O‘zbekiston va Kolumbiya agrar sohada hamkorlikni kengaytiradi
FAO shtab-kvartirasida Kolumbiya Respublikasi Qishloq rivojlantirish vaziri Marta Viviana Carvajalino Villegas bilan uchrashuv o‘tkazdim.
Suhbat davomida Marta Viviana Carvajalino Villegas O‘zbekiston delegatsiyasini “Second International Conference on Agrarian Reform and Rural Development — ICARRD+20” anjumaniga rasmiy ravishda taklif etdi.
Ushbu tadbirda ochlikka qarshi kurash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, hamda qishloq rivojlanishi va agrar islohotlarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Uchrashuv chog‘ida biz ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohada tajriba almashish, barqaror qishloq rivojlanishini ta’minlash va innovatsion yechimlarni joriy etish borasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi bu muloqot kelgusida barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

👍15
O‘zbekiston va Iordaniya qishloq xo‘jaligida hamkorlikni chuqurlashtiradi
FAO shtab-kvartirasida Iordaniya Qirorligining qishloq xo‘jaligi vaziri Saeb A. Khresat bilan uchrashuv o‘tkazdim.
Suhbat davomida biz ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavjud hamkorlik masalalarini muhokama qildik.
Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish, shuningdek tajriba almashish va barqaror qishloq xo‘jaligi rivojini ta’minlash borasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib oldik.
Ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi agrosohada yangi tashabbuslarni amalga oshirish va o‘zaro ishonch asosidagi hamkorlikni mustahkamlash sari muhim qadam bo‘ldi.

👍19
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
yangi_davr_paxtachilik
#Shinjon_usuli
#qalin_ko'chat
#yangi_ekish_sxemasi
#tub_burilish
Пахтакор туманида пахта терими юқори суръатлар билан давом этмоқда
Тумандаги 341 та фермер хўжалиги жами 11 500 гектар майдонда юқори ҳосил берувчи чигит навларини парваришлаб, вилоят миқёсида илғор натижаларни кўрсатмоқда.
Айни пайтда “Оқ булоқ” фермер хўжалиги ҳудудида оқ олтинни йиғиб олиш жараёнлари қизғин тус олган.
Шунингдек, тумандаги йирик хўжаликлардан бири — “DIAMOND BRAVE” фермер хўжалиги 91 гектар майдонда экилган пахтани йиғим-терим ишларини жадал суръатда олиб бормоқда.
Пахта теримига старт бериш маросимида вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Улуғбек Мустафоев, соҳа масъуллари ва маҳаллий фермерлар иштирок этдилар. Тадбир давомида “Боширан” туридаги замонавий пахта териш машиналари ёрдамида ҳосил йиғим-терими бошлаб юборилди.
“DIAMOND BRAVE” хўжалигида маҳаллий “Султон” нави экилиб, ҳар гектарида ўртача 180 минг кўчат етиштирилди. Натижада ҳосилдорлик 72 центнерни ташкил этди.
Бу кўрсаткич нафақат Пахтакор тумани, балки вилоят миқёсида ҳам яхши натижалардан бири ҳисобланади.
Фермернинг таъкидлашича, бундай муваффақиятга эришишда замонавий агротехнологиялардан самарали фойдаланиш, инновацион ечимларни жорий этиш ва терим жараёнларини тўлиқ механизация қилиш муҳим аҳамият касб этган.
Илгари асосан қўл меҳнати билан амалга оширилган терим ишлари эндиликда замонавий техника ёрдамида тезкор, аниқ ва самарали бажарилмоқда.
Бу эса деҳқонлар меҳнатини енгиллаштириб, ҳосилни тўлиқ йиғиб олиш, ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш ҳамда агросаноат салоҳиятини янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда.
Пахтакорлик меҳнаткашлар бу йил ҳам фидойилик ва масъулият билан ишлаб, вилоятнинг умумий пахта ҳосилига муносиб ҳисса қўшишга интилмоқдалар.

👍8
Tizim rivoji uchun aniq reja va vazifalar belgilandi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdik.
Yig‘ilishda mavsumiy ishlarning samaradorligini oshirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Paxta yig‘im-terimi jarayonlari alohida e’tiborda bo‘ldi. Mutasaddilarga xom ashyoni sifatli, yo‘qotishlarsiz yig‘ib olish, uni belgilangan me’yorlarga muvofiq paxta qabul maskanlariga yetkazishni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “CropAgro” platformasi faoliyatini yanada shaffof va samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.
Aytish kerak, so‘nggi yillarda mamlakatimiz agrar sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi yig‘ilish esa, qisqa muddatli natijalarni ta’minlash bilan bir qatorda, uzoq muddatli strategik maqsadlarimizni belgilash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, yig‘ilish yakunida xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha ham aniq rejalar ishlab chiqildi.
Ishonchim komilki, belgilangan reja va topshiriqlarning izchil ijrosi natijasida sohada samaradorlik yanada ortadi, agrar tizimimiz yangi bosqichga ko‘tariladi.

👍10
O‘zbekiston delegatsiyasi FAOning yangi muzeyiga tashrif buyurdi
📍Rim shahrida bo‘lib qaytgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yulchievich Abdurahmonov FAO tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlar doirasida FAOning yangi muzeyiga tashrif buyurdi.
🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur muzeyni ko‘rgan ilk mehmonlardan biri bo‘ldi. Ekspozitsiyada dunyo mamlakatlarining oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va madaniy merosi bilan bog‘liq turli eksponatlar namoyish etilgan.
📰Shuningdek, muzeyda O‘zbekistonga oid eksponatlar ham o‘rin olgan bo‘lib, ular mamlakatimiz milliy qishloq xo‘jaligi an’analarini va mahalliy mahsulotlar turfa xilligini aks ettiradi.
✅Tashrif ishtirokchilari muzeyni FAO faoliyatining tarixiy rivoji hamda mamlakatlarning agrar salohiyatini yoritib beruvchi muhim madaniy maydon sifatida yuqori baholadilar.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

👍6