Telegram Web Link
Qashqadaryo: tajriba va innovatsiyalar uyg‘unligi — hosildorlikka yangi qadam

Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mirishkor tumanidagi “To‘rabek ko‘zguzi” fermer xo‘jaligida dala maydonini ko‘zdan kechirdi.

Fermer xo‘jaligining 7 gektar maydonida Xitoyning Xin Lu Zao-78 navli paxta navi qo‘shqator usulda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida tajriba-sinov tariqasida ekilgan.

Ammo agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilmagani sababli dala maydonida begona o‘tlar ko‘payib ketgan.

Vazir dala holatini diqqat bilan o‘rganib, begona o‘tlar bilan kurashishni zudlik bilan boshlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, tomchilatib sug‘orish texnologiyasining samaradorligini oshirish va innovatsion usullarni keng joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi tomonidan yaratilgan genetik jihatdan o‘zgartirilgan va an’anaviy mahalliy g‘o‘za navlarini intensiv usulda yetishtirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma fermerlarga bejiz taqdim etilmagani, paxtachilikda yangicha qarashlar va yondashuvlar zarurligi qayd etildi.

Aytish kerak, vazirlik tomonidan paxta yetishtirish sohasida ilg‘or tajribalarni keng joriy qilish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bu esa mintaqadagi fermerlarning samaradorligini oshirishga, iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi.
Qashqadaryo: ilmiy yondashuv asosida ish olib borilsagina natija bo'ladi

Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan ishchi tashrifim davomida Mirishkor tumanidagi “Shomatov Ernazar Shomatovich” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdim.

Bu xo‘jalikda 57 gektar maydonning 51 gektariga Xitoyning “XinLuZao-57” navli paxtasi “Shinjon” texnologiyasi asosida ekilgan. Ushbu texnologiya — 76/10 sxemasi bo‘yicha, plyonka ostida, tomchilatib sug‘orish orqali, qo‘shqator usulda amalga oshirilgan. Qolgan 6 gektarda esa mahalliy “Ravnaq” navi parvarish qilinmoqda.

Bu yerda gap faqat ekish haqida emas — yondashuv haqida. “Shinjon” agrotexnologiyasi oddiy tajriba emas, balki yurtimiz paxtachiligi uchun yangi bosqich, hosildorlikni oshirishga xizmat qiluvchi kuchli vositadir. Shu bois, har bir viloyatda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy seminarlar, olimlarimizning tavsiyalari, Paxtachilik kengashi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar bu texnologiyani to‘g‘ri va samarali joriy etish uchun muhim tayanchdir.

Biroq har qanday ilg‘or yondashuv singari, bu texnologiya ham mas’uliyat, bilim va aniq bajarilishni talab qiladi. Afsuski, tashrif davomida ayrim texnik kamchiliklarga duch keldik. Jumladan, tomchilatib sug‘orish tizimi ba’zi maydonlarda qo‘shqator oralig‘iga emas, balki faqat bir tomonga joylashtirilgan. Bu esa g‘o‘zaning simmetrik o‘sishini izdan chiqaradi, vegetatsiya jarayonini bir tomonlama holga keltiradi.

Men buni texnik vosita muammosi deb bilmayman — bu yondashuvdagi kamchilikdir. Har bir fermer zamonaviy agrotexnologiyani nafaqat amalda qo‘llashi, balki uni chuqur tushunib, ilmiy asoslangan tarzda harakat qilishi lozim. Faqat shunda hosil sifatli va barakali bo‘ladi. Aks holda, eng ilg‘or texnologiyadan ham natija bo‘lmasligi mumkin.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi — bu faqat yer va texnika emas. Bu — bilimga asoslangan, tavsiyalarga ochiq, mehnatga mas’uliyatli yondashuv demakdir. Har bir fermerimizni aynan mana shu ruhda faoliyat yuritishga chorlayman.

Chunki texnologiyani to‘g‘ri qo‘llash — natijaning kafolatidir. Bu nafaqat bugungi hosil, balki ertangi baraka, yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Vaqtdan yutganni — mo‘l hosil kutadi

Bugun qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa har bir qarich yerdan unumli foydalanish borasidagi amaliy yondashuvlar o‘z samarasini bermoqda.

📍Qashqadaryo viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Nishon tumanidagi “Sobir Qo‘yliyevich” fermer xo‘jaligida bo‘lishi ham bunga yaqqol misoldir.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/59084

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/59084

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Nishon dalalarida paxtaning xorijiy navlari sifatli rivojlanmoqda

Vazir Ibrohim Abdurahmonov Qashqadaryo viloyatining qator tumanlaridagi qishloq xo‘jaligi yerlarida ekilgan paxta va g‘alla navlarining joriy holatini o‘rganish jarayonida Nishon tumanidagi “Toshpo‘lat bobo” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasini ko‘zdan kechirdi.

🌱Bu yerda g‘o‘za navlari zamonaviy agrotexnologiya asosida parvarish qilinmoqda. Mas’ullarning ta’kidlashicha, maydonning har gektariga belgilangan miqdordagi ko‘chatlar yerga qadalgan bo‘lib, ular hozirgi kunda sifat darajasida yetilmoqda.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/59080

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/59080

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 15:33:59
Back to Top
HTML Embed Code: