Telegram Web Link
🇺🇿В Кашкадарье прошел семинар по выращиванию высокоурожайного картофеля на основе египетского опыта

🔺Подробнее

#сотрудничество

Telegram на English | O'zbek | Facebook | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
#yangi_davr_paxtachilik
#Shinjon_usuli
#qalin_ko'chat
#yangi_ekish_sxemasi
#tub_burilish

Paxtachikda yuqori hosildorlikni siri nimada?

Joriy yilda paxtachilikda fermerlarimiz katta hosil "qanday bo'lishini" o'z ko'zlari bilan ko'rdilar desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Bunga har birimiz guvohmiz. Ko'pchilik buni e'tirof etayapti!

Albatta kimdir buni "Xitoy navlarini" kirib kelishi bilan bog'layapti. Bu qisman to'ridir - biroq, asil "sir-sinoat" bunda emas!

Nimada bo'lmasa?

Qisqa javob: "ko'chat qalinligida va ko'sak qurti hamda begona o'tni boshqarish" mahoratida!

Shu yerda paxta etishtirishda "Shinjon usuli" muhimligini aytish joiz.

Bu usul - 76 cm qator oraligi'da, plyonkani ostiga tomchilatib, qo'shaqator (66x10 cm) ekish bilan, gekatariga 220-240 ming tup ko'chat ekish agrotexnoligiyasidir.

Joriy 2025 yil 90% yerlarimizda 76 cm qator oralig'ini joriy qilib, ko'chat qalinlinligini oshirdik. (Avvalri asosan 90 va 60 cm li sxemada gektariga 75-120 ming ko'chat parvarishlar edik.)

Gap ko'chat qalinligida ekaninini tushunib yetdik! Yutug'imiz shunda bo'layapti desak to'gri bo'ladi.

Sababi, joriy yil umumiy 875 ming gektardagi paxta maydonida 150-160 milliardgacha ko'chat olindi. Har bir tup o'rtacha 8 tadan ko'sak olsa, har bir chanoq 3 gram og'irlikdagi paxt hom-ashyosini bersa, joriy yil kutilayotgan xirmon 3,8 mln tonnagacha boradi!

Shu yerda ko'sak qurtiga (Bt) va gerbidcidga (Gt) chidamli Xitoy navlarini foydasi yaqqol ko'rinadi: gektariga 240 ming ko'chat ekib, yagonalmasdan va chopiqsiz barcha ko'chatni va ko'sakni saqlab qolish mumkin.

Mahalliy nav ekilsachi?

Qalin eksak ko'sak qurti yeb qoyadi (bu yil zar bermadi!), chopmasak begona o't bosib ketadi, chopsak - ko'chat soniga zarar yetadi! Qurtga qarshi bir necha marta "zaxar" sepish va 3-4 marta chopiq faqat tannarxni oshiradi!

Shu bois: ko'sak qurtiga va gerbidcidga chidamli O'zbek navlarini yartish juda muhim.

Hullosa:

Mo'jiza nav bo'lmaydi, balki mo'jiza agrotexnologiya bor!


"Shinjon" usulda ekish bilan mahalliy navlarimiz ham katta hosildorlik berayotganini ko'rib turibmiz. Bu mubolag'a emas.

Biroq Bt va Gt texnologiyalri juda samarali va katta daromad keltirishi (gektariga mahalliy navlarga nisbatan 15 mln so'm qo'shimcha daromad) tufayli bu navlarning maydonlari kelgusida kengayib boraveradi!

Bunda o'zimizni mahalliy navlarni Bt va Gt genlari bilan boyitish muhim qadam bo'ladi! Taqiqotlar avjida, bu genlar 56 ta mahalliy navlarimizga o'tkazildi!

Rejaga ko'ra, 2027 yilgacha 100 ming gektarga etadigan O'zbekistonning Bt/Gt navlari fermerlarga etkaziladi!

Quyidagi fotolavhalar esa ekishdan to hosilgacha qalin ko'chatli dalani tassavur qilishingizda ko'maklashadi!
👍17🤔1
🌱🌱🌱

🌱 “Paxtachilikda joriy etilgan yangi agrotexnologiyalar samarasi va xorijiy g‘o‘za navlarining hosildorlik ko‘rsatkichlari” mavzusidagi press-tur doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti mutaxassislari tomonidan OAV vakillari va soha ekspertlariga uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlar yordamida paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari namoyish etilmoqda.

🚜 Shu bilan birga, “Bashiran” paxta terish mashinalari yordamida terim ishlari ham tashkil etilib, press-tur ishtirokchilari mexanizatsiyalashgan terim jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

🚀 Mazkur zamonaviy texnologiyalar dalalarda o‘simliklar holatini tezkor monitoring qilish, suv va o‘g‘itlardan samarali foydalanish, hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qiluvchi raqamli yechimlarni joriy etish imkonini bermoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Paxta_chellenj
#Yangi_davr_paxtachilik
#Buxoro_viloyati_Jondor_tumani
Jondor tumanida hosildorlik yildan-yilga oshmoqda!
Bugungi kunga kelib Buxoro viloyatining Jondor tumanida paxta hosildorligi 70–80 sentnergacha yetmoqda. Bu natijalar avvallari orzu bo‘lgan — o‘sha paytlarda 45 sentner paxta yetishtirgan fermerga hatto avtomobil berilar edi!
Endi esa bunday ko‘rsatkichlar odatiy holga aylanmoqda — buning ortida davlatimiz rahbarining sohada odilona siyosati, mehnatsevar dehqonlarimiz, zamonaviy texnologiyalar turibdi.
🌱Tumanidagi “Hamroyev Xalil Bozorovich” fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yilda 17,9 gektar maydonga Shinjon usulida 76 qo‘shqator asosida Xitoyning 57 navli paxtasi ekilib, gektariga 220-240 ming tup ko‘chat parvarish qilinishi natijasida katta xirmon yaratildi.
📦Fermerlar ta’kidlashicha, zamonaviy texnikalar, xususan, Xitoyning “Boshirang” paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish yuqori natijaga erishishda muhim omil bo‘lgan.
👍11🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Юқори ҳосилдорлик - илм, меҳнат ва замонавий технологиялар самараси

Жорий йилда Бешариқ туманида 7 минг 300 гектар майдонда ғўзанинг "Наманган-77", "С 6775", шунингдек, хитой навлари экилиб, сифатли агротехник тадбирлар амалга оширилди. Бугун далалардаги оппоқ пахтазорни кўриб, кўз қувонади. Айни пайтда етиштирилган ҳосил йиғиштириб олинмоқда.

Пахтачиликдаги янгича ёндашувлар ҳосилдорлик ва манфаатдорликни кескин оширди, -дейишмоқда фермерлар. Шу боис аксарият фермер хўжаликларида ўртача ҳосилдорлик 60-70 центнерни ташкил этмоқда.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍11🤔1
2025/10/19 21:48:58
Back to Top
HTML Embed Code: