Mavjud muammolarga yechim topish soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida qandolat va muzqaymoq mahsulotlari ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Video-konferens-aloqa shaklida o'tkazilgan yig'ilishda sohaga aloqador tizim tashkilotlari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, vazirlik markaziy apparati mas’ullari hamda qandolat va muzqaymoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov raisligida o‘tgan yig‘ilishda ayni yo‘nalishdagi ishlarning bugungi holati, erishilgan yutuqlar va dolzarb muammolar keng muhokama qilindi.
Muayyan o‘sishlar kuzatilayotgan bo‘lsa-da, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ayniqsa, mahsulot qadoqlashdagi nomuvofiqliklar va kontrafaktga qarshi kurashish zaruratini inkor etib bo‘lmaydi. Bu borada vazir soha vakillarini yanada faol va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.
Muhokamalar chog‘ida tadbirkorlarning o‘zi bilan bevosita muloqot qilindi. Tadbirkorlar o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan to‘siqlar, moliyaviy-texnik muammolar va tashqi bozorlarga chiqishdagi cheklovlar haqida gapirdi. Yig‘ilishda bu muammolarning har biriga aniq yechim topish, ayniqsa, mahsulotlarni jahon standartlari asosida qadoqlash, brend yaratish va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish mexanizmlarini ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va xorij tajribalarini mamlakatimiz sharoitida joriy qilishga oid takliflar ham ilgari surildi.
Yig’ilishda meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishdagi sifat talablari masalasi ham muhokama qilindi. Endilikda faqat ko‘rsatkich emas, balki mahsulot sifati ham asosiy mezon bo‘lmoqda. Bu esa, eksport hajmini nafaqat saqlab qolish, balki barqaror oshirish uchun muhim omil sanaladi.
Yig‘ilish yakunida mavjud muammolardan kelib chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha kompleks taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi mas’ullarga yuklatildi.

👍11👌1
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya dunyo bo‘yicha o’z yetakchiligini saqlab qolishga intilmoqda
➖O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada: qanday hamkorlik kelishuvlariga erishildi?
➖Vazir bu hafta qayerlarga bordi?
➖Yangi qizil piyoz dunyo bo‘ylab sotuvga chiqdi. Endi narxlar arzonlashadimi?
➖Tadbirkorlar 3,8 ming tonna quritilgan o‘rik, 12 045 tonna quritilgan olxo‘ri eksport qildi. Mevalarni kimlar sotib oldi?
➖Meksika AQShdan nimalar harid qilmoqda?
➖Nega Vengriya tajribasi mamlakatimizda joriy etilyapti? Xitoy bilan kelishuvlar to’xtadimi?
Sohaga oid eng so‘ngi yangiliklar "Agro news" dasturida.
▶️ Ko’rsatuvning to’liq qismi: https://youtu.be/-_gsI47U4e8
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
➖O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada: qanday hamkorlik kelishuvlariga erishildi?
➖Vazir bu hafta qayerlarga bordi?
➖Yangi qizil piyoz dunyo bo‘ylab sotuvga chiqdi. Endi narxlar arzonlashadimi?
➖Tadbirkorlar 3,8 ming tonna quritilgan o‘rik, 12 045 tonna quritilgan olxo‘ri eksport qildi. Mevalarni kimlar sotib oldi?
➖Meksika AQShdan nimalar harid qilmoqda?
➖Nega Vengriya tajribasi mamlakatimizda joriy etilyapti? Xitoy bilan kelishuvlar to’xtadimi?
Sohaga oid eng so‘ngi yangiliklar "Agro news" dasturida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👌1
O‘zgarishlar nuqtasida yangilikdan qo‘rqmaslik – ertangi taraqqiyot garovi
📍Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rganish va sohadagi yangi yondashuvlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
🌀Tashrifning birinchi manzili Termiz tumanidagi "Jayxun Klaster" MCHJ ga qarashli "Yangiariq" paxta qabul qilish maskani bo‘ldi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53464
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53464
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

👍6👌1
Surxondaryoda mahalliy paxta navlari ham yaxshi rivoj topmoqda
📍Ayni paytda amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Termiz tumanidagi “Farxodbek Yangiariq” fermer xo‘jaligiga qarashli 52 gektarlik keng dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik ishlar bilan tanishdi.
✅Hududning 16,8 gektar qismiga paxtaning mahalliy, ingichka tolali “SP-1607” navi qo‘shqator qilib, 76x10 sxema asosida ekilgan bo‘lib, uni parvarishlash, sug‘orish va oziqlantirishga doir barcha agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli tarzda amalga oshirilgan.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53468
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53468

Har bir boshoqda – mehnat, har bir gektarda – ilmiy yondashuv
📍Ayni paytda Surxondaryo viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif manzili Termiz tumani “Surxon yangiariq” hududidagi “Qoraxon” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alla dalasi bo‘ldi.
🌱21 gektar maydonga bug‘doyning “Alekseyivich” navi ekilgan bo‘lib, har bir don, har bir qatorda ilmning nafasi seziladi. Yarovizatsiya qilingan, zamonaviy seyalkalarda ekilgan bu navning har bir kvadrat metrida 850–900 ta boshoq kuzatilmoqda. Bu – oddiy hisob-kitob emas, amalda 100 sentner hosil demakdir!
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53481
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53481

👍9👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Пахтакор туманида пилла топшириш бошланди
Пахтакор туманида 2025 йилги пилла етиштириш мавсуми бошлаб юборилди. Жорий йилда тумандаги пиллакорлар томонидан 1 609 қути ипак қурти уруғи 248 та хонадонда парваришланмоқда.
Ҳар йили бўлгани каби, бу йилги мавсумда ҳам Пахтакор тумани пиллакорлари вилоятда биринчилардан бўлиб пилла топширишни бошлади.
— 20 қути ипак қурти олиб боқдик, — дейди Пахтакор маҳалласида яшовчи Хужакулова Мавжуда. — Шартнома бўйича режамиз 450 килограмм эди. Қуртларни яхши парвариш қилдик, тут барги билан озиқлантиришни мунтазам равишда ошириб бордик. Ҳатто ярим тунда ҳам озиқлантиришни давом эттирдик. Натижада режа ортиғи билан бажарилди, юзимиз ёруғ бўлди. Бундан ташқари, бир ойлик фаолиятимиз учун бир йиллик меҳнат стажи ёзилди. Шунингдек, бизга ажратилган тут плантацияси ораларига полиз ва сабзавот маҳсулотлари экдик. Албатта, бу даромад рўзғоримиз фаровонлигига хизмат қилмоқда. Хуллас, пиллачилик орқали меҳнат стажи ортмоқда, даромад ҳам яхши. Бундан жуда мамнунмиз.
Пахтакор туманидаги "Нумонота" фермер хўжалигига “Силк Эхперт Проcессинг” МЧЖ бириктирилган бўлиб, бу хўжаликда 7,5 қути ипак қурти парваришланиб, 450 килограмм пилла етиштириш режалаштирилган. Туркистон ҳудудидаги "Мироб Пахта" фермер хўжалигида эса 6,5 қути ипак қурти парваришланиб, 380 килограмм ҳосил кутилмоқда. Умумий ҳисобда 830 килограмм пилла етказиб берилиши режалаштирилган.
Пилла қуртларини парваришлаётган Усмонов Бахром, Хўжақулова Мавжуда ва Усмонова Норгуллар томонидан вилоятда биринчилардан бўлиб пилла топшириш ишлари бошлаб юборилди.
8 апрельдан бошлаб биринчи босқичда 20 қути ипак қурти уруғи тарқатилиб, натижада 850 килограмм ҳосил олинди. Ҳар бир хонадон ҳосилини ўз тарозисида тортиб, ҳақ тўловини шу жойнинг ўзида олди. Биринчи босқичда 32 миллион сўм даромад олган Усмонова Норгуллар опа, иккинчи босқичда яна 300 килограмм пилла етиштириб, 12 миллион сўм даромад олишини, умумий ҳисобда 40 кун ичида 44 миллион сўм фойда кўришини мамнуният билан таъкидлади.

