Telegram Web Link
🌱🌱🌱

Ayni paytda Toshkent davlat agrar universitetida “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, FAO — BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ularning agrar rivojlanishga qo‘shayotgan beqiyos hissasini yuksak e’tirof etishga qaratilgan.

🎓 Tadbir avvalida “Qishloq ayollari va innovatsiyalar: yangi imkoniyatlar sari” nomli olima ayollarning ilmiy-innovatsion yutuqlari ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

Har yili keng nishonlanuvchi "15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni" jamiyatda qishloq ayollarining mehnati nechogʻlik qadrli va alohida ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.

✍️Bugun xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qishloq ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanayotir.

📔Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

🇺🇿Qishloq xo'jaligi vazirligi jamoasi "15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan siz ayollarni chin yurakdan muborakbod etadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Qashqadaryoda kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirildi va respublika seminari o‘tkazildi
#14oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍8
O‘zbekiston tajribasi Rimda e’tirof etildi: iqlimga mos qishloq xo‘jaligi — kelajak modeli

🇮🇹 Ayni kunlarda Italiyaning Rim shahrida, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon oziq-ovqat forumi dunyo miqyosida agrar tizimlarni isloh qilish va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlandi.

📅 Forum doirasida O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda iqlimga mos qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi yutuqlari va xalqaro tashabbuslardagi ishtirokiga bag‘ishlangan maxsus tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Rimdagi O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu, hamda Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Munira Aminova so‘zga chiqishdi. Ular mamlakatning so‘nggi yillardagi agrar yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, va yoshlar tashabbuslariga keng yo‘l ochilayotganini ta’kidladilar.

🎓
Shu bilan birga, Tuscia universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ham o‘z ilmiy loyihalari va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha ilg‘or g‘oyalari bilan qatnashdilar. Ular barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishda o‘zbekistonlik yoshlarning faol ishtirokini namoyon etdilar.

📰
Yakunda, Rimdagi ushbu nufuzli forumda O‘zbekiston nafaqat ilmiy-amaliy yutuqlarini, balki an’ana va innovatsiya uyg‘unligini namoyon etib, global agrar islohotlar jarayonida faol ishtirokchi davlat ekanini yana bir bor isbotladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍15
O‘zbekiston—FAO: global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi hamkorlik

🌱
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov FAO Bosh direktori Suy Dunyuy bilan uchrashdi

Jahonda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bir paytda, Rim shahrida FAO Bosh direktori Tsüy Dun’yuy bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📰 Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida innovatsion yechimlarni joriy etish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va raqamli transformatsiya yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

🔨 Shuningdek, kelgusida O‘zbekistonda LLDC (Landlocked Developing Countries) xalqaro konferensiyasini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

💭Uchrashuv samarali va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish borasida o‘zaro tayyorligini bildirdilar.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍12
#yangi_davr_paxtachilik
#Shinjon_usuli
#qalin_ko'chat
#yangi_ekish_sxemasi
#tub_burilish

Испаниядан келтирилган "Навелия" нави Ўртачирчиқ тумани "Абдувалиев Фатхиддин" фермер хўжалигида 4-апрелда экилган.

"Новелия... э тил ожиз [короче ака] гапиришга... ҳосилини қаранг, кўтаролмай ёнбошлаб қопти бор-у, ариқ ҳам кўринмайди - ётиб қопти, астағфируллоҳ, 'компот' (розилик ифодаси бўлса керак) бўлдик шунга "компот" [отвечаю] ака", бунақа ҳосилни ўзим кўрмаганман" - деб ҳайрат билан гапиради фермер!
👍7
2025/10/20 01:06:56
Back to Top
HTML Embed Code: