Telegram Web Link
O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat xavfsizligi yo‘lida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilamoqda

Bugun men Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdim. Suhbat davomida ikki qardosh davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalarini muhokama qildik.

Uchrashuvda asosiy e’tiborimizni Markaziy Osiyo mintaqasida 2030 yilgacha yagona axborot platformasini shakllantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga qaratdik. Bunday platforma mintaqa mamlakatlariga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, zaxira qilish va taqsimlash jarayonlarini samarali muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, biz seleksiya va chorva mollari naslchiligi sohasida tajriba almashish hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama etdik. Bu borada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, genetik salohiyatni oshirish hamda yuqori mahsuldor zotlarni yetishtirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Muloqot davomida, shuningdek, organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, moyli ekinlar yetishtirish va ularni qayta ishlash, shuningdek iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalarini ham ko‘rib chiqdik.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Qozog‘istonning agrar sohadagi strategik hamkorligini yanada mustahkamlash butun mintaqaning oziq-ovqat barqarorligi va ekologik xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
👍7
O‘zbekiston va Eron: qishloq xo‘jaligida hamkorlik yo‘nalishlari kengaytiriladi

Bugun Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdim.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud aloqalarni yangi, istiqbolli loyihalar bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar dronlar yetkazib berish, ko‘chatchilik, chorvachilik, urug‘chilik, baliqchilik va naslchilik yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini qayd etdilar. Shu maqsadda, Eron tajribasini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish va o‘zaro manfaatli loyihalarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Shuningdek, soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish, o‘quv va amaliy dasturlarni tashkil etish hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Men o‘z so‘zimda Eronning agrar tajribasi O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, tavsiya etilgan yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga O‘zbekiston doimo tayyor ekanini bildirdim.

Alohida qayd etish joizki, baliqchilik sohasida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Mazkur yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, chorvachilik sohasida Eronning yetkazib berish tajribasi yuqori baholandi. Bu yo‘nalishda ilmiy-amaliy tajribalarni o‘zlashtirish, o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish va hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq deb topildi.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, mahsulotlarni qadoqlash, zaytun yetishtirish va uni qayta ishlash, shuningdek dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va qayta ishlash yo‘nalishlarida hamkorlik qilish O‘zbekiston uchun istiqbolli va foydali ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mavjud ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, amaliy ishlarni jadallashtirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishni boshlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi agrar hamkorlik ikki mamlakat qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqadi va hududiy oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
👍9
ITALY 2025.

Tour of the FAO Food and Agriculture Museum and Network (FAO MuNe) 


16 October 2025. FAO Headquarters, Rome, Italy. Ibrokhim Abdurakhmonov, Minister of Agriculture of the Republic of Uzbekistan, visits the newly opened Food and Agriculture Museum and Network (FAO MuNe).

FAO World Food Day global ceremony and 80th anniversary celebration.

This year’s World Food Day coincides with FAO’s 80th anniversary, marking eight decades of work to boost food production, reduce poverty, and respond to crises.

Photo credit must be given: ©FAO/Christian Mantuano. Editorial use only. Copyright ©FAO. 
10/16/2025 
Location
Rome
Country or Territory
Italy
Credit
© FAO / Christian Mantuano

https://digital-media.fao.org/archive/ITALY-2025--Tour-of-the-FAO-Food-and-Agriculture-Museum-and-Network--FAO-MuNe--2A6XC52ZAZAZ.html
👍10👏1
2025/10/21 18:47:36
Back to Top
HTML Embed Code: