Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
yangi_davr_paxtachilik
#Shinjon_usuli
#qalin_ko'chat
#yangi_ekish_sxemasi
#tub_burilish

Пахтакор туманида пахта терими юқори суръатлар билан давом этмоқда

Тумандаги 341 та фермер хўжалиги жами 11 500 гектар майдонда юқори ҳосил берувчи чигит навларини парваришлаб, вилоят миқёсида илғор натижаларни кўрсатмоқда.

Айни пайтда “Оқ булоқ” фермер хўжалиги ҳудудида оқ олтинни йиғиб олиш жараёнлари қизғин тус олган.

Шунингдек, тумандаги йирик хўжаликлардан бири — “DIAMOND BRAVE” фермер хўжалиги 91 гектар майдонда экилган пахтани йиғим-терим ишларини жадал суръатда олиб бормоқда.

Пахта теримига старт бериш маросимида вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Улуғбек Мустафоев, соҳа масъуллари ва маҳаллий фермерлар иштирок этдилар. Тадбир давомида “Боширан” туридаги замонавий пахта териш машиналари ёрдамида ҳосил йиғим-терими бошлаб юборилди.

“DIAMOND BRAVE” хўжалигида маҳаллий “Султон” нави экилиб, ҳар гектарида ўртача 180 минг кўчат етиштирилди. Натижада ҳосилдорлик 72 центнерни ташкил этди.

Бу кўрсаткич нафақат Пахтакор тумани, балки вилоят миқёсида ҳам яхши натижалардан бири ҳисобланади.

Фермернинг таъкидлашича, бундай муваффақиятга эришишда замонавий агротехнологиялардан самарали фойдаланиш, инновацион ечимларни жорий этиш ва терим жараёнларини тўлиқ механизация қилиш муҳим аҳамият касб этган.

Илгари асосан қўл меҳнати билан амалга оширилган терим ишлари эндиликда замонавий техника ёрдамида тезкор, аниқ ва самарали бажарилмоқда.

Бу эса деҳқонлар меҳнатини енгиллаштириб, ҳосилни тўлиқ йиғиб олиш, ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш ҳамда агросаноат салоҳиятини янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда.

Пахтакорлик меҳнаткашлар бу йил ҳам фидойилик ва масъулият билан ишлаб, вилоятнинг умумий пахта ҳосилига муносиб ҳисса қўшишга интилмоқдалар.
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Asalarichilikda Sloveniya tajribasi
#16oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍8
Tizim rivoji uchun aniq reja va vazifalar belgilandi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdik.

Yig‘ilishda mavsumiy ishlarning samaradorligini oshirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Paxta yig‘im-terimi jarayonlari alohida e’tiborda bo‘ldi. Mutasaddilarga xom ashyoni sifatli, yo‘qotishlarsiz yig‘ib olish, uni belgilangan me’yorlarga muvofiq paxta qabul maskanlariga yetkazishni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “CropAgro” platformasi faoliyatini yanada shaffof va samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Aytish kerak, so‘nggi yillarda mamlakatimiz agrar sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi yig‘ilish esa, qisqa muddatli natijalarni ta’minlash bilan bir qatorda, uzoq muddatli strategik maqsadlarimizni belgilash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha ham aniq rejalar ishlab chiqildi.

Ishonchim komilki, belgilangan reja va topshiriqlarning izchil ijrosi natijasida sohada samaradorlik yanada ortadi, agrar tizimimiz yangi bosqichga ko‘tariladi.
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Paxtachilikda yuqori hosildorlik qayd etilmoqda
#17oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍5
O‘zbekiston delegatsiyasi FAOning yangi muzeyiga tashrif buyurdi

📍Rim shahrida bo‘lib qaytgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yulchievich Abdurahmonov FAO tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlar doirasida FAOning yangi muzeyiga tashrif buyurdi.

🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur muzeyni ko‘rgan ilk mehmonlardan biri bo‘ldi. Ekspozitsiyada dunyo mamlakatlarining oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va madaniy merosi bilan bog‘liq turli eksponatlar namoyish etilgan.

📰Shuningdek, muzeyda O‘zbekistonga oid eksponatlar ham o‘rin olgan bo‘lib, ular mamlakatimiz milliy qishloq xo‘jaligi an’analarini va mahalliy mahsulotlar turfa xilligini aks ettiradi.

Tashrif ishtirokchilari muzeyni FAO faoliyatining tarixiy rivoji hamda mamlakatlarning agrar salohiyatini yoritib beruvchi muhim madaniy maydon sifatida yuqori baholadilar.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Kartoshka urug'chiligi va sitrus mevalar yetishtirishda innovatsion yondashuvlar
#17oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Paxtachilikda yuqori hosildorlik qayd etilmoqda
#17oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O‘rta Chirchiq tumanidagi fermer xo‘jaligida “Naveliya” navli chigit ekilib, mo‘l hosil yetishtirilmoqda.
#16oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍5
2025/10/21 23:35:14
Back to Top
HTML Embed Code: