Qoraqalpog‘iston dalalarida yangicha qarash, zamonaviy yondashuv
Sohada amalga oshirilayotgan ishlarning real samaradorligini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdim. Tashrif dasturining ilk manzili sifatida Xo‘jayli tumanidagi Shukurullayeva To‘lg‘anoy fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldim.
Dastlab g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin sifatida ekilgan kunjut va mosh ekinlarini ko‘zdan kechirdim. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar, ularning sifati, muddatiga oid jarayonlarni o‘rgandim. Bu jarayonlar davomida yuzaga chiqayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha joyida tavsiyalar berdim.
Xususan, mazkur xo‘jalikda 6 gektar yer maydoniga S-4728 paxta navi yakkaqator qilib ekilgani diqqatimni tortdi. Ushbu navning sho‘rga chidamliligi, issiq iqlim sharoitiga moslashuvchanligi va yuqori hosildorligi Qoraqalpog‘iston kabi murakkab agroiqlimiy hududlar uchun ayni muddao ekani ayon bo‘ldi. Men bu nav asosida olib borilayotgan tajribalarni mamlakatimiz paxtachilik sohasida ilm-fan, amaliyot va innovatsiyalar uyg‘unligining yorqin namunasi sifatida baholadim.
Daladagi kuzatuvlarim chog‘ida g‘o‘zaning o‘sish bosqichida o‘simlikka ko‘mak beruvchi “Sajem” preparatini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarimni berdim. Shuningdek, o‘simliklar vegetatsiyasini faollashtirish, sho‘rlangan yerlarda hosildorlikni oshirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim maslahatlarni taqdim etdim.
Tan olish kerakki, ayni paytda Qoraqalpog‘istonda iqlim sharoitiga mos, zamonaviy talablar darajasidagi, sho‘rga chidamli va serhosil paxta navlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. S-4728 navi esa bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatli ilmiy-amaliy faoliyatning samarasidir.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, tabiati murakkab, resurslari cheklangan hududlarda ham yangicha qarashlar, zamonaviy yondashuvlar va ilmiy asoslangan tajribalarni keng joriy etish orqali biz nafaqat bugungi hosildorlikni ta’minlaymiz, balki ertangi oziq-ovqat xavfsizligini, eksport salohiyatini va dehqon manfaatining ishonchli kafolatini yaratayapmiz. Bu esa mamlakatimiz agrar siyosatining puxta va uzoqni ko‘zlagan strategik rejalari amalda qanday natijalar berayotganidan dalolatdir.

Tartib, intizom va ochiqlik — bizning asosiy mezonimiz
Tashrifim doirasida Xo‘jayli tumanidagi Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ham tashrif buyurdim. Dastlab, u yerdagi mavjud sharoitlar, moddiy-texnika bazasi bilan tanishdim. Ammo men uchun eng muhim masala — devorlar ortidagi texnika emas, shu tizimda mehnat qilayotgan insonlarning yuragi, dunyoqarashi va kasbiga bo‘lgan munosabatidir.
Ishonamanki, har qanday o‘zgarish, eng avvalo, insonning o‘zidan boshlanadi. Xodimning dunyoqarashi, kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va yondashuvi o‘zgarishlar asosi hisoblanadi. Shuning uchun har bir rahbar va xodim ish joyiga kirib kelgan zahoti, bu yerda yangilanishlar sodir bo‘layotganini har bir fuqaro his qilishi shart.
Biz idoramizni oddiy bir muassasa deb emas, islohotlar maskani, taraqqiyot eshigi sifatida ko‘rishga o‘rganishimiz kerak. Har bir burchakda tartib, tozalik, intizom va ochiqlik aks etishi lozim.
Bugun men bo‘lim rahbari va barcha xodimlarga aniq vazifalarni belgilab berdim. Eng asosiy topshiriq — fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdir. Har bir tashrif buyurgan fuqaro o‘zini qadrlangan, eshitilgan va kerakli ma’lumotni olgan holda his qilishi zarur.
Bo‘lim faqat qog‘ozbozlik yoki rasmiyatchilik markazi emas. Bu joy — qishloq xo‘jaligimizdagi islohotlarning yuzi, har bir dehqon va fermer uchun ishonchli tayanchga aylanishi kerak.
Biz namunani aynan shu joydan boshlaymiz!