Paxta dalalarida zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilmoqda
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlik va mahsulot sifatini ta’minlash — bizning ustuvor vazifamiz. Shu maqsadda Toshkent viloyatiga amalga oshirgan ishchi tashrifim davomida O‘rta Chirchiq tumanidagi “Madorist Diamond” fermer xo‘jaligiga qarashli 30 gektar paxta dalasini ko‘zdan kechirdim.
Mazkur maydonda mahalliy “Ravnaq-2” navi asosida paxta yetishtirish jarayonlari zamonaviy agrotexnologik yondashuvlar asosida tashkil etilgan. Har bir gektarga belgilangan me’yorda ko‘chatlar ekilib, bugungi kunda ular sog‘lom va sifatli rivojlanmoqda.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, yuqori natijalarga erishishda zamonaviy agrotexnik tadbirlarni to‘liq bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qator oralariga ishlov berish, chopiq, sug‘orish va barg orqali qo‘shimcha oziqlantirish — bularning barchasi ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida amalga oshirilmoqda.
Tajriba ko‘rsatmoqda: har qanday navning imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun unga to‘g‘ri va ilmiy asosda yondashish zarur. Ayniqsa, Paxtachilik kengashi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalarga qat’iy amal qilish natijasida hosildorlik va sifat keskin oshmoqda.
Mas’ullarga aniq topshiriq berdim: ishlarni tizimli olib borish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, barcha agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish shart. Faqat shunda biz raqobatbardosh, eksportbop paxta yetishtira olamiz.
Biz zamonaviy yondashuvlar orqali paxtachilikda samaradorlik va iqtisodiy natijalarni yangi bosqichga olib chiqamiz.

Zamonaviy kartoshkachilikda yangi bosqich
Toshkent viloyatiga tashrifim davomida O‘rta Chirchiq tumanidagi sabzavotchilik yo‘nalishidagi ilg‘or tajriba maydonlarini ko‘zdan kechirdim. Xususan, “Agrovir Solanuz” MChJga qarashli zamonaviy dala maydonida bo‘ldim.
Bu xo‘jalikning 1000 gektardan ortiq yer maydoniga ega ekani, eng muhimi, bu yerda suv tejovchi texnologiyalar to‘liq joriy etilgani tahsinga sazovor.
Ayni paytda mazkur maydonning 200 gektarida Gollandiyaning yuqori hosildor “Fantane” kartoshka navi yetishtirilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu navdan har bir gektardan kamida 30 tonna hosil olinishi kutilmoqda.
Bu esa yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, hudud iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish uchun muhim poydevor bo‘ladi.
Dala sharoitida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni ko‘zdan kechirar ekanman, yuqori hosildorlikka erishish uchun suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni kengroq joriy etish, mahalliy urug‘chilik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdim.
Xorijiy navlar bilan bir qatorda, mahalliy seleksiya mahsulotlarini ko‘paytirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni keng ommaga yetkazish va dehqonlar malakasini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Kartoshkachilik sohasini modernizatsiya qilish orqali biz nafaqat eksport salohiyatini kuchaytiramiz, balki ichki bozorimizni sifatli va arzon mahsulot bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytiramiz.

Toshkent viloyatida zamonaviy agrotexnologiyalar va ilm-fan integratsiyasi kuchaytirilmoqda
Safarim doriasida Quyi Chirchiq tumanidagi zamonaviy agrosanoat loyihalari bilan ham tanishmoqdaman.
Dastlab, “Intertreid holding” MChJga qarashli, umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etuvchi zamonaviy issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirdim.
Ushbu issiqxonada 4-avlod Gollandiya texnologiyasi asosida yuqori hosildor pomidor navlari yetishtirilmoqda. Mas’ullarning ta’kidlashicha, yetishtirilayotgan barcha mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan va issiqxona to‘liq zamonaviy agrotexnik talablarga javob beradi.
Amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, mahsulot turlarini ko‘paytirish, eksport hajmini oshirish va ayniqsa, resurs tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdim.
Shuningdek, Quyi Chirchiq tumanidagi “Qoyunchilik, naslchilik agrokompleksi” MChJ faoliyati bilan tanishdim. Umumiy maydoni 11 gektardan iborat mazkur majmuada 27 ta texnologik blok faoliyat yuritmoqda va ayni vaqtda 120 ming bosh quyon parvarish qilinmoqda. E’tiborga molik jihati shundaki, korxonada quyon yetishtirishdan tortib, tayyor go‘sht mahsulotini qadoqlashgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjiri yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur majmuada yiliga o‘rtacha 2 ming tonna tayyor go‘sht ishlab chiqarilmoqda. Tayyor mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya va Belarusga eksport qilinmoqda. Bundan tashqari, korxona “Halol” sertifikatiga ega bo‘lgani sababli mahsulotlarga Sharq mamlakatlarida ham yuqori talab mavjud.
Albatta, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishda ilm-fan va amaliy tajribaning o‘rni beqiyos. Shu maqsadda mazkur agrokompleksda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilgan bo‘lib, u yerda italiyalik mutaxassislar ishtirokida quyonlarning genetik sifati, sog‘ligi va zotlilik darajasini oshirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Bu tashabbusni yuqori baholab, Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy-amaliy loyiha tashkil etish borasida taklif o'rtaga tashlandi.
Mazkur loyiha doirasida talabalar bevosita agrokompleks laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish, ilmiy izlanishlar olib borish va zamonaviy genetika yo‘nalishida chuqur bilim va ko‘nikmalar orttirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ushbu tashabbus qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.