Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilgi g‘alla hosilini qabul qilish uchun ishlab chiqilgan zamonaviy, adolatli va shaffof tizim "Hosil qabuli" platformasi haqida video qo‘llanma

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏1
O‘zbekiston va Vengriya: Kartoshkachilikda ishonchli hamkorlikning yangi sahifasi

🇺🇿🇭🇺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Budapesht shahrida bo'lib turibdi.

💬Tashrif doirasida qator hamkorlik uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Jumaladan, vazir Vengriya tabiiy fanlar va qishloq xo‘jaligi universiteti professori, sohada xalqaro darajada tan olingan mutaxassis Jolt Polgar bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekistonda kartoshkachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/55229

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/55229

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍12👌1
O‘zbekiston va Vengriya: chorvachilikda innovatsion hamkorlik sari

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Budapesht shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik yo‘nalishida samarali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan muhim muzokaralar olib borilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍5
Budapeshtda yirik kompaniyalar bilan yangi hamkorlik masalalarini muhokama qilindi

🇺🇿🇭🇺Ayni paytda Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “ZKI LTD” kompaniyasi rahbari Róbert Laczkó bilan uchrashdi.

💬Uchrashuv davomida sabzavot urug‘larini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/55469

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/55469

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍8👏2
O‘zbekiston va Vengriya: qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari kengaymoqda

🇺🇿🇭🇺Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi yuqori darajadagi rasmiy tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib turibdi va agrar sohadagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan bir qator muzokaralar olib bormoqda.

🟢Jumladan, Vengriyaning yetakchi investitsion tuzilmalaridan biri — 2015 yildan buyon turizm, qurilish, moliya, oziq-ovqat va agrar sektor kabi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan “BDPST Group” kompaniyasi rahbariyati bilan samarali uchrashuv tashkil etildi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/55579

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/55579

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍7👏1
Buxoro tumanidagi “Romiteks” paxtachilik-to‘qimachilik klasterining Shergiron mahallasi hududida joylashgan “Qobil Sobir” fermer xo‘jaligi paxta dalasida g‘o‘za gulladi.

Bu yil tuman paxtakorlari 7 ming 200 gektar yerda g‘o‘za parvarishlamoqda. Ana shu maydonning 62 gektari “Qobil Sobir” fermer xo‘jaligiga qarashli.

Xo‘jalik tomonidan 15-mart kuni xorijiy navli chigit qadalgandi. Bir tekis unib chiqqan nihollarni oziqlantirish, qator oralarini kultivatsiya qilib, yumshatish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Ushbu agrotexnik ishlar natijasida birinchilardan g‘o‘za nihollari gullab, ilk hosil nishonalarini ko‘rsatdi.
👏9👍6
O‘zbekiston va Tojikiston: strategik sheriklik va ittifoqchilikning amaliy natijasi

🇺🇿🇹🇯Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari har qachongidan ham mustahkam. Bu faqat diplomatik bayonotlarda emas, balki hayotiy misollar, amaliy hamkorliklar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyatlar orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ana shunday hamkorlikning navbatdagi namunasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Tojikiston Respublikasiga amaliy tashrifi tarixiy ahamiyat kasb etdi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/56551

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/56551

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍11👏1
Tojikiston bog‘larida O‘zbekiston tajribasi: bog‘dorchilik yo‘nalishida yangi qadam

🇺🇿🇹🇯Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlari tobora mustahkamlanib, qator yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida har ikki tomon manfaatlariga mos keladigan istiqbolli investitsion tashabbuslar alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Shu ma’noda, So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘ofurov tumanidagi “Bog‘i Milliy Vahdat”da barpo etilgan 70 gektarlik “Do‘stlik bog‘lari” qo‘shma ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi maydoniga aylangan. Bu yerda tojikistonlik agrar mutaxassislar hamda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari birgalikda qator ekinlarni yetishtirib, zamonaviy agrotexnik uslublarni qo‘llash orqali tajriba almashishmoqda.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/56552

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/56552

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍9👏1
O‘zbekiston-Tojikiston: iqlim o‘zgarishlari sharoitida agrar taraqqiyot sari qo‘shma qadamlar

Xabar berganimizdek, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida u “Iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi. Mazkur nufuzli tadbirni Tojikiston Bosh vaziri o‘rinbosarining ochib berishi uning yuqori darajadagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Seminarda O‘zbekiston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirlari soha taraqqiyotiga oid o‘z qarashlarini bildirib, zamonaviy tahdidlar — ayniqsa iqlim o‘zgarishlari fonida — agrar siyosatda qanday yo‘nalishlarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladilar.

Ibrohim Abdurahmonov o‘z nutqida qishloq xo‘jaligi har ikki davlat iqtisodiyotining tarixiy tayanchi bo‘lib kelganini aytib o'tdi. So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va konstruktiv muloqot nafaqat siyosiy, balki amaliy natijalar bilan boyimoqda.

Buni Hisor va Xo‘jand shaharlarida tashkil etilgan 70 gektarlik “Do‘stlik bog‘lari” yaqqol isbotlab turibdi. Bu bog‘larda 46 mingdan ortiq shaftoli, olxo‘ri va o‘rik daraxti nihollari ekilgan. Bu — faqat daraxt emas, ikki xalq do‘stligining ildiz otgan timsolidir.

Seminarda qayd etilganidek, bu boradagi sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

G‘allachilik yo‘nalishida ham ikki davlat samarali hamkorlik qilmoqda. So'g'd viloyatida 100 gektar maydonga yuqori hosildor o‘zbek bug‘doy navlari ekilib, har gektardan 100 sentnergacha hosil olish ko‘zda tutilmoqda.

Tadbir davomida ikki davlat olimlari ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etib, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, ilmiy yutuqlar va ularning real hayotga ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berishdi. O‘zbekistonlik olimlar bugungi kunda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zamirida turgan ilmiy asoslar, agrotexnologik yondashuvlar va innovatsiyalar haqida baham ko‘rishdi.

Bundan tashqari, seminar doirasida qishloq xo‘jaligining bir qator yo‘nalishlari — chorvachilik, bog‘dorchilik, urug‘chilik va sug‘orish tizimlari bo‘yicha ikki davlat mutaxassislari o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi.

Shubhasiz, bunday uchrashuvlar ikki xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi agrar siyosatni yanada uyg‘unlashtirish, ilmiy va amaliy tajriba almashuvini kuchaytirish yo‘lida muhim qadamlardir.

Bugungi seminar nafaqat ilmiy almashuv maydoni, balki ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik ruhi namoyon bo‘ladigan samimiy muloqot maydoniga aylandi.
👍10👏2
2025/07/08 23:06:02
Back to Top
HTML Embed Code: