Telegram Web Link
Hosildorlikni oshirgan xorijiy navlar: Vobkentdagi ilg‘or tajriba

Bugun men ishchi tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibman. Tashrifimning dastlabki manzili — Vobkent tumanidagi “Garden Buxoro agroklaster” MCHJ bo‘ldi. U yerda meni viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev hamrohlik qilmoqda.

“Garden Buxoro agroklaster” bugungi kunda 6 ta tumanda faoliyat yuritib, jami 34 ming gektar paxta maydoniga egalik qilmoqda. Shundan 20 ming gektar maydonda xorijiy navlar ekilgan bo‘lib, bu tajriba allaqachon o‘z samarasini bera boshlagan. Klasterning o‘z dalalarida hosildorlik 70 s/ga, fermer xo‘jaliklarida esa 60–65 s/gani tashkil etmoqda.

Dalalarda zamonaviy texnika va suv tejovchi texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, desikatsiya ishlari dronlar yordamida olib borilayotgani e’tiborga molik. Natijada hosildorlik 70 sentnerdan oshdi.

Ushbu tajriba nafaqat klasterda, balki butun viloyat fermerlari uchun ilg‘or agrotexnologiyalarni o‘rganish va tatbiq etishda ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Dalalarda kungaboqar va makkajo‘xori himoya belbog‘i sifatida ekilib, shamol va zararkunandalarga qarshi tabiiy to‘siq yaratmoqda.

O'z navabtida, hosilni sifatli va tez yig‘ishtirib olish bugungi eng muhim vazifa ekanini ta’kidladim. Shu maqsadda fermerlar faoliyatini muvofiqlashtirish va desikatsiya tadbirlarini zudlik bilan yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdim.

Zero, hosildorlikni oshirish – zamonaviy ilm, to‘g‘ri yondashuv va fidokor mehnatning samarasi Vobkent dalalarida buning yaqqol isboti namoyon bo‘lmoqda.
👍14👌2
Peshku tumanida xorijiy paxta navining hosildorlik tajribasini o‘rganildi

Buxoro viloyatidagi ishchi safarim doirasida viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev hamrohligida Peshku tumanidagi “Buxoro Servis Agroklaster” MCHJga qarashli 7 gektar maydondagi paxta dalasini ko‘zdan kechirdim.

Mazkur maydonda xorijiy paxta navi ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilgani natijasida o‘simlikning rivojlanish holati nihoyatda yaxshi ekani kuzatildi. Hosil pishish jarayoni bir maromda kechmoqda, ko‘saklar to‘liq shakllangan va hosil sifati yuqori.

Dala maydonini ko‘zdan kechirish jarayonida men desikatsiya ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish, hosilni sifatini saqlagan holda tez va samarali yig‘ishtirib olish, shuningdek terim oldi agrotexnik tadbirlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidladim.

Shuningdek, dronlardan foydalanish orqali desikatsiya o‘tkazish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va paxta xomashyosining sifat ko‘rsatkichlarini doimiy monitoring qilish bo‘yicha mutasaddilarga aniq tavsiyalar berdim.

Zero, men uchun hosildorlikni oshirish – bu nafaqat urug‘ sifati, balki o‘z vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar, ilmiy yondashuv va zamonaviy texnologiyalarning uyg‘un natijasidir.
👍16👌2🤔1
2025/10/25 01:20:01
Back to Top
HTML Embed Code: