Navoiy dalalarida zamonaviy agrotexnologiyalar tatbiq etilmoqda
Ishchi tashrifim doirasida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Qir ariq” fermer xo‘jaligi paxta dalalarida olib borilayotgan agrotexnik ishlar bilan tanishdim. Bu yerda 8 gektar maydonda mahalliy “Buxoro-102” navi me’yorlarga muvofiq ekilgan bo‘lib, sug‘orish va oziqlantirish jarayonlari maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borilmoqda.
Joriy yilda hosildorlik avvalgi mavsumlarga nisbatan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, “Navbahor tekstil” MChJga qarashli yana bir dalada xorijdan keltirilgan serhosil g‘o‘za navlari bilan tanishdim.
15 gektar maydonda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida, yakka qator usulida ekilgan paxta gektaridan 50 sentnergacha hosil berishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Zarafshon chorvasi 2018” fermer xo‘jaligiga qarashli dalalarda xorijiy navlar uslubiy qo‘llanmalarga muvofiq parvarish qilinayotgani, agrotexnik tadbirlar tizimli tashkil etilgani bilan tanishdim. Ushbu dalalarda ham gektaridan 50 sentnergacha hosil olinishi kutilmoqda.
Mavsumiy yig‘im-terim ishlari zamonaviy talablarga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.
Jarayonlarni o‘rganish chog‘ida ikkinchi terim uchun tayyorgarlikni boshlash zarurligini ta’kidlab o‘tdim. Paxtaning ildiz qismini kesish va agrotexnik tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish orqali qo‘shimcha 10–15 sentner hosil olish imkoniyati mavjud.
Shu bois, terim jarayonlarida e’tibor va mas’uliyatni oshirish, ekinlarni oziqlantirish hamda parvarishlash bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berdim.

👍11
Navoiyda mehnat shiddati: “Orzu” fermer xo‘jaligida terim jarayoni qizg‘in pallada
Ishchi tashrif davomida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi “Bog‘chakalon” mahallasida joylashgan “Orzu” fermer xo‘jaligiga bordim. Bu yerda bugungi kunda terim jarayoni qizg‘in pallada kechmoqda.
Umumiy yer maydoni 74,6 gektarni tashkil etuvchi xo‘jalikning 20 gektarlik konturida xorijiy g‘o‘za navi — Shinjon agrotexnologiyasi asosida qo‘shqator qilib urug‘ sepilgan. Ushbu usulning samarasi dalada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda — hosil serpaya, mehnat unumdorligi yuqori.
Terim jarayonini kuzatar ekanman, xo‘jalikda mehnat samaradorligini oshirish, mexanizatorlar mehnatini rag‘batlantirish hamda dala sharoitida qulay muhit yaratish muhimligini ta’kidladim.
Aynan shu paytda dala boshida ishchilar uchun osh damlanib, haqiqiy mehnat bayrami muhiti yaratilganini ko‘rib, mehnatkashlarning kayfiyatidan faxrlandim. Daladan taralayotgan hosil hidi va ishchilarning shijoati — bugungi qishloq mehnatining chin go‘zalligini aks ettiradi.
Shu jarayonda fermerlar bilan bir piyola choy ustida samimiy suhbatlashdik. Gurung davomida hosildorlikni oshirish, yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, mehnatkashlar uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalarini muhokama qildik.
Bu muloqotdagi samimiyat, dala hidiga to‘ygan mehnatkashlar so‘zlaridagi iftixor — qishloq hayotining chin yuzi va el mehnatining qimmatini yana bir bor his etishimga sabab bo‘ldi.

👍10