Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Paxtadan yuqori hosil
olishning yangicha uslubi
#9oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍7👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Paxtadan yuqori hosil
olishning yangicha uslubi
#9oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍7👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oziqovqathavfsizligi
#Sirdaryo_tajribasi
#yangicha_usul
#toqsonbosti

Жорий йил 192 минг гектар ерга тўқсонбости экинлар экилмоқда. Ҳозиргача, 43 минг гектар саримсоқпиёз ва пиёз экилиб, қолган 149 минг гектар майдонда экиш ишлари жадал кетмоқда.
👍11👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_davr_paxtachilik
#Sirdaryodan_bong

Paxta dalalarida mo'l hosil yaratildi!

Bizni kuzatib boring!
👍8👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amudaryoda kuzgi bug‘doy ekinlari — barqaror hosil va innovatsion yondashuvlar sari!

🚜 Amudaryo tumanidagi fermer xo‘jaliklari kuzgi bug‘doy urug‘larini ilg‘or agrotexnologiyalar asosida ekmoqda.

🌱 Zamonaviy ekish agregatlari yordamida urug‘larning bir xil chuqurlikka joylanishi ta’minlanmoqda. Bu esa kelgusida nihollarning bir maromda unib chiqishiga va dalada sog‘lom, barqaror hosil shakllanishiga zamin yaratmoqda.

💧Shu bilan birga, fermerlar tomonidan resurs tejovchi texnologiyalar — ya’ni kam suv sarflab, yuqori hosil olish imkonini beruvchi ilg‘or usullar keng joriy etilmoqda. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur yondashuv natijasida hosildorlik sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.

📎Fermerlar o‘z tajribasida zamonaviy texnika va innovatsion yondashuvlarning samaradorligini amalda his etishmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍4👌1
Qashqadaryo dalalarida zamonaviy agrotexnik yondashuvlar joriy etilmoqda

Qashqadaryo viloyatiga qilgan xizmat safari davomida Ko‘kdala tumanidagi “Qashqadaryo Jingu” qo‘shma korxonasiga qarashli dala maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik jarayonlar bilan tanishdim.

Umumiy maydoni qariyb 1500 gektar bo‘lgan ushbu hududda xorijdan keltirilgan serhosil paxta navi zamonaviy agrostandartlar asosida parvarish qilinmoqda. Ekinlar 76x10 sxemada qo‘shqator qilib, plyonka ostiga ekilgan.

Ta’kidlash joizki, oziqlantirishning barcha bosqichlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilmoqda. E’tiborga molik jihati shundaki, avvallari bu hudud cho‘l va qarovsiz yerlar hisoblangan bo‘lsa, bugun xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda qayta o‘zlashtirilib, samarali foydalanishga kiritilgan.

Bugungi kunda g‘o‘za navlarini yetishtirish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Qator oralariga ishlov berish va parvarishlash amaliyotlari uslubiy qo‘llanmalarga muvofiq tarzda bajarilmoqda.

Yerni ekinga tayyorlash agrotexnikasi ma’lum muddat talab qilgani bois, ayrim joylarda ekin jarayonida biroz kechikish kuzatilgan. Shunga qaramay, mavsum yakuniga qadar hosil to‘liq shaklda terimga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Dala maydonlarida joriy etilayotgan innovatsion yondashuvlarni yuqori baholadim. Shuningdek, ekin maydonlarini yanada kengaytirish, hosilning to‘liq yetilishini ta’minlash hamda ishlarni izchillik bilan tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdim.

Tashrif davomida shu hududda yetishtirilayotgan kuzgi tarvuz navlarini ham ko‘zdan kechirdim. Kuzatuv jarayonida tarvuzlarning vazni va sifati belgilangan me’yordan yuqori ekani e’tirof etildi.

Ko‘kdala tumani tarvuz yetishtirish bo‘yicha viloyatda peshqadam tumanlardan biri sanaladi. Shu bois, bu yerda mehnat qilayotgan fermer va mutasaddilarning fidokorona mehnati alohida e’tirofga loyiq.
👍7👌1
To‘g‘ri va tizimli yondashuv – yuqori samaradorlik omili

Qashqadaryo viloyatidagi ishchi safarim doirasida G‘uzor tumanidagi “G‘uzor Jingu” qo‘shma korxonasiga qarashli paxta dalalarida amalga oshirilayotgan agrotexnik jarayonlar bilan tanishdim.

Umumiy maydoni qariyb 1800 gektarni tashkil etuvchi ushbu hududda xorijdan keltirilgan serhosil paxta navlari zamonaviy agrostandartlar asosida parvarish qilinmoqda. Ekinlar 76×10 sxemada qo‘shqator qilib, plyonka ostiga ekilgan.

Sug‘orish jarayonlarining barcha bosqichlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Yerni tekislash ishlari lazerli tekislash uskunalari yordamida bajarilgan. Qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish va parvarishlash amaliyotlari belgilangan uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borilmoqda.

E’tiborlisi shundaki, ilgari qarovsiz va foydalanilmay kelgan yerlar xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda qayta o‘zlashtirilib, bugun samarali ishlab chiqarish maydonlariga aylantirilgan.

Yerlarni ekinga tayyorlash agrotexnikasi ma’lum vaqt talab qilgani sababli, ekish ishlari biroz kech boshlangan. Shunga qaramay, mas’ullar bilan suhbat jarayonida mavsum yakuniga qadar paxta hosili to‘liq shakllanib, terimga tayyor bo‘lishi kutilayotgani ta’kidlandi.

Dalada ko‘rganlarim shuni ko‘rsatadiki, ilmiy asoslangan va tizimli yondashuv natijadorlikni ta’minlaydi. Shu bois, ekin maydonlarini yanada kengaytirish, hosilning to‘liq yetilishini ta’minlash hamda innovatsion agrotexnik yondashuvlarni izchil davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berdim.
👍10👌2
2025/10/31 06:33:58
Back to Top
HTML Embed Code: