Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Makkajo‘xori maydonlarida makkajo‘xori parvonasi va g‘o‘za tunlamiga qarshi kurash choralari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy tajribasi asosida sabzavotchilikni rivojlantiramiz
Bugun Xitoy Xalq Respublikasining “WANLIN Group” kompaniyasi direktori Li Yan Tao bilan video-konferens-aloqa shaklida agrar sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildik.
Xususan, “Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonda piyoz, sabzi, sarimsoq piyoz kabi sabzavot mahsulotlarini yetishtirish” loyihasini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Men ushbu tashabbusni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini texnologik jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam deb hisoblayman.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi agrar aloqalar izchil mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladik. Bu hamkorlik bizga nafaqat yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, balki urug‘chilikni rivojlantirish, ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish va amaliy tajriba almashuvini kengaytirish imkonini bermoqda.
Uchrashuv yakunida, “WANLIN Group” kompaniyasi bilan birgalikda sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha Anglashuv Memorandumini imzoladik.
Ushbu hujjat sabzavotchilikda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali hosildorlikni oshirish va mahsulotlarni qayta ishlashda sifatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Innovatsiyalar amaliyotda o‘z ifodasini topmog‘i shart
Bugun “Iligres universal” MCHJ vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida dolzarb bo‘lib turgan bir qator muhim masalalarni muhokama qildik.
Xususan, hosildorlikni oshirish, ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hamda global iqlim o‘zgarishiga moslashish kabi yo‘nalishlar bugungi kunning asosiy muammolari sifatida ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida zamonaviy preparat va bioo‘g‘itlarning imkoniyatlari, ularning amaliyotdagi natijalari haqida fikr almashdik. Shuni ta’kidlamoqchimanki, bu kabi vositalarning salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun bizga innovatsion yondashuv zarur.
Ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalar, nafaqat hosildorlikni oshirish, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.
Men, vazir sifatida, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqin hamkorlikni kengaytirish tarafdoriman. Har bir g‘oya, har bir yangilik amaliyotda o‘z aksini topmog‘i kerak.
Zero, amaliyotda sinovdan o‘tgan innovatsiyalar qishloq xo‘jaligimiz kelajagini belgilaydi.

Mirzacho‘l: Yangi nav, yangi texnologiya, yangi yondashuv
Bugun Jizzax viloyatiga tashrifim doirasida dastlabki manzil sifatida Mirzacho‘l tumanidagi “Quyoshli vodiy” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektarlik paxta maydonlarini borib ko‘rdim.
Bu yerda Xitoyda yaratilgan “Xin Lu Zao-57” navli g‘o‘za ko‘chatlari zamonaviy agrotexnologiyalar asosida parvarish qilinayotganini ko‘rib, albatta, quvondim. Har bir gektar maydonga 240 mingdan ortiq ko‘chat 76x10 sxemada, qo‘shqator usulda, plyonka ostida ekilgan.
Bu yondashuv ko‘chatlarning jadal va sifatli o‘sishini ta’minlayotgani ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Buning zamirida fermerlarimizning fidokorona mehnati va zamonaviy yondashuvlarga tayangan ish tizimi mujassam.
“Xin Lu Zao-57” navining afzalliklari juda katta — u nafaqat ko‘sak qurti, balki turli gerbitsidlarga ham yuqori darajada chidamli. Bu esa begona o‘tlar bilan samarali kurashish, kimyoviy vositalarni oqilona qo‘llash va natijada hosildorlikni oshirish imkonini beradi.
Paxta yetishtirish jarayonining har bir bosqichi — chopiq, qator oralariga ishlov berish, yagana qilish, sug‘orish — barchasi zamonaviy va intensiv texnologiyalar asosida olib borilmoqda.
Mutaxassislarimiz esa bu navni parvarishlashda maxsus ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarga tayangan holda harakat qilmoqda.
Asosiy maqsad ham shu— har bir gektardan eng yuqori, barqaror va sifatli hosil olishdir.
Buning uchun esa ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish lozim.