Telegram Web Link
Zamonaviy agrotexnologiyalar va yuqori hosildorlik sari dadil qadam

Jizzax viloyatiga tashrifim davomida Zafarobod tumanidagi “Toshtemir ota” fermer xo‘jaligiga qarashli, umumiy maydoni 68,7 gektarni tashkil etuvchi dala maydonini ko‘zdan kechirdim. Ushbu yerda ilg‘or agrotexnologiyalar asosida g‘alla, paxta va boshqa ekinlar yetishtirilayotganini ko‘rib, mamnun bo‘ldim.

Maydonning 38 gektarida g‘alla, 26 gektarida paxta, qolgan qismida esa himoya zonasi sifatida makkaxo‘jori ekilgan. Ayniqsa, paxta yetishtirishda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar e’tiborga molik: 5 gektarlik yerda xorijiy paxta navlari tomchilatib sug‘orish tizimi orqali qo‘shqator usulda ekilgan. Bu nafaqat suv resurslarini tejashga, balki hosildorlikni oshirish va agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Himoya zonasi sifatida ekilgan mahalliy S-8290 paxta navi hamda makkaxo‘jori nafaqat ekinlarning xavfsizligini ta’minlashda, balki tuproq unumdorligini tiklashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bug‘doy maydonidan 100 sentnerdan ortiq hosil olish kutilmoqda. Bu esa yerga berilayotgan e’tibor, o‘z vaqtida va sifatli agrotexnik tadbirlarning natijasidir.

Albatta, eng quvonarlisi — ushbu dala maydonining elektr ta’minoti quyosh panellari orqali qoplab berilmoqda. Bu, bir tomondan, ekologik barqarorlikni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, fermerlarning ekspluatatsion xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Dalani ko‘zdan kechirar ekanman, amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilganiga amin bo‘ldim. Aynan mana shunday yondashuvlar natijasida yuqori hosildorlikka erishilmoqda.

“Toshtemir ota” fermer xo‘jaligi misolida yaqqol ko‘rish mumkinki, zamonaviy yondashuvlar, ilmiy-amaliy tajribalar uyg‘unligi va fidokorona mehnat qishloq xo‘jaligida katta yutuqlarga asos bo‘lmoqda.

Bu esa O‘zbekiston agrar sohasining istiqbolli va izchil rivojlanayotganining yaqqol dalilidir.
Baxmal tumanida qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda

Jizzax viloyatiga xizmat safarim doirasida Baxmal tumanida bo‘ldim. Bu hudud – tabiatning go‘zalligi, mehnatsevar insonlari va serhosil yerlarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda tumanda 9 ming gektar maydonga g‘alla, shuncha yerga no‘xat va loviya ekilgan bo‘lib, ilk bor 35 ming gektar yer foydalanishga kiritilgani katta ahamiyatga ega.

Baxmalda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, jumladan, takroriy ekinlar strategiyasini joriy etish orqali hosildorlik sezilarli oshirilmoqda. Ayniqsa, loviya yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilayotgani e’tiborga molik.

Tashrif davomida no‘xat va loviya maydonlarida bo‘ldim. Ayniqsa, loviya yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgani e’tiborimni tortdi. Bu – suvni tejash bilan birga, hosil sifati va miqdorini oshirishda ham muhim omil bo‘lmoqda.

Fermerlarga zich ekish usulini keng joriy etish zarurligini ta’kidlab o‘tdim. Masalan, har gektarga 90 kg no‘xat urug‘i ekish hosildorlikni oshirish, begona o‘tlarning oldini olish va o‘simliklarning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘g‘itlashda ilmiy yondashuv mahsulot sifatini va eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.

Bu – nafaqat hosildorlikni, balki don sifati, uning yirikligi, shakli va eksportga yaroqliligini oshirishga xizmat qiladi. Ishonchim komilki, Baxmal tajribasi butun viloyat bo‘yicha namuna bo‘la oladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzacho‘l dalalarida paxta yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda

🌱Mirzacho‘l tumanidagi “Quyoshli vodiy” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektar maydonda xorijiy “Xin Lu Zao-57” navi asosida paxta yetishtirilmoqda. G‘o‘za Xitoy agrotexnologiyasi asosida – 76x10 sxemada, qo‘shqator usulda va plyonka ostida ekilgan. Natijada o‘simliklar jadal va sifatli rivojlanmoqda.

Ushbu nav ko‘sak qurtiga va gerbitsidlarga chidamli bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinmoqda. Chopiq, sug‘orish, yagana va ishlov berish ishlari to‘liq tizimlashtirilgan. Barcha agrotexnik tadbirlar maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borilmoqda.

▶️Jarayon tafsilotlari bilan yuqoridagi videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 22:22:11
Back to Top
HTML Embed Code: