Telegram Web Link
Марказий Фарғона “пойтахти” Ёзёвонда рекорд хосилдорликка эришилди

2025 йил. 21150 тонна олий нав пахта. Ҳосилдорлик ҳозирча 43,6 центнерни ташкил этмоқда.
Тасаввур қиляпсизми, Марказий Фарғонанинг чўл-у қум барханлари бағрида бир гектар майдондан ўртача 43,6 центнердан хосил олинди. Бу бугунгача бўлган рақам. Ҳали ўнлаб гектар биринчи терим пахта далалари кутиб турибди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/774012

Телеграм каналларимиз

Facebook
| Instagram | YouTube | X
👍19👏2
Shaffoflik — natija va samaradorlik garovi

Navoiy viloyatiga tashrifim davomida Qiziltepa tumanidagi “Baxt tekstil” MChJga qarashli paxta qabul qilish maskani faoliyati bilan tanishdim.

Korxonadagi paxta qabul qilish jarayoni, xususan, “AgroTarozi” va “Agroplatforma” kabi raqamli tizimlarning texnik samaradorligini batafsil o‘rgandim.

Mazkur korxona 5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 8 500 tonna paxtani jamlash quvvatiga ega. Bugungi kunga qadar bu yerda 7 140 tonna xomashyo belgilangan me’yorlar asosida qabul qilingan.

Ma’lumki, paxta terimi mavsumida hosilni sifatli va yo‘qotishsiz yig‘ib olish, shuningdek, uni belgilangan tartibda qabul maskanlariga yetkazish eng muhim vazifalardan sanaladi. Shu bois, maskanlarda mavjud moddiy-texnik baza, xodimlarning tajribasi hamda ish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jarayonlarni kuzatar ekanman, xomashyo qabul qilishda texnik standartlarga qat’iy rioya etish, elektron platformalarda ma’lumotlarning to‘liq va shaffof aks ettirilishini ta’minlash zarurligini alohida ta’kidladim.

Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va jarayonlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdim.
👍12
Navoiy dalalarida zamonaviy agrotexnologiyalar tatbiq etilmoqda

Ishchi tashrifim doirasida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Qir ariq” fermer xo‘jaligi paxta dalalarida olib borilayotgan agrotexnik ishlar bilan tanishdim. Bu yerda 8 gektar maydonda mahalliy “Buxoro-102” navi me’yorlarga muvofiq ekilgan bo‘lib, sug‘orish va oziqlantirish jarayonlari maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borilmoqda.

Joriy yilda hosildorlik avvalgi mavsumlarga nisbatan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, “Navbahor tekstil” MChJga qarashli yana bir dalada xorijdan keltirilgan serhosil g‘o‘za navlari bilan tanishdim.

15 gektar maydonda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida, yakka qator usulida ekilgan paxta gektaridan 50 sentnergacha hosil berishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Zarafshon chorvasi 2018” fermer xo‘jaligiga qarashli dalalarda xorijiy navlar uslubiy qo‘llanmalarga muvofiq parvarish qilinayotgani, agrotexnik tadbirlar tizimli tashkil etilgani bilan tanishdim. Ushbu dalalarda ham gektaridan 50 sentnergacha hosil olinishi kutilmoqda.

Mavsumiy yig‘im-terim ishlari zamonaviy talablarga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.

Jarayonlarni o‘rganish chog‘ida ikkinchi terim uchun tayyorgarlikni boshlash zarurligini ta’kidlab o‘tdim. Paxtaning ildiz qismini kesish va agrotexnik tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish orqali qo‘shimcha 10–15 sentner hosil olish imkoniyati mavjud.

Shu bois, terim jarayonlarida e’tibor va mas’uliyatni oshirish, ekinlarni oziqlantirish hamda parvarishlash bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berdim.
👍11
2025/10/23 07:07:21
Back to Top
HTML Embed Code: