Telegram Web Link
#yangi_davr_paxtachilik
#Shinjon_usuli
#yangi_ekish_sxemasi
#tub_burilish

Qashqadaryoda paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishilmoqda


Viloyatning G‘uzor tumanidagi “Tohir va Zuhra” hududida paxta yetishtirishda yangi yondashuvlar samarasi ko‘zga tashlanmoqda.

Uzoq yillar davomida qarovsiz qolgan, sho‘rlangan yerlar endi hosildor maydonga aylandi. Ilgari bu yerlarda hosildorlik gektariga 30 sentner atrofida bo‘lgan bo‘lsa, endi vaziyat butunlay o‘zgardi.

Bu yil Shinjon usuli asosida — 76 sm oraliqda yakka qator ekish, 1 gektarga 280 ming tup ko‘chat qoldirish orqali hosildorlik 67–70 sentnerga ko‘tarildi.

Davlatimiz rahbari aytganidek,
“Yerlarimiz bebaho, yomon deganni o‘zi yomon.”


Ilmga tayanib, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali eng og‘ir yerlarning o‘zida ham mo‘l hosil yetishtirish mumkinligi isbotlandi.

Fermerlar bunga o‘z tajribasida guvoh bo‘ldi. Endi bu natija — paxtachilikda yangi davr boshlanishi! 🇺🇿

Kanalga ulanish@guzorpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
O‘zbekiston – Italiya hamkorligi yangi bosqichda

🌱 O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Rim shahriga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi va Italiya Qishloq xo’jaligi bosh konfederatsiyasi (Confagricoltura) tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.

📄 Ushbu kelishuv doirasida yosh fermer va mutaxassislar Italiya qishloq xo‘jaligi xo‘jaliklarida mehnat faoliyatini olib borish uchun yuboriladi.

👩‍🌾 Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ishchilar italyan tili hamda Italiyada ishlash tartib-qoidalari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

📚 Dastlabki bosqichda 15 nafar ishtirokchi uchun 140 soatlik o‘quv kursi tashkil etilishi belgilangan.

🤝 Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Rimda qishloq joylarda kambag‘allikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi

Rim shahridagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) shtab-kvartirasida “Deepening International Cooperation on Poverty Reduction in Agriculture of Uzbekistan” — “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish” mavzusida xalqaro Side Event bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xitoy va Braziliya hukumatlari tomonidan FAO ko‘magida tashkil etildi.

Ushbu tadbirda ishtirok etib, mamlakatimizda qishloq joylarda kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv rivojlanish va barqaror ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdim.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining daromadlarini oshirish, qishloq hududlarida farovonlikni ta’minlash va bandlikni kengaytirish maqsadida kompleks choralar ko‘rilmoqda. Natijada, qishloq joylarda kambag‘allik darajasi sezilarli darajada pasaydi, ishsizlik kamaydi, kichik fermerlar va yosh tadbirkorlar uchun resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.

Islohotlarimizda Xitoyning barqaror qishloq rivojlanishi bo‘yicha tajribasini o‘rganish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, IFAD va FAO kabi xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘magidan foydalanish muhim o‘rin tutmoqda.

Shuni alohida ta’kidlashni istardim: “Kambag‘allikni qisqartirish uchun yagona formula yo‘q. Har bir mamlakat o‘z sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib, birgalikda harakat qilishi zarur. Faqat xalqaro hamjihatlik va o‘zaro tajriba almashish orqali qishloq joylarda barqaror farovonlikka erishish mumkin.”


Shuningdek, raqamli qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish, qiymat zanjirlarini takomillashtirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslarimiz haqida ma’lumot berdim.

O‘zbekiston 2030-yilga qadar qishloq kambag‘alligini ikki barobarga qisqartirish, shuningdek, kichik fermerlar, ayollar va yoshlar uchun innovatsiya va resurslardan teng foydalanish imkoniyatini yaratishni o‘zining ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.

Yakuniy so‘zimda shuni qayd etdim: “O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda barqaror qishloq turmush tarzini ta’minlash, umumiy farovonlik va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida izchil choralarni amalga oshirib boradi.”
👍5👏4
2025/10/20 09:26:30
Back to Top
HTML Embed Code: