Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Super daromad: 1,4 mln tonna piyoz kimga sotildi?

Italiyada pomidorni qayta ishlashga ixtisoslashgan eng yirik zavod ishga tushirildimi?

O‘zbekistonda “Aqlli qadoqlash” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. U qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

Sun’iy intellekt fermerlarga dalalardagi begona o‘tlarni aniqlashda yordam beryaptimi?

Vazir Ibrohim Abdurahmonov hafta davomida qayerlarga bordi?

Sohaga oid eng so‘ngi yangiliklar "Agro news" dasturida.

📺Ko‘rsatuvning to‘liq qismi: https://youtu.be/uJiVokBtzdA

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Qishloq xo‘jaligida shaffoflik va hisobdorlik — zamon talabi

Bugun sohada yashirin iqtisodiyotning oldini olish va barcha tarmoqlarda shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdik.

Tadbir video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuratura vakillari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda markaziy apparat mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida iqtisodiy faoliyatni to‘liq hisobga olish, ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligini ta’minlash, xato yoki bo‘rttirilgan hisobotlarning oqibatlari haqida atroflicha fikr almashdik. Men ta’kidlashimcha, noto‘g‘ri yoki asossiz ko‘rsatkichlar nafaqat soha samaradorligiga, balki umumiy iqtisodiy barqarorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaslik — bu faqat huquqiy yoki moliyaviy chora emas, balki boshqaruv madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish masalasi. Har bir tizim rahbari aniq hisob-kitobga ega bo‘lishi, ma’lumotlar haqiqatni aks ettirishi zarur. Chunki hisobotlardagi har bir raqamxalq ishonchi va davlat siyosati samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.

Bugun biz uchun ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash strategik ahamiyatga ega. Chunki tozalik va shaffoflik bor joyda samaradorlik ortadi, xalq ishonchi mustahkamlanadi, eksport salohiyati yuksaladi. Shu sababli har bir qaror markazida inson manfaatlari, dehqon va fermer mehnatini qadrlash tamoyili turadi.

Yig‘ilish yakunida rahbarlar va mutasaddilarga hisobot tizimini takomillashtirish, raqamli nazoratni kuchaytirish, ichki auditorlikni mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Ushbu chora-tadbirlar orqali qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy jarayonlarning ochiqligi va ishonchliligini ta’minlash, sohani zamonaviy boshqaruv usullari asosida samarali tizimga aylantirishga erishamiz.
👍5
Oziq-ovqat xavfsizligi — strategik vazifa: yangi mavsumga tayyorgarlik boshlandi

Bugun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va 2026-yilgi ekish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdik. Unda vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, departament va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor yangi mavsumga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish, g‘o‘za ekiladigan maydonlarni aniqlash, ayniqsa xorijiy g‘o‘za navlari parvarishlanadigan hududlarda ishlarni rejali tashkil etish masalalariga qaratildi. Shuningdek, kelgusi mavsumda mahsulot yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri — mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘ldi. Jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortib borayotgani, iqlim o‘zgarishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurati agrar sohada strategik yondashuvni talab etayotganini ta’kidladim.

Shu munosabat bilan kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ustuvor vazifalar va sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Agrar sohada raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Geoportal” axborot tizimi faoliyati tahlil qilinib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Ushbu tizim orqali yer resurslarini monitoring qilish, ekin maydonlari va hosildorlik ko‘rsatkichlarini real vaqtda kuzatish imkoniyati yaratilmoqda.

Shuningdek, kelgusi yildan paxta qabul qilish maskanlarida “E-tarozi” tizimini takomillashtirish, inson omilini kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash vazifalari belgilandi. Bu chora-tadbirlar natijasida fermerlar mehnatining adolatli baholanishi, tizimda ishonch va ochiqlik muhitining yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.
👍12
2025/10/21 21:07:54
Back to Top
HTML Embed Code: