Telegram Web Link
Forwarded from Дилшодбек Боходирович Назиров
Paxtadan unumli va sifatli hosil olish agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq

Qashqadaryo viloyatiga ishchi tashrifim davomida G‘uzor tumanidagi “G‘uzor Jingu” qo‘shma korxonasiga qarashli 5 gektarlik dala maydoni hamda unga tutash 400 gektar paxta konturida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim.

Mazkur maydonlarda paxta to‘liq ochilish bosqichida, dalalarda yig‘im-terimga tayyorgarlik ishlari faol olib borilmoqda. Men yetishtirilayotgan paxta sifatini, agrotexnik tadbirlarning samaradorligini o‘rganib chiqdim va paxtani yanada yetiltirish uchun zarur tavsiyalar berdim.

Hosildorlikni oshirishda to‘g‘ri agrotexnik yondashuv, tuproq holatini kuzatish, oziqlantirish tartibini optimallashtirish hamda suvdan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jarayonda xitoylik mutaxassislar bilan ham fikr almashdik. Ular bilan birgalikda O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan ilg‘or usullarni tatbiq etish lozimligini qayd etdik.

Men o‘z nutqimda O‘zbekistonning iqlim sharoiti paxtachilikda muhim omil ekanini ta’kidladim. Mamlakatimizda o‘rtacha 110–120 kun quyoshli davr mavjud, aynan shu muddat davomida paxtani to‘liq parvarishlab, yetiltirish va yig‘ib olish bosqichlarini samarali tashkil etish zarurligini alohida urg‘uladim.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur maydonning har gektaridan kamida 70 sentner hosil olish kutilmoqda. Bu natija nafaqat korxona uchun, balki butun viloyat paxtachiligi tajribasi uchun ham muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.

“G‘uzor Jingu” qo‘shma korxonasida olib borilayotgan ishlar esa O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi doirasida paxtachilik sohasida yangi texnologiyalarni tatbiq etishning amaliy namunasi bo‘lib, bu tajriba natijalari kelgusi yillarda Qashqadaryo viloyatida yuqori hosilli, samarador paxtachilik tizimini yaratish uchun asos bo‘lishiga ishonaman.
👍10👌1
Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida barqaror hosildorlikka erishilmoqda

Qashqadaryo viloyatiga tashrifim davomida “Qashqadaryo Jingu” klasterining Koson tumanidagi paxta dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik ishlar jarayoni bilan tanishdim.

Mazkur klasterning Koson tumanida jami 2000 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, shundan 500 gektarlik kontur Qo‘ng‘irtog‘ hududida joylashgan. Bu yerda paxta yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalar — tomchilatib sug‘orish tizimi, lazerli tekislash, mexanizatsiyalashgan ishlov berish usullari keng qo‘llanilmoqda.

Dala maydonini ko‘zdan kechirar ekanman, avvalo agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilgani, paxtaning rivojlanish bosqichida oziqlantirish va sug‘orish ishlarining to‘g‘ri tashkil etilgani e’tiborimni tortdi.

O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik va texnik tadbirlar natijasida hosildorlikning yuqoriligi yaqqol ko‘rinib turibdi — har gektardan o‘rtacha 65–70 sentner hosil olish imkoniyati mavjud.

Men o‘z navbatida paxta terimini sifatli tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish hamda hosilni nobud qilmasdan o‘z vaqtida yig‘ib olish bo‘yicha mutasaddilarga zarur tavsiyalar berdim.

Yuqori hosildorlik — mehnatsevar dehqon va fermerlarimiz fidoyiligi, zamonaviy agrotexnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash hamda ilmiy yondashuv samarasidir. Zero, har bir terilgan paxta tolasi mamlakatimiz agrar salohiyatining yuksak ifodasidir.
👍15👌1
#yangi_davr_paxtachilik
#Qashqadaryo_Koson_tumani
#Shinjon_usuli
#may_oyida_ekilgan_maydonlar

Koson tumani, Qo'ng'irtog' hududida 10-30 yilllar davomida ekilmagan, ekilganda ham atiga 5-8 centner hosil bergan maydonlar.

Joriy yil May oyi o'rtalarida ekilgan 500 gektarda 50-70 centner hosil pishayapti!!!

Koson tumanida (umumiy paxta maydoni 20,3 ming gektar) shunday Shinjon usulida ekilgan maydonlar 10 ming gektarni tashkil qilmoqda. Bu joriy yildagi 90 ming tonna paxta hom-ashyosi hirmoniga sezilarli hissa qo'shadi!

Barakasini bersin!
👍9🤔1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Paxtachilikda yuqori hosildorlik qayd etilmoqda
#11oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍10🤔1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sayxunobodda paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi

Sayxunobod tumanida 2025-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi keng ko‘lamda tashkil etilib, yurtimiz dalalarida mehnat qizg‘in tus olgan. Tumandagi barcha fermer xo‘jaliklari hosilni sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib olish bo‘yicha mas’uliyat bilan ish olib bormoqda.

Jumladan, O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan “Begali” fermer xo‘jaligi joriy yilda mo‘l hosil yetishtirib, terim mavsumini yuqori natijalar bilan boshladi. Mazkur xo‘jalik dalalarida har gektardan 60–70 sentner paxta hosili olinmoqda. Bu esa fermer xo‘jaligining samarali mehnati, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilgani va suv ta’minoti, o‘g‘itlash, begona o‘tga qarshi kurashish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganining amaliy natijasidir.

Fermer xo‘jaligi rahbari va terimda ishtirok etayotgan ishchilar har bir paxta ko‘sagini dalada qoldirmaslik, sifatli terimni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shuningdek, terim jarayonida zamonaviy texnikalar, xususan, paxta terish mashinalari keng jalb etilgan.

Tumanda hosilni yig‘ib olish bo‘yicha maxsus shtab tuzilgan bo‘lib, unda har kuni terim sur’atlari tahlil qilinib, fermer xo‘jaliklarining faoliyati o‘rganilmoqda.

Sayxunobod dehqonlari fidokorona mehnatlari bilan bu yil ham yurtimiz paxta tayyorlash rejasini muvaffaqiyatli ado etish yo‘lida sobitqadamlik bilan harakat qilmoqdalar.

|TelegramWeb-site | Instagram | YouTube | X |
👍8👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzaobod tumanida paxta dalalarida mo'l hosil yaratildi!

Batafsil tayyorlangan videolavhada👆

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
👍11👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Paxta xirmonlari yuksalmoqda
#11oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍5👌1
2025/10/25 19:30:04
Back to Top
HTML Embed Code: