Telegram Web Link
Baxmal tumanida qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda

Jizzax viloyatiga xizmat safarim doirasida Baxmal tumanida bo‘ldim. Bu hudud – tabiatning go‘zalligi, mehnatsevar insonlari va serhosil yerlarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda tumanda 9 ming gektar maydonga g‘alla, shuncha yerga no‘xat va loviya ekilgan bo‘lib, ilk bor 35 ming gektar yer foydalanishga kiritilgani katta ahamiyatga ega.

Baxmalda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, jumladan, takroriy ekinlar strategiyasini joriy etish orqali hosildorlik sezilarli oshirilmoqda. Ayniqsa, loviya yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilayotgani e’tiborga molik.

Tashrif davomida no‘xat va loviya maydonlarida bo‘ldim. Ayniqsa, loviya yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgani e’tiborimni tortdi. Bu – suvni tejash bilan birga, hosil sifati va miqdorini oshirishda ham muhim omil bo‘lmoqda.

Fermerlarga zich ekish usulini keng joriy etish zarurligini ta’kidlab o‘tdim. Masalan, har gektarga 90 kg no‘xat urug‘i ekish hosildorlikni oshirish, begona o‘tlarning oldini olish va o‘simliklarning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘g‘itlashda ilmiy yondashuv mahsulot sifatini va eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.

Bu – nafaqat hosildorlikni, balki don sifati, uning yirikligi, shakli va eksportga yaroqliligini oshirishga xizmat qiladi. Ishonchim komilki, Baxmal tajribasi butun viloyat bo‘yicha namuna bo‘la oladi.
👍10👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzacho‘l dalalarida paxta yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda

🌱Mirzacho‘l tumanidagi “Quyoshli vodiy” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektar maydonda xorijiy “Xin Lu Zao-57” navi asosida paxta yetishtirilmoqda. G‘o‘za Xitoy agrotexnologiyasi asosida – 76x10 sxemada, qo‘shqator usulda va plyonka ostida ekilgan. Natijada o‘simliklar jadal va sifatli rivojlanmoqda.

Ushbu nav ko‘sak qurtiga va gerbitsidlarga chidamli bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinmoqda. Chopiq, sug‘orish, yagana va ishlov berish ishlari to‘liq tizimlashtirilgan. Barcha agrotexnik tadbirlar maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borilmoqda.

▶️Jarayon tafsilotlari bilan yuqoridagi videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👌1
Dala boshidagi uchrashuvlar — yuqori hosil poydevori

Jizzax viloyatidagi ishchi tashrifimni yakunlab, o‘rganish va tahlillarni Sirdaryo viloyatida davom ettirdim. Dastlabki manzil sifatida Xovos tumanidagi “Xovos samosidagi lochin” fermer xo‘jaligi dala maydoniga bordim.

20 gektarlik ushbu maydonda xorijiy “Xin Lu Zao-57” g‘o‘za navi 76 sxemada, yakkaqator usulida ekilgan. O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar tufayli g‘o‘zaning vegetativ rivojlanishi yaxshi baholanmoqda.

Dala ko‘rigi chog‘ida begona o‘tlar va o‘rgimchakkana zararkunandasiga qarshi kurashni kechiktirmasdan olib borish, shuningdek, 7–8 kun ichida g‘o‘zani sug‘orish zarurligini ta’kidladim. Bunda suvdan oqilona foydalanish va agrotexnik talablarni qat’iy bajarish lozim.

Fermerlar bilan muloqotda ishga ilmiy yondashuv, tajriba va mas’uliyat uyg‘unligi muhimligini qayd etdim. Paxtachilik kengashi a’zolari va olimlar bilan hamkorlikda ishlash bu borada muhim o‘rin tutadi.

Hosil — mehnat va bilim mahsuli. Texnologik tadbirlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilsa, hosil ham, ishonch ham yuksak bo‘ladi.

Bu kabi uchrashuvlar esa muammolarga joyida yechim topish, ochiq muloqot uchun samarali maydon vazifasini o‘taydi.
👍8👌1
2025/07/09 22:02:42
Back to Top
HTML Embed Code: