Telegram Web Link
Sohada vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish natijadorlikni ta’minlaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifim doirasida Savdo-sanoat palatasining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Shuhrat Teshayev va vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari – tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshliqlari, tizim tashkilotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘lim rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdik.

Yig‘ilishda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli transformatsiya, kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bugun agrar tarmoqni samarali boshqarish, investitsion loyihalarni hayotga tatbiq etish orqali aholi farovonligiga erishish — Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan ustuvor talablardandir.

O‘z nutqimda, tizim samaradorligini oshirish uchun birinchi navbatda vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish, ichki intizomni mustahkamlash, va ishga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini alohida ta’kidladim.

Shuningdek, ayrim loyihalarda kuzatilayotgan kamchiliklar, mutaxassislar tajribasining yetarli emasligi oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni vaqtida aniqlash va bartaraf etish shartligini qayd etdim. Topshiriqlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Muhokamalar davomida galla terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, takroriy ekinlarni parvarishlash, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, klasterlar va kooperatsiyalarni rivojlantirish kabi masalalarga to‘xtaldik. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston sharoitida kunjut yetishtirish bo‘yicha aniq agrotexnik yondashuvlar kerakligiga e’tibor qaratdim.

Shu bilan birga, bugungi tezkor zamonda berilgan topshiriqni bugun bajarmasak, ertaga kech bo‘lishini yodda tutish kerak. Agrar soha bugun mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligi va aholi farovonligining asosiy tayanchi ekanini yana bir bor ta’kidladim.

Yig‘ilish yakunlarida mas’ullarga ijro intizomini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, barcha darajalarda ma’lumot almashuvini tashkil etish, va umumiy hosildorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdim.
🗣️Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning "Yangi O'zbekiston" gazetasining 137-sonida "O‘zbekiston-Ozarbayjon: agrar siyosatning muvaffaqiyatli sakkiz yili” sarlavhali maqolasi e'lon qilindi.

⚡️Unda so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi hamkorligi natijasida paxtachilik, chorvachilik va bog‘dorchilik sohalarida yirik klasterlar tashkil etilgani, ilm-fan va innovatsiyalar asosida yangi texnologiyalar joriy etilgani qayd etilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy va Isroil o’rtasidagi raqobat keskin avj oldi. Ular nimalarni reja qilgan?

Niderlandiya qishloq xo’jaligi qanday rivojlanmoqda?

Dyson kompaniyasi zamonaviy issiqxonada qulupnay yetishtirishni boshladi. Loyiha nimasi bilan o’zgacha?

Xitoyda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan lazer robot yaratildi. U nimalarga qodir?

Isroillik olimlar maxsus dronlar ishlab chiqarishni boshladi. Endi ekinlar holatini baholash yanada osonlashadimi?

Vazir Ibrohim Abdurahmonov hafta davomida qayerlarga bordi?

Sohaga oid eng so‘ngi yangiliklar "Agro news" dasturida.

▶️Ko’rsatuvning to’liq qismi: https://youtu.be/VtHHnfQxhpw

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 17:25:30
Back to Top
HTML Embed Code: