhur san’atkor Mirzabek Xolmedov institutga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar bilan xayotiy tajribalarini bo‘lishdi. Shundan so‘ng "Kuling umringiz uzoq bo'ladi" nomli konsert dasturi bo'lib o‘tdi.
Tashkil etilgan konsertda rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etib, san’atkor bilan iliq suhbat, hayotiy maslahatlar va samimiy kulgu-yo‘g‘rilgan daqiqalardan bahramand bo‘lishdi.

Ushbu tadbir nafaqat talabalarga madaniy zavq ulashdi, balki ularning tafakkurini, hayotga bo‘lgan qarashlarini boyitdi.

✅️Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🟦Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/07/10 03:50:09
Back to Top
HTML Embed Code: