Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Xalqaro press klubning “Masofada” loyihasi davom etadi!


Zamonaviy uylar orzusidamisiz? Qurilish loyihalari asoschilari bilan ochiq suhbat ”


https://www.youtube.com/watch?v=Lh8vw-KIk4I&ab_channel=Xalqaropressklub

📆Bugun
15:10 da “
Renessans” telekanalida tomosha qiling!


📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿30-iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
🏢Bashkent TJM haqida biz bilan batafsil ma'lumotga ega bo'ling!

YouTube


📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👎1🤔1
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlarini topshiradi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.


📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏21🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvidan:

Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.

Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azmu shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.

Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investisiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”, - dedi Prezidentimiz.


📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
🇺🇿 Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.

Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”
,

- dedi Prezident.


📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👏1
“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushiriladi

Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLARIMIZDAN UYALMAYLIK
yoki erkinlikni chidaganga chiqargan!


30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz kelajak avlod vakillari bilan uchrashdilar. Davlat Rahbari tomonidan misli ko‘rilmagan tashabbuslar ilgari surildi, yoshlarning ta’lim olishi, rivojlanishi, ularning xorijiy davlatlarda tahsil olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar qayd qilindi, yangi startap loyihalarining qo‘llab-quvvatlandi.

Prezidentimiz yoshlar bilan bevosita jonli muloqot qildilar, takliflarini tingladilar, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladilar. Yoshlar bir quvnadi. Bu kun ular uchun motivatsiya kuni, rag‘bat olish kuni bo‘ldi. Bu uchrashuvga men ham bordim, ishtirok etdim, kuzatdim. Bizdan bir guruh talabalar borishdi.
Prezident o‘zlarining nuqtidan so‘ng yoshlarga so‘z berdilar, jonli suhbat bo‘ldi.

Bu uchrashuvdan keyin mediani kuzatsam, bilishimcha ba’zi hamkasblarimizga yoshlarmizning Davlat Rahbariga gapirgan gaplari, bildirgan takliflari saviyasi yoqmabdi, ular qattiq uyalibdilar. Albatta, men har bitta kasbdoshimning fikrini hurmat qilaman, lekin bu fikrga qo‘shilmayman.

Mani qarashlarim:
Birinchidan bu jonli, tabiiy, oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan suhbat bo‘ldi, zalda yig‘ilgan ikki mingga yaqin yoshlardan "men" deb qo‘l ko‘targanlarni Prezidentimiz o‘zlari "qani, turing" deb so‘z berdilar ularga, ular ham o‘z takliflari, tashabbuslari, iltimos va mulohazalarini erkin bayon etdilar. Yoshlarimiz uchun ham bu kutilmagan holat bo‘ldi.

Yaqin o‘tmishimizni eslaylik, do‘stlar, eski formatdagi muloqotlar, yoshlarni oldingi rahbar bilan bitta uchrashuvga haftalab tayyorlashgan, katta amaldorlar, hamma ishini yig‘ishtirib, har bir so‘zga chiquvchilarga gap yodlatishgan, yarimta so‘zni ham, bitta harakatni ham o‘zlari emas, balki ularga "buyurilganidek" qilishgan. Hattoki shungacha borganki Prezident bilan suhbatlashgan talabalar qo‘rquvmi yo xijolatdanmi xushidan ketib qolishgan, rosa yugur yugurlar bo‘lardi. Bamisoli bollarimiz aktyor yoki robotlardek bo‘lib qolishardi.

Hozir esa vanihoyat eskicha formatdan voz kechganmiz, butunlay. Bugun bunday uchrashuvlarda soxtalik emas, tabiiylik bor, jo‘shqinlik bor, tabiiy hissiyotlar, jonli takliflar va haqiqiy tashabbuskor yoshlar. O‘ylaymanki, oldingi davrlarga hech kim qaytishni xohlamaydi, hatto, kechagi uchrashuvdan qattiq uyalgan hamkasblarimiz ham). Prezidentimizning bunday ochiq muloqotlari, nafaqat yoshlar bilan, balki boshqa soha vakillari bilan bo‘lganida ham shunday tabiiy, ochiq-oshkora bo‘lishiga doim guvoh bo‘lamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har doim, har bir insondan chiqqan taklif, tashabbus, xoh u iltimos bo‘lsin, hech qachon bee’tibor qoldirmaganlar, ijobiy qabul qilib, qo‘llab-quvvatlab, yordam beradilar. Hech kimga ilgaridek do‘q-po‘pisa yo jerkib gapirilmaydi, so‘ng rahbari hayfsan olmaydi yo ishdan haydalmaydi. Bunday ochiqlik va samimiyatni bugun hamma jabhalarda ko‘rishimiz, sezishimiz mumkin.
Bu erkinlik, bu ozodlik, bu Yangi O‘zbekistonning hurriyat shabbodasidur.

Ikkinchidan, aziz do‘stlar, kechirasiz-u, biz yoshlarimizdan uyalishimiz kerak emas, aksincha, ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, deb o‘ylayman. Ularni tinglash, gapirayotgan gaplariga quloq solish kerak. O‘zingiz tasavvur qiling, kecha o‘z taklifini bildirib, Prezident bilan so‘zlashganlarning aksariyati 18-22 yosh oralig‘ida. Ularni savoliyam yoshi darajasida bo‘ladide!
Endi, qadrli hamkasblarim, o‘zingizni shu yoshingizni tasavvur qiling, agar siz xuddi shu yoshlarimizdek 20 yoshlik chog‘ingizda Prezident sizga so‘z bersalar, qanday gapirardingiz?! Kechagi yigit-qizlarimizdek dadil, tutilmasdan gapirolarmidingiz? Bolani og‘ziga, qo‘liga uradigan payt emas hozir. Hali bola u.

Hozir e’tiroz bildirayotgan tajribali jurnalistlarimiz o‘zlarning ko‘p yillik tajribasi nuqtai nazaridan kelib chiqib, "biz bunday gapirardik, unday gapirardik" deyishyapti.
Albatta, hozirgi yoshlarimiz xuddi ulardek tajribalarga ega bo‘lishganda, bundan ham zo‘r tashabbusli, kuchli gap gapirishlari shubhasiz! ...


Sherzodxon Qudratxo'ja

📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
💊Giyohvand moddalar tahdidi. Muammo, raqamlar va chora-tadbirlar

Ko'rsatuvimiz orqali batafsil ma'lumotlarga ega bo'ling!

YouTube

📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
🇺🇿Yoshlar kuni munosabati bilan o’tkazilgan uchrashuvdan maxsus reportaj

Batafsil bizning ko'rsatuvimizda!

YouTube

📱Kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 03:35:33
Back to Top
HTML Embed Code: