#yangi_tajriba 
#yangi_davr_paxtachilik
#hududlardan_lavhalar
#Qoraqalpog'iston_Beruniy_tumani
Xorijiy nav, 65 centner hosil mashinda terilayapti. 3-oktyabr, 2025 yil.

👍19🤔2
  Xorazmda paxtachilikda innovatsion yondashuv amalda o‘z isbotini topmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ishchi tashrifimni yakunlab, Xorazm viloyatiga yetib keldim. Tashrifimning ilk manzili Qo‘shko‘pir tumanidagi “Abdurahmon Yusufboy” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasi bo‘ldi. Dastlab ko‘zga tashlangan jihat — dalaning parvarishdagi mukammalligi va hosildorlikdagi yuqori natija edi.
Fermer xo‘jaligi jami 90 gektar maydonga ega bo‘lib, shundan 45 gektariga Hindistonning “Nath-06/21” navi ekilgan. Fermerning so‘zlariga ko‘ra, bu yil birinchi terimda 38 sentner, ikkinchi terimda 30 sentner hosil olingan. Ya’ni umumiy hisobda gektaridan 68 sentner paxta yetishtirilmoqda. Men o‘rganish jarayonida dalada desikatsiya tadbirlarini amalga oshirish orqali yana 5–10 sentner qo‘shimcha hosil olish mumkinligini ta’kidladim. Demak, yakuniy natija 78 sentnergacha yetishi kutilmoqda.
Bu — shunchaki raqam emas. Bunday yutuq ortida mehnat, ilmiy yondashuv va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish madaniyati mujassam. Ayniqsa, suv resurslarini tejash tajribasi alohida tahsinga loyiq. Xorazmda odatda paxta ekishdan oldin dalalar uch marta sho‘r yuviladi. Ammo mazkur fermer xo‘jaligi bu jarayonni atigi bir marta amalga oshirib, katta miqdorda suvni tejashga erishdi. Bu esa zamonaviy agrar tafakkur va yangicha yondashuvning yorqin namunasidir.
Men fermerning tashabbuskorligi va ilm bilan ishlash madaniyatini e’tirof etdim:
— Bugun biz xorijiy navlarni hudud iqlimiga moslashtirish, ularni ilmiy asosda parvarishlash bo‘yicha aniq natijalarni ko‘ryapmiz. Bu dalani bemalol ilg‘or tajriba sifatida boshqa fermerlarga namuna qilib ko‘rsatish mumkin, — dedim.
Shuni alohida qayd etmoqchimanki, Xorazm dalalarida Hind nav oilasiga mansub “Nath-06/21” navi o‘zini to‘liq oqlamoqda. 2024-yilda Qo‘shko‘pir tumanida o‘ta sho‘rlangan 48 gektarda ekilib, gektaridan 50 sentner hosil berib, dastlabki muvaffaqiyatini ko‘rsatdi.
Shu sababli fermerlar qiziqishi ortib, 2025-yilda mazkur nav Xorazmning sho‘rxok yerlari hisoblangan 1200 gektar maydonda ekildi va natijalar yanada ijobiy chiqmoqda. Ayniqsa, sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan yerlarda ham bu navning moslashuvchanligi va hosildorligi fermerlarga katta umid bag‘ishlamoqda. Kelgusida mazkur navni yanada kengaytirish, uni hududning barqaror hosildor navlari qatoriga kiritish rejalashtirilmoqda.

👍14
  #yangi_tajriba 
#yangi_davr_paxtachilik
#hududlardan_lavhalar
#Xorazm_Urgench_tumani
Turkiyaning Eliza navi, 65 centner hosil mashinda terilayapti. 4-oktyabr, 2025 yil.

👍15