Surxondaryo: xorijiy va mahalliy g‘o‘za navlarining vegetativ holati o‘rganildi
📍Xabar berganimizdek, ishchi tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jarqo‘rg‘on tumanidagi bir qator fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
❗️Tashrif dasturiga ko‘ra, vazir tumandagi “Ismoiltepa ziroatchi” hududida joylashgan “Abdurahmon” fermer xo‘jaligining 20 gektarlik konturiga ekilgan xorijiy “Xin Lu Zao” g‘o‘za navining vegetativ holatini ko‘zdan kechirdi. Mazkur navning o‘sish holati, suv va ozuqaga ehtiyoji, shuningdek, hosildorlik ko‘rsatkichlari yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha suhbat olib borildi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53562
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53562

👍8👌1
G‘alla-2025: yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar
🟢Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Surxondaryo viloyati Termiz tumani Termiz don qabul qilish maskani majlislar zalida muhim seminar bo‘lib o‘tdi.
💬Unda viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari rahbarlari, g‘allachilikka ixtisoslashgan fermerlar va dehqonchilik xo‘jaliklari vakillari, Agroinspeksiya viloyat va tuman rahbarlari, shuningdek, g‘alla qabul qilish maskanlari va qabul qiluvchi tashkilotlar mas'ullari ishtirok etdi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53566
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53566

👍10
Har gektardan 5 tonna shaftoli: Surxondaryoda innovatsion bog’dorchilikning yangi davri
📍Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan ishchi tashrifi davomida Termiz tumanidagi “O‘ktam Garden” MChJga qarashli 140 gektarlik bog‘ hududini ko‘zdan kechirdi.
✅Hozirgi kunda ushbu maydonning 30 gektar qismida Gretsiyadan olib kelingan shaftoli navlari parvarish qilinmoqda. Aytilishicha, bog‘ning har bir gektaridan 5 tonnagacha hosil olish imkoniyati mavjud. Mahsulotlar asosan tashqi va ichki bozorlarga yo‘naltiriladi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53767
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53767

👍13👏1👌1
Bilim, tajriba, amaliyot: Surxondaryoda yangi tomorqachilik maktabi tashkil etildi
📍Ayni paytda amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Termiz tumani "Qahramon" mahallasidagi kengligi 3 gektardan iborat bog‘ va huddi shu hajmdagi issiqxona hududini ko‘zdan kechirdi.
🌀Mazkur maydonda viloyat iqlimiga mos keladigan mevali daraxtlardan tortib, 14 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tajriba tariqasida, konturlarga ajratilgan holda yetishtirilmoqda. Bu yerda qulupnay, poliz ekinlari va hattoki rayhon ham tomchilatib sug‘orish tizimi orqali oziqlantirilmoqda.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53857
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53857

👍8👏1
Surxondaryoda 164 gektar maydonda sanoatlashtirilgan bog‘ tashkil etildi
📍Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va agrar salohiyatni yanada mustahkamlash yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar doirasida zamonaviy yondashuv va ilg‘or texnologiyalar asosida bir qator yirik loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda.
🟢Ayni paytda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Angor tumanida joylashgan “Ravno Grow” MCHJga qarashli sanoatlashtirilgan bog‘ loyihasi bilan tanishdi. Mazkur loyiha mintaqaning agrar sohasidagi islohotlarga yangi sur’at baxsh etishi bilan ahamiyatlidir.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53865
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53865

👍10👏1
Angor don qabul qilish shoxobchasi mavsumga tayyor
📍Xabar berganimizdek, ishchi tashrif bilan Surxondaryoda bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Angor don qabul qilish shoxobchasida bo‘lib, bu yerda don qabul qilish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
💬Ma’lumki, joriy yilda Angor tumanida 6 ming gektar maydonga don ekilgan bo‘lib, hududda 28 ta fermer xo‘jaligi va bitta g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster faoliyat yuritmoqda. Vazir ushbu shoxobchada amalga oshirilgan ishlar, mavjud infratuzilma va texnologiyalar bilan tanishar ekan, don hosilini qabul qilish va saqlash jarayonlarida samaradorlik, xavfsizlik hamda shaffoflikni ta’minlash muhimligini alohida ta’kidladi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53885
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53885

Surxondaryo: Mahalliy tashabbus – milliy taraqqiyot sari
📍Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturining navbatdagi lokatsiyasi bo‘yicha Angor tumanida joylashgan “Ikrom” xususiy oilaviy korxonasiga tashrif buyurdi.
✅Mazkur korxona bu oddiy korxona emas, bu o‘ziga xos mehnatsevarlik, zamonaviy yondashuv va bozorga moslashuvchanlikning yorqin namunasi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53899
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53899

👍9👏1