Telegram Web Link
Hosildorlikni oshirgan xorijiy navlar: Vobkentdagi ilg‘or tajriba

Bugun men ishchi tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibman. Tashrifimning dastlabki manzili — Vobkent tumanidagi “Garden Buxoro agroklaster” MCHJ bo‘ldi. U yerda meni viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev hamrohlik qilmoqda.

“Garden Buxoro agroklaster” bugungi kunda 6 ta tumanda faoliyat yuritib, jami 34 ming gektar paxta maydoniga egalik qilmoqda. Shundan 20 ming gektar maydonda xorijiy navlar ekilgan bo‘lib, bu tajriba allaqachon o‘z samarasini bera boshlagan. Klasterning o‘z dalalarida hosildorlik 70 s/ga, fermer xo‘jaliklarida esa 60–65 s/gani tashkil etmoqda.

Dalalarda zamonaviy texnika va suv tejovchi texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, desikatsiya ishlari dronlar yordamida olib borilayotgani e’tiborga molik. Natijada hosildorlik 70 sentnerdan oshdi.

Ushbu tajriba nafaqat klasterda, balki butun viloyat fermerlari uchun ilg‘or agrotexnologiyalarni o‘rganish va tatbiq etishda ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Dalalarda kungaboqar va makkajo‘xori himoya belbog‘i sifatida ekilib, shamol va zararkunandalarga qarshi tabiiy to‘siq yaratmoqda.

O'z navabtida, hosilni sifatli va tez yig‘ishtirib olish bugungi eng muhim vazifa ekanini ta’kidladim. Shu maqsadda fermerlar faoliyatini muvofiqlashtirish va desikatsiya tadbirlarini zudlik bilan yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdim.

Zero, hosildorlikni oshirish – zamonaviy ilm, to‘g‘ri yondashuv va fidokor mehnatning samarasi Vobkent dalalarida buning yaqqol isboti namoyon bo‘lmoqda.
👍14👌2
Peshku tumanida xorijiy paxta navining hosildorlik tajribasini o‘rganildi

Buxoro viloyatidagi ishchi safarim doirasida viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev hamrohligida Peshku tumanidagi “Buxoro Servis Agroklaster” MCHJga qarashli 7 gektar maydondagi paxta dalasini ko‘zdan kechirdim.

Mazkur maydonda xorijiy paxta navi ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilgani natijasida o‘simlikning rivojlanish holati nihoyatda yaxshi ekani kuzatildi. Hosil pishish jarayoni bir maromda kechmoqda, ko‘saklar to‘liq shakllangan va hosil sifati yuqori.

Dala maydonini ko‘zdan kechirish jarayonida men desikatsiya ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish, hosilni sifatini saqlagan holda tez va samarali yig‘ishtirib olish, shuningdek terim oldi agrotexnik tadbirlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidladim.

Shuningdek, dronlardan foydalanish orqali desikatsiya o‘tkazish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va paxta xomashyosining sifat ko‘rsatkichlarini doimiy monitoring qilish bo‘yicha mutasaddilarga aniq tavsiyalar berdim.

Zero, men uchun hosildorlikni oshirish – bu nafaqat urug‘ sifati, balki o‘z vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar, ilmiy yondashuv va zamonaviy texnologiyalarning uyg‘un natijasidir.
👍16👌2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida kuzgi ekin mavsumi qizg’in davom etmoqda. Fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan bug‘doy ekish ishlari agrotexnik talablar asosida tashkil etilmoqda.

🚜 Dalalarda zamonaviy texnika va urug‘ sepish agregatlari yordamida ishlar olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan hosildorlikni oshirish, suvni tejash va tuproq unumdorligini saqlash borasida aniq tavsiyalar berilmoqda.

🌾 Ushbu jarayon yer resurslaridan samarali foydalanish, barqaror hosildorlikni ta’minlash hamda kelgusi yilgi hosil uchun puxta zamin yaratish sari muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

📰Zero, Vobkent dalalarida bugungi mehnat – ertangi hosil, baraka va ishonch poydevoridir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍10👌2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Xorazm viloyatining Shovot tumanida kuzgi bug‘doy ekinlari ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etilmoqda.

🚜 Fermer xo‘jaliklari tomonidan urug‘ sepish ishlari zamonaviy ekish agregatlari yordamida amalga oshirilayotgani tufayli urug‘ bir tekis chuqurlikka joylanmoqda, bu esa nihollarning baravar unib chiqishini ta’minlamoqda.

💧Shuningdek, “resurs tejovchi” usullar — kam suv sarfi bilan yuqori hosildorlikka erishish imkonini beruvchi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Mutaxassislar tavsiyalariga ko‘ra, bu amaliyot kelgusi yilda hosildorlikni kamida 10–15 foizga oshirishi kutilmoqda.

🌾 Shovot dalalaridagi bugungi mehnat – innovatsiya, baraka va barqaror hosil sari dadil qadamdir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍8🤔1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatining Shovot dalalarida bu yilgi bug‘doy ekish ishlari yangicha ruhda, ilg‘or texnika va zamonaviy uslublar asosida olib borilmoqda!

🚜 Fermerlar tomonidan qo‘llanilayotgan texnikalar urug‘ni bir tekisda va chuqurlikda joylashtiradi, natijada nihollar baravar unib chiqmoqda. Bu esa kelajakdagi hosil sifatining eng muhim kafolatidir.

💧Tomchilatib sug‘orish va resurs tejovchi texnologiyalar yordamida suv sarfi kamayib, har bir litr suvning hosilga aylanish samaradorligi oshmoqda.

📰Shovot dehqonlari uchun bu yilgi ekin mavsumi — innovatsiya va mehnat uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍8🤔1👌1
2025/10/23 17:22:38
Back to Top
HTML Embed Code